tarbiyachi to’rtta bolani chaqiradi va ularga ikkitadan bo’lib sakragichni olishni va uni uzunligi
bo’yicha tuzib turishni taklif qiladi. Bolalarga murojaat qilib, tarbiyachi so’raydi: “Bu
sakrag’ichlarning uzunliklari haqida nima deyish mumkin? “Savolning bunday qo’yilishi
bolalarga har xil javob berish imkonini berdi, boshqacha aytganda, ular har qaysi sakrag’ichning
nisbiy kattaligini aytishlari mumkin, yoki sakrag’ichlar kattaliklari bo’yicha har xil deyishlari
ham mumkin edi. Bolalar javobning birinchi variatini afzal ko’rishdi. “Bolalar, to’g’ri aytdingiz,
sakrag’ichlar uzun va kalta”, - deydi tarbiyachi.
- “Nega biz ularni shunday atayman?”
- “Chunki ular kattaliklari bo’yicha har xil”. (Sevgi).
- “Chunki ularning uzunliklari har xil”, - deb aniqlashtiradi Karima. Tarbiyachi
Karimaning javobini ma’qullab, boshqa bolalarni chiqaradi va ularga har qaysi sakrag’ichning
uzunligini kattalikni aytish bilavn ko’rsatishni talab qiladi. Bunda tarbiyachi bunday savollarni
beradi: “Kim kalta (uzun) sakrag’ichni ushlab turibdi?”, “Zohida bilan Mastura, Ilhom bilan
Azamat qanay sakrag’ichni ushlab turishibdi?”. Qizcha bir sakrag’ich ikkinchi sakrag’ichdan
qancha uo’unligini ko’rsatadi. Sakrag’ichlar uzunliklari orasidagi farqni hamma bolalardan
qo’lni ochib ko’rsatish talab qilinadi.
Bolalar masofa bo’yicha taqqoslash usulini shunday o’zlashtiradilar.
Bolalarni kam kontrastli buyumlarning kattaliklarini farqlash va qiyosiy sifatlarini
ishlatish bo’yicha mashq qildirish uchun ularga har xil uzunlikdagi brusokdan yoki
poloskalardan zina tuzishni taklif qilish mumkin. Bundan oldin “zina” pog’onalarini,
uzunliklarini ko’rsatib, ikkitalab taqqoslashni, so’ngresa butun pog’onani o’sib borish tartibida
ham, kamayib borish tartibida ham taqqoslashni taklif qilish maqsadga muvofiq.
Buyumlarning ayrim masofalarini differensiallashda va ular orasidagi o’lchov
munosabatlarini o’rnatishda etakchi o’rinni o’lchashga ajratilishi yuqorida aytilgan edi. Ammo
o’lchash faoliyati ham boshqa har qanday foaliyatlar kabi maxsus malakalar egallangandagina
samarali bo’ladi. Bu malakalar ham doim ular takrorlab turilgandagina, o’lchash ko’nikmalariga
ztadi. Kattalar tomonidan maqsadga muvofiq boshqarilib turilgandagina o’lchash malakalarini
egallash (o’zlashtirish0 mumkin bo’ladi. Ish tajribasi shuni ko’rsatmoqdaki, o’lchash
malakalarini egallash besh yoshga qadam qo’ygan bolalarda jiddiy qiyinchiliklarni keltirib
chiqaradi, chunki bu harakatlar katta aniqlikni, o’lchovni surishda qo’l harakatlarining
muvofiqlashtirilganini, sanoq va o’lchashni birga qo’shib borishni talab qiladi. Shu bilan birga,
A.M.Leushinaning tekshirishlari ko’rsatishicha, bolalar hayotining beshinchi yoshida sanoqning
asosiy qoidalariningina egallab ola boshlaydilar.
Bir vaqtning o’zida sanoq va o’lchash malakalarini (ularning asl ma’nosida) o’zlashtirib
olish bolalar uchun qiyinchilik qiladi. Shu sabbali o’rta guruhda o’lchashlarni “modellashtirish”,
ya’ni o’lchanayotgan masofani unga joylashgan o’lchov miqdori bilan
taqqoslashdan foydalanish
maqsadga muvofiq. Misol keltiramiz.
Bolalarning stollarida har xil uo’unlik va har xil rangdagi poloskalar qo’yilgan.
Tarbiyachining “Kattaliklari bo’yicha bular qanday poloskalar?” – degan savoliga bolalar
bunday javob berishadi. “Uzunliklar bo’yicha har xil poloskalar”, “Biri uzun, biri kalta
poloskalar” va h.k.
Tarbiyachining “Bolalar, Siz nima deysiz, har qaysi poloskaning uzunligini bilish uchun
nima qilish kerak?” – degan savoliga bolalar bunday javob berishadi: “Ularni qarash kerak”.
“Ularni taqqoslash kerak”. Tarbiyachi qarash ham mumkin, o’lchash ham mumkin, ammo eng
yaxshisi o’lchash kerakligini aytadi. Shunda biz har qaysi poloskaning uzunligini aniq bilamiz.
Mana bu o’lchov bilan o’lchaymiz. Tarbiyachi bolalarga o’lchovni ko’rsatadi, ularni o’lchovni
ko’rishga taklif qiladi. Qanday o’lchash kerakligini tushuntiradi: “O’lchovni men poloskaning
chapdan eng chekkasiga qo’yaman. Birinchi o’lchov yoniga yana bitta o’lchovni qo’yaman.
Boshqa o’lchov sig’maydi”. Bolalar katta poloskaning uo’unligi ikkita o’lchovga tengligini
shunday tushunib oladilar. Shundan keyin ularga stollarida yotgan ikkinchi kesmani o’lchash
taklif qilinadi. Bolalar har xil, ammo ko’pincha eng uzun poloskalarni o’lchashadi. Shundan
keyin tarbiyachi ular qanday polsokalarngi o’lchaganliklarini, unga o’lchov necha marta
joylashganini
oydinlashtirib
oladi.
Bolalarning
javoblarini
tinglab,
umumlashtiradi:
“Ko’rayapsizmi, hammangizning poloskachalaringizning uzunligi har xil, poloskalaringizga
o’lchov 4 marta ham, 3 marta ham, 2 marta ham joylashgan”. Bolalar uo’un va qisqa
poloskaning uzunliklarini o’lchashadi, uo’un va qisqa poloskalarning uzunliklari nechtadan
o’lchamga tengligini gapirib beradilar, qayis poloskaga o’lchov ko’p, qaysi poloskaga kam
joylashganini, nega shundayligini aniqlaydilar. Bolalarning javoblari: “Chunki uzun poloska
kalta poloskadan uo’unroq” (Munira), “Chunki kalta poloskaning uzunligi kichik, uzun
poloskaning uzunligi katta” (Lola). Javoblar bolalarning taqqoslanayotgan buyumlar orasidagi
munosabatlarni tushunishlari, bu munosabatlarni so’zlar bilan so’zlar bilan aniqlay olishlaridan
guvohlik beradi.
Ammo bolalar nega bir poloska ikkinchi poloskadan uchun ekanini ko’ra olishlari uchun
bunday ishni doska oldida flanelegrafda bajarish bilan chegaralanish kerak. (birinchi poloskaga 4
ta, ikkinchisiga esa faqat e ta bir xil o’lchov qo’yiladi).
Shunday qilib, ikkinchi kichik va o’rta guruhlarning asosiy vazifalari bolalarda
buyumlarning uzunliklari, kengliklari va balandliklari (qalinliklari) ga nisbatan masofa turlari
haqidagi tasavvurlarni shakllantirish va shu asosda:
a) o’lovlari kontrast bo’lgan
ikkita buyumni taqqoslashda;
b) bittasi namuna vazifasini bajaradigan
usta buyumni taqqoslashda;
v) bolalar tomonidan seriasion qatorga tartibga solib qo’yiladigan o’lchovlari bo’yicha
ko’proq kontrast bo’lgan to’rt – besh va undan ortiq buyumlarni taqqoslashda buyumlarning
kattaliklarini farqlash va ularni so’zlash bilan aniqlash malakalarini rivojlantirishdan iborat.
Bunda bolalar bir vaqtning o’zida o’zaro teskari munosabatlarni o’rnatish bilan buyumlar
kattaliklarining kamayish va o’sish darajalarining qiyosiy bahosi (uzunroq – kaltaroq) ni ham,
ular kattaliklarining nisbiy bahosini ham (uzun – qisqa) o’zlashtirib oladilar. Bu bilimlarni
o’zlashtirish hajmli buyumlarning uch o’lchovli ekanligi haqidagi tasavvurlarni bundan keyin
rivojlantirish uchun asos bo’ladi.
Masofalarning har xil turlari bilan tanishtirishni asta –sekin amalga oshirish kerak.
Chunonchi, eng oldin bolalarni yassi buyumlarda uzunlikni
aniqlashga,
buyumlarning uzunliklari
bo’yicha taqqoslashga va ularning katatliklariga oid ta’riflar berishga o’rgatish maqsadga
muvofiq. So’ngra buyumlarning kengligi bo’yicha, ularning kattaliklarini aniqlab, taqqoslash
kerak. Shundan keyin bolalar buyumlarda balandlikni, nihoyat, qalinlik (yo’g’onlik) ni ajratish
malakaisni egallaydilar.
Do'stlaringiz bilan baham: