«tasdiqlayman» О‘quv ishlari bо‘yicha prorektor


MAVZU. MA’NAVIY-AXLOQIY TARBIYA SHAXS DUNYOQARASHINI SHAKLLANTIRISHNING MUHIM OMILI



Download 2,07 Mb.
bet79/139
Sana16.02.2023
Hajmi2,07 Mb.
#911707
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   139
Bog'liq
«tasdiqlayman» Αquv ishlari bо‘yicha prorektor

9.MAVZU. MA’NAVIY-AXLOQIY TARBIYA SHAXS DUNYOQARASHINI SHAKLLANTIRISHNING MUHIM OMILI.
REJA:

  1. Axloq va ma’naviyat tushunchasi.

  2. Ma’naviy-axloqiy tarbiyaning maqsad va vazifalari.

  3. Ma’naviy-axloqiy ongni shakllantirish metodlari.

  4. Oilada bolalarni ma’naviy-axloqiy tarbiyalash mazmuni.

  5. O‘quvchilarda ongli intizomlilikni tarbiyalash.

Tayanch tushunchalar: axloq, ma’naviyat, tarbiya, ma’naviy axloqiy tarbiya, ma’naviy-axloqiy tushunchalar, ma-naviy-axloqiy xulq-atvor, ma’naviy-axloqiy tarbiya metodlari, oila, jamiyat, taraqqiyot, fuqarolik jamiyati, huquq, majburiyat, qonun, ijtimoiy institut, ma’naviyat, madaniyat, tarbiya, ta’lim,nikoh,burch, vazifa, ko‘nikma, bilim, ma’suliyat, kommunikativlilik, motivatsiya.
1.Axloq va ma’naviyat tushunchasi. Axloq va ma’naviyat chuqur ichki o‘zaro aloqadorlikka ega. Zero, ma’naviyat individ mansub bo‘lgan guruhlar axloqi ta’sirida yuzaga keladi, axloq esa, o‘z navbatida, guruh a’zolari bo‘lgan individlar ma’naviyatining o‘zaro tutash ommaviy munosabatlarida namoyon bo‘ladi.
Axloq - ma’naviyatning tarkibiy qismi sifatida shaxs kamolotining yuqori bosqichi sanaladi. Zero, axloq, axloqiy me’yorlarsiz shaxsning ruhiy va jismonan etukligining mezoni bo‘lgan ma’naviy kamolotga erishib bo‘lmaydi. Shuning uchun ham ma’naviy-axloqiy tarbiyada uzviylik, aloqadorlik dialektik xarakterga ega bo‘lib, shaxsning ma’naviy-axloqiy shakllanishida muhim sanaladi.
Axloq - ijtimoiy ong va tarbiyaviy ta’sir etish shakli sifatida. Axloq - ma’naviyatning tarkibiy qismi sifatida shaxs kamolotining yuqori bosqichi sanaladi.
Axloq (arabcha - xulq-atvor ma'nosini bildiradi) ijtimoiy ong shakllaridan biri bo‘lib, ijtimoiy munosabatlar hamda shaxs xatti-harakatini tartibga soladigan qonun-qoidalar majmuidir.
Yuqorida aytilganlarni e’tiborga olib, axloqning, jamiyat a’zolarining faoliyatiga yo‘nalganligi va uni boshqarilishi ma’nosida, faoliyatli tavsifini ko‘rsatib o‘tish to‘gri bo‘ladi.
Axloqiy me’yorlar har bir inson va jamiyat uyg‘unlikda mavjud bo‘la olishiga intilgan kishilik jamiyatining ko‘p asrlik tajribasi natijasidir.
Insoniyat hamisha eng muhim maqsadlardan biri sifatida kishilarning hamkorlikdagi yashashida uyg‘unlikka intilib kelgan. Axloq me’yorlari insonning yaxshilik va yomonlikni chegaralash, ezgulik nima ekanini aniqlashga intilishlari natijasida yuzaga kelgan.
davlat va jamoat institutlari orqali amalga oshiriladi, jamiyat tomonidan nazorat qilinadi va tuzatishlar kiritib boriladi.
Ma’naviy-axloqiy tushunchalar, baholash va muhokama yuritish asosida ma’naviy-axloqiy e’tiqod shakllanadi va nihoyat inson xatti- harakati va xulqi aniqlanadi. Ma’naviy-axloqiy e’tiqodga ega inson axloqiy me’yorlar, talablarni ongli bajaradi va ularga hurmat bildiradi. Lekin ma’naviy-axloqiy me’yorlar haqida bilimga ega bo‘lish va uni tushunish hali e’tiqodni faoliyatga aylantiradi degan gap emas, ma’naviy-axloqiy bilimlar qachon hayotiy tajribalarda qo‘llanilib, talabalar tomonidan ularning faoliyatida yorqin namoyon bo‘lgandagina, rivojlangan deyish mumkin.
Ma’naviy-axloqiy tarbiya tizimida ma’naviy-axloqiy his-tuyg‘ular inson tomonidan, uning voqea-hodisalar, kishilar hamda o‘z xulqiga nisbatan his-tuyg‘ularni uyg‘otishga rag‘bat paydo qiluvchi tarbiyaviy ishlar tizimli tashkil etilgandagina samarali kechadi. Mazkur tizimda xulq-atvorni shakllantirishga oid tarbiyaviy ishlar aks etadi. Shunga ko‘ra ma’naviy-axloqiy xulq-odobga doir xislatlarni shakllantirishga undovchi rag‘bat bilan hosil bo‘ladigan faoliyat eng asosiy bo‘lib hisoblanadi.
Ma’naviy-axloqiy tarbiyani tashkil etish jarayonida uyushtiriluvchi tadbirlar xulq-odobga doir xatti-harakatlar zanjiridan iborat bo‘ladi. Ma’naviy-axloqiy xatti-harakatlar esa o‘quvchi tomonidan axloqiy me’ yor va tamoyillar mohiyatini o‘ rganish, ularni anglab etishdan iboratdir.

Download 2,07 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   139




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish