Nazorat-boshqaru vning muhim vositasi, u yuzaga chiqadigan muammolarni ular xali jiddiylashib ulgurmasidanoq aniqlash va xal etishi uchun zarurdir.
Muntazam nazorat - «rahbar-jamoa» tizimidagi o‘ziga xos «qaytar aloqa». U avtomatik boshqaruv sistemalaridagi qayta aloqa singari umuman jamoa yoki uning ayrim a’zosining muayyan vazifani xal etishdan oyoganligini o‘z vaqtidaaniqlanishi kerak. SHundan keyin rahbar faoliyatning amaldagi axvolini rejalashtirilgani («taqqoslash qurilmasi») bilan qiyoslaydi va boshqarish uchun qanday harakat qilishni belgilaydi. Bu nazorat funksiyasini «mexanik» tasavvur etishdir. Amalda esa nazorat tufayli faqat faoliyatdagi chetga chiqishlikgina emas, balki bunday chetga chiqishlikni sababi, ularni bartaraf etish yo‘llari belgilanadi.
Nazorat yuqorida qayd etilgan funksiyalarni amalga oshira olishi uchun, u quyidagi talablarga javob berishi lozim:
Strategik yo‘nalish – tashkilot yoki uning bo‘linmalari ustivorligi va maqsadlarini aks ettiradi, ularni qo‘llab-quvvatlashni bildiradi. Mayda-chuyda narsalar ustidan nazoratni o‘rnatish maqsadga muvofiq emas.
Natijalarni mo‘ljallash-tashkilot oldidagi aniq maqsad va vazifalarni xal etish.
Nazoratning o‘z mohiyatiga muvofiqligi-tashkilot ishi muhim ko‘rsatkichlarini ob’ektiv o‘lchash va xaqqoniy baholash.
O‘z vaqtidagi nazorat - tashkilot faoliyatini tekshirishning vaqt oralig‘i natijaviyligi nuqtai nazaridan samaradorligini belgilash.
Nazoratning moslashuvchanligi-tashkilot faoliyatidagi sodir bulayotgan muhim o‘zgarishlarga moslasha olishlik.
Nazoratning soddaligi-nazoratni tekshiruvchilar va tekshiruvchilar tomonidan tushunilishi.
Sportni boshqarishda o‘z-o‘zini (yoki baholash) muhim o‘rin tutadi, bu o‘z-o‘zini attestatsiyadan o‘tkazish doirasida amalga oshiriladi Bu faoliyati turli sohalari bo‘yicha ixtiyoriy «qayta aloqa» dir. U ko‘p yo‘nalishli bo‘lib o‘z ichiga ham ishlab chiqaruvchilar (ilmiy-pedagogik va pedagogik kadrlar)ni, ham iste’molchilar (talabalar, ularning ota-onalari, kadrlar buyurtmachilari)ni oladi.
Xulosa qilib, shuni aytish mumkinki, ishontirish, motivlash va nazorat boshqaruvning ta’sirchan vositasi hisoblanadi. Ishontirish vositasi rahbarga bajaruvchini u yoki bu masalani xal etishdan manfaatdor qilishda ko‘maklashadi. Xodim faoliyatining samaradorligi ichki va tashqi motivlar, jamoani emotsionallashtirish bilan belgilanadigan motivlashtirish kuchiga bog‘liqdir. Nazorat rahbarga bajaruvchi (yoki jamoa) faoliyatidagi chetga chiqishlarni o‘z vaqtida aniqlashga va boshqaruvda tegishli qaror qabul qilishga imkon beradi. Rahbarning xodimlar bilan o‘zaro munosabatining tavsifi boshqaruv vositasini «silliqlashtiruvchi» hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |