3. Ko`rgazma qurollar qancha borligini bilish va qanday materiallarni tayyorlash
kerakligini e'tiborga olish kerak bo`ladi. Lekin aniq mashg`ulot planini umumiy sxemaga
aylantirish, unda faqat metodik usullarni eslatib o`tib, mashg`ulotning qismlarini ko`rsatishi
noto`g`ri. Mashg`ulot planini mashg`ulot konspektiga o`xshatish ham kerak emas.
Matematikadan mashg`ulotlar plani aniq tuzilishi kerak. Metodika va nazariyani
biladigan boshqa tarbiyachi ham bu plandan foydalanib mashg`ulot o`tkazishi mumkin bo`lishi
kerak.
Ish tajribasida ayrim tarbiyachilar boshqa odam tayyorlagan planlarni, konspektlarni
ko`chirish bilan shug`ullanadilar. Bu albatta, unga katta zarar keltiradi. Bunday tarbiyachi hech
qanday ijodiy ish olib bormaydi va bolani
tarbiyalashda juda katta, yomon xatoga yo`l qo`yadi.
Plan tuzishning taxminiy sxemasi
1. Mashg`ulotning nomi: Bu punktda uchraydigan xatolar:
A) mashgulot nomi o`rniga uning nomeri yoki didaktik o`yin nomini yozib qo`yadilar, bu
noto`g`ri hisoblanadi.
2. Programma mazmuni:
Bu punktda biz nimalarni o`rganish, qanday tushunchalarni qanday hajmlarda berilishini
yozamiz. Undan keyin ishimizga qo`yilgan vazifalarni, maqsadimizni yozamiz.
G`Bundagi xatolarG`
a) o`z oldiga qo`ygan vazifalarni ifodalashda aniq so`z topa olmaslik, ko`pincha
tarbiyachilar «o`rganishi» deb yozadilar, bu noto`g`ri, chunki G`faqat bir mashg`ulotda bolani
o`rgatib bo`lmaydi. Shuning uchun boshqa so`zlarni ishlatish lozim. Ya'ni, tanishtirish,
ko`rsatish,
mustahkamlash, mashq qilish kabilarG`.
Sh. Ko`rgazmali materiallar:
Bu punkgda metodik usullar yozilmaydi. Planda mashg`ulotga kerakli ko`rgazmali
qurollar, tarqatma materiallar.
IV. Mashg`ulotning borishi
Bu punktda ham metodik usullar yozilmaydi, faqat mashg`ulot haqida batafsil yoziladi.
Mashg`ulotning borishi qismlarga bo`linadi. Shularning hammasini qisqa, aniq va
ko`chirma gaplarsiz yozish kerak.
1. Mashg`ulotning nomi: elementar matematika.
1. Bolalar nutqida “ko`p”, “bitta-bittadan”, “birorta ham” so`zlarni qo`llanilishini
shakllantirish va aktivlashtirish.
2. Programma mazmuni:
Bolalarni ayrim predmetlarni gruppadan ajratib olishga va ayrim predmetlardan gruppa
tuzishga o`rgatishni davom ettirish, gruppadagi, barcha predmetlar uchun umumiy bo`lgan 1-2
belgini topishga bolalarni o`rgatish; bolalar nutqida “ko`p”, “bitta”, “bittadan”, “birorta ham”
so`zlarni qo`llanilishini
aktivlashtirish, bir soni gapda ot vazifasida kelganida turlash.
III. Ko`rgazmali material:
O`yinchoqlar: gruppadagi bolalar soniga teng miqdorda archacha va quyoncha.
IV. Mashg`ulotning borishi:
1 qism: Bolalarni archachalarning ko`pligiga jalb qilaman. Keyin esa bitta archacha olib
bolalardan menda nechta archacha borligini so`rayman, ulardan javob olgan har bir bolani
bittadan archacha olishga taklif etaman va ularning har biridan nechta archacha olganligini
so`rayman. Hammalari archachalarni olib bo`lganlaridan so`ng stolda bitta ham archacha
qolmaganligini " ta'kidlayman va bolalarga archachani ko`zdan kechirishni taklif qilaman.
Bolalardan archachalarning rangini, har birida nechtadan archacha borligini savollar berib
so`rayman, so`ng umumlashtiraman.
Hamma bolalarda bittadan archacha borligini stol ustida bitta ham archacha
qolmaganligini ta'kidlayman va bolalarga hammalari birgalikda birorta ham archacha
qolmaganligini aytishni taklif qilaman. Shundan so`ng hamma bolalarga bittadan archachani stol
ustiga olib kelib qo`yishlarini aytaman va bolalarning har biridan nechta archacha qo`yganligini
so`rayman. Shundan so`ng archalar ko`payib qolganligini ularga tushuntiraman. Oxirida esa
archalar ko`pligini aytib yakunlayman.
2 qism: Bunda xuddi shunday mashqni quyonchalar bilan o`tqazib, bolalarni gruppadagi
predmetlarning hammasi uchun umumiy bilishlarni ko`ra bilishga o`rgataman. Ulardan archacha
va quyonchalar rangini so`rayman. Ularning javoblaridan xulosa qilaman.
Pedagogik ishning hisoboti va analizi
Hayot gruppadagi ta'lim tarbiyaviy jarayonni analiz qilishni, uning sifat va
samaradorligini aniqlashni talab qiladi. Mashg`ulot aniq bolalar va alohida olingan har bir bola
programma materialini qanday egallaganligi (topshiriqlarni hamma uddaladimi, kim uddalay
olmadi, sababi nimada, bu bolalarga tatbiqan harakatlarning qanday individual programmasini
mo`ljallash, yo`q bo`lgan va orqada qolgan bolalarga etishib olishlarida qanday yordam berish,
mashg`ulotda boallarning aktivligi qanday bo`lganligi) qayd etiladi, bolalar intellektlari,
xotiralari,
idroklarida
qanday
siljishlar
tashlanganligi,
ularning
yutuqlari
va
muvaffaqiyatsizliklari nimalarda ifodalanganligi, ta'lim tarbiya jarayonini o`stiruvchi hamda
tarbiyalovchi ahamiyat kasb etgan-etmaganligi aks ettiriladi.
Bolalarning yutuqlari maksimal darajada ob'ektiv baholanishi kerak, chunki haqiqiy
ahvolni analiz qilishgina maktabgacha yoshdagi bolalarga bundan keyin ta'lim va tarbiya berish
usullarini aniqlash uchun asos bera oladi. Shuning uchun tarbiyachi faqat o`zining taasurotlariga
asoslanmasligi, balki bolalar faoliyati (rasm, yasalgan narsa, bolalar hikoyalari va shu
kabilar)ning natijalaridan foydalanishi lozim. Nimalar egallanmaganligi, kimlar va nima
egallanmaganligi albatta hisobga olinishi kerak. Masalan, kichkintoylarning nutqlarnni o`stirish
va ularga savod o`rgatish mashg`ulotlaridagi faoliyatlarini analiz qilishda bolalarning predmet va
hodisalar haqidagi bilim va tasavvurlarining cifati, ularning nutqiy ko`nikmalari, ifoda
vositalaridan foydalanish, so`z yasash, so`zni o`zgartirish malakalari, so`zning tovush
strukturasini farqlashning rivojlanganligi va shu kabilarga e'tibor berish zarur.
Bolaning ta'limda orqada qolish sabablari analiz qilinar ekan, tarbiyachilarning ishlarini
kuzatish, ularga bu hodisalar sabablarini aniqlashlarida ko`maklashish, alohida-alohida o`qitishni
uyushtirishda va bolalarga individual yondashishni amalga oshirishda foydali maslahatlar berishi
kerak.
Umumiy ta'lim va hunar maktabining islohoti mehnat ta'limiga doir ishlarni yaxshilashni
nazarda tutadi. Yangi programmada bolalarning mehnati birinchi marta bolalar faoliyatining
mustaqil turi sifatida ikkinchi kichik gruppadan boshlaboq alohida bo`limga ajratilgan. Shuning
uchun hisobotda bolalarda mehnat ko`nikma va malakalari, kollektiv mehnat malakalarining
rivojlanish darajasini qayd etish lozim. Bunday analiz tarbiyachiga pedagogik jarayonning
tafsilotini ko`rish, ijobiylik va kamchiliklarni ob'ektiv baholash, asosli xulosalar chiqarish, o`z
mehnati mahsulini ko`rish va uning istiqbolini belgilash imkonini beradi.
Pedagogik masala №
Bolalar bog`chasining mudirasi ertalab gruppalarning ishga tayyorgarligini tekshira turib,
bitta tarbiyachida matematika mashg`uloti uchun hamma materialning stol ustida turganini
ko`rdi. Navbatchilar geometrik shakllarni konvertlarga solayaptilar, rangli qalam va daftarlarning
bor yo`kligini tekshirdilar.
Ikkinchi tarbiyachi o`z o`rnida yo`q edi, u metodik kabinetda sanash uchun o`yinchoqlar
tanlayotgan edi, keyin esa gruppada sanoq zinachasini qidirdi. Uchinchi tarbiyachi esa
mashg`ulot uchun
materialni taxlayotgan edi, bolalar bu vaqtda o`yin bilan mashg`ul bo`ldilar.
Xisobot — kundalik ish yakunida xisobot yoziladi.
Do'stlaringiz bilan baham: