Boshqaruvning avtokrat uslubida, agar rahbar o‘z xodimlariga ishonmasa, yaxshi natijaga erishib bo‘lmaydi. U qattiq nazorat o‘rnatadi va ular mufassal tekshiradi, bu bilan xodimlar tashabbusini bo‘g‘adi.
Byurokratik uslub boshqarishga rasmiy yondashishga asoslanadi va “me’yor doirasi”da amalga oshiriladi. Bu usul faqat ijrochilarning emas, balki rahbarlarning ham tashabbusini turli yo‘riqnomalar, ko‘rsatma va h.k. lar yordamida bo‘g‘ib qo‘yadi.
Demokratik uslub rahbarning boshqaruv faoliyati va jamoa o‘z-o‘zini boshqaruvining eng samarali tarzdagi nisbatiga asoslanadi. Harakat rejasini muhokama qilish, qabul qilish va amalga oshirishda ijrochilarning faol va ongli ishtiroki uning asosiy jihati hisoblanadi. YUqori samaraga rahbarning ko‘tarinki ruhiva bo‘ysunuvchilarga ishonchi tufayli erishiladi.
Umumiy jipslik, umummavaffaqiyatdan g‘ururlanish, bir-birini qo‘llab-quvvatlash va hamfikrlik-samarali ishlash garovi.
Odamlarga “buni biz o‘zimiz qildik” deyishga imkon beradigan yo‘lboshchi eng yaxshi yo‘lboshchidir. Laossze.
YUqorida ta’kidlangandek (1.1.1-ga qarang) boshqaruvning biror uslubini mutlaqlashtirish maqsadga muvofiq emas. Muhimi-muayyan vaziyatlarga muvofiq boshqaruv faoliyatida ularni qo‘shib olib bora bilish. Masalan, boshqaruvning demokratik uslubi o‘quv-tarbiya jarayonini amalga oshirishda yaxshi natija beradi, avtokrat uslubi yuqori tashkilotlar farmoyishlarini amalga oshirishda, byurokratik usul esa-xisob-kitob va hisobotda.
Motivlash juda murakkab jarayon, chunki u turli tuman ruhiy, axloqiy, iqtisodiy, ijtimoiy va b. omillarga bog‘liq. Bundan tashqari har bir inson o‘ziga xos motivatsiya tuzilishiga ega. SHuning uchun insonni faol ishlashga rag‘batlantirishning yagona vositasi yo‘q.
Biroq, kishilar xulq-atvorini belgilovchi ba’zi umumiy qonuniyatlar tajriba yordamida aniqlangan. Har bir rahbar mazkur qonuniyatlarni yaxshi bilishi va o‘z boshqaruv faoliyatlarida ulardan oqilona foydalanishi lozim.
Boshqaruv faoliyati amaliyotni rejalashtirishdan va ularni bajarish uchun shart-sharoit yaratishdan boshlanadi. SHu ma’noda motivlash bilan bog‘liq quyidagi tavsiyalar rahbar uchun foydadan xoli emas.
Tashkilotning maqsad va imkoniyatlari munosib bo‘lishi kerak.
YAkuniy natijaga faqat aniq maqsadgina olib keladi.
Faoliyat chuqur o‘ylangan bo‘lishi lozim.
Jamoa o‘rtasida majburiyatlar va burchlar aniq belgilanishi, mehnat me’yorlarinishi va chegaralanishi zarur.
Jamoada xar bir kishi o‘zini ko‘rsata bilishi va imkoniyatlarini yuzaga chiqarishi uchun aqliy muhit, sharoit bunyod etilishi kerak, yaxshi mehnat sharoiti, ishdan qoniqishlik darkor.
Intilib va sifatli ishlayotgan xodimga uni rag‘batlantirmay turib, boshqalar bajarmagan ishni qo‘shimcha qilib topshirmaslik kerak. Bu uni tez va sifatli ishlashga bo‘lgan ishtiyoqini so‘ndiradi, boshqasida esa boqimandachilik kayfiyatini uyg‘otadi.
“Bildim dedim tutildim…” tamoyiliga amal qilmagan ma’qul.
Bajaruvuchilarning ishini tashkil qilar ekan, rahbar bularning ahamiyatini ta’kidlashi lozim, xususan:
-bajaruvchi o‘zi kerakligini, g‘oyasi va takliflari e’tiborga olinishini xis etmog‘i kerak;
-mehnat natijasi egasiz qolmasligi lozim, chunki ko‘pchilik o‘zining qadr-qimmatini isbotlashni xoxlaydi va o‘z mehnatining oqibati uchun javob berishga tayyor turadi.
O‘ziga bo‘ysinuvchilar yuqori mehnat samarasiga erishishlari uchun rahbar motivlash bo‘yicha quyidagi tavsiyalarga amal qilishi lozim:
-bajaruvchilar malakasini muntazam oshirish uchun sharoit yaratish, mamlakatdagi va xalqaro tajribani o‘rganish, konferensiya va seminarlarda ishtirok etish;
-ish jarayonida bajaruvchilar yangi bilimlarni egallashlarini ta’minlash.
Nihoyat, rahbar mehnatni to‘g‘ridan-to‘g‘ri rag‘batlantirishdan unumli foydalanishi kerak-bu quyidagilardan iborat:
-moddiy va ma’naviy rag‘batlantirish tarzida bajaruvchilar xizmatini tan olish;
-tashabbusni rag‘batlantirish. Agar biror xodimning taklifi joiz bo‘lmasada, uni ma’qullab qo‘ying. Aks xolda u umuman xech qanday taklifni o‘rtaga tashlamaydigan bo‘lib qoladi.
Motivlash majburiy choralarni ham o‘z ichiga oladi, ular orasida muntazam nazorat yuqori natijali hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |