3. Guruhlarda hamkorlikda ishlashni tashkil etish texnikalarining mohiyati va ahamiyati. Zamonaviy tahlim tizimining turli innovatsion yo’nalishlari ichida hamkorlikda tahlim texnologiyasiga to’xtalishga qaror qildik. Bizning fikrimizcha: 1) ushbu tahlim texnologiyasini mavjud dars-sinf tizimiga osonlik bilan tadbiq qilish mumkin. Davlat tahlim standartlarida belgilangan ta’lim mazmunini o’zgarishiga olib kelmaydi, pedagogika, didaktika, psixologiya, o’qitish metodikalarining mavjud yutuqlarini qo’llash imkonini beradi; 2) ushbu texnologiya falsafiy, psixologik, maonaviy jihatdan gumanistik. Nafaqat o’quv materialining barcha talabalar tomonidan muvaffaqiyatli o’zlashtirilishini taominlaydi, balki ularning intellektual va maonaviy rivojlanishiga, asos bo’ladi, ularda mustaqillik, bir-biriga va o’qituvchiga nisbatan samimiylik, kommunikabellik, bir-birini qo’llash, yordam berish sifatlarini shakllantiradi.
Ushbu texnologiyani anoanaviy tahlim sharoitlariga osonlik bilan tadbiq qilish mumkin. Lekin bunda o’qituvchidan tahlim jarayoniga yangicha yondashuv talab qilinadi. Ya’ni pedagogik jarayonda asosiy figura talaba shaxsi ekanligi, bunda talabaning tahlimiy faoliyati, bilimlarni mustaqil egallash, o’zlashtirilgan bilim va malakalarni amaliy faoliyatda mustaqil qo’llash birinchi o’ringa chiqarilishi, tayyor bilimlarni o’zlashtirish va asliday qayta takrorlab aytmoq emas, balki birgalikda fikr-mulohaza qilish, diskussiyalar o’tkazish, tadqiqotlar qilish, bilimlarni eslash va asliday qayta takrorlash emas, balki o’z tanqidiy fikriga ega bo’lish, talaba shaxsining jismoniy, ruhiy, maonaviy xususiyatlarini kompleks ravishda hisobga olgan holda, har bir talabaning betakror individ ekanligini e’tiborga olishi juda muhimdir.
4. Guruhlarda hamkorlikda ishlashni tashkillashtirish texnologiyasi. Rivojlangan mamlakatlar tahlim tizimida hamkorlikda tahlim texnologiyasi ko’pdan qo’llanilib kelinadi. Bu oya ilk bor D.Dpyui tomonidan XX asrning 20 yillarida ilgari surilgan. Lekin ushbu texnologiyaning metodik tavsifi 70 yillarning oxiri, 80 yillarning boshlarida dunyoning turli mamlakatlarida Buyuk Britaniya, Kanada, arbiy Germaniya, Avstraliya, Gollandiya, YAponiya va Isroilda matbuotda paydo bo’ldi.
Hamkorlikda tahlim texnologiyasining asosiy g’oyalari Amerikaning Djon Xopkins universitetining 3 guruh pedagog-olimlari tomonidan batafsil ishlab chiqilgan: Robert Slavin, 1990. Bundan tashqari 1978 yilda Kaliforniyalik Djorj Aronson boshliq olimlar guruhi tomonidan, 1987 yilda Minnesota universitetidan Rodjers Djonson va Devid Djonsonlar boshliq olimlar guruhi tomonidan, 1988 yilda Tel-Aviv universitetidan SHlomo SHaran, boshliq olimlar guruhi tomonidan ishlab chiqilgan.
SHimoliy Amerika, Isroil va Evropa olimlari tomonidan taklif qilingan hamkorlikda tahlim texnologiyalarini umumiy printsip va yondashuvlar birlashtiradi. Biroq ular bir-biridan baozi jihatlari bilan farq qiladi. Amerikalik olimlar tomonidan taklif qilingan hamkorlikda tahlim o’quv dasturlarida ko’zlangan akademik bilimlarni, tushuncha, ko’nikma va malakalarni shakllantirishga, Evropa va Isroil olimlari tahlimiy faoliyatni mustaqil tadqiqotchilik, diskussiyalar tashkil qilish bilan bolaydi. Lekin ushbu texnologiyaning har bir varianti bir-birini to’ldiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |