Qo‘shimcha adabiyotlar:
|
Mirziyoyev Sh.M.Demokratik islohotlarni izchil davom ettirish xalqimiz uchun tinch va osoyishta, munosib hayot darajasini yaratish – barqaror taraqqiyot kafolatidir // Xalq so‘zi. 2016 yil 2 noyabrь.
Mirziyoyev Sh.M. Qonun ustuvorligi va inson manfaatlarini ta’minlash – yurt taraqqiyoti va xalq farovonligining garovi // Xalq so‘zi 8-dekabr 2016-yil. O‘zbekiston Respublikasining saylangan Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 24 yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimidagi ma’ruzasi.
|
Internet saytlari
|
1. www.pedagog.uz
2. www.ziyonet.uz
3. www.edu.uz
4.www.lex.uz 5. http://www.norma.uz
|
|
O‘QUV METODIK MATERIALLAR
MILLIY G`OYa fanini o’qitish metodikasI kursINING PREDMETI, MAQSADI, VAZIFALARI
Reja
Milliy g`oya fanini o’qitish metodikasi kursini o`rganishning zaruriyati, predmeti, maqsad va vazifalari.
Milliy g’oya fanini o’qitish metodikasi” fani bo`yicha ma'ruza va seminar mashg`ulotlarda o`qitish texnologiyalarini ishlab chiqishning kontseptual asoslari
Milliy g`oya fanini o’qitish metodikasi kursini o`rganishning zaruriyati, predmeti, maqsad va vazifalari
Milliy g’oya fanini o’qitish metodikasi kursining maqsadi-milliy g’oya va mafkurani o’quvchi-talabalar ongiga singdirish va uni e’tiqodga aylantirishning samarali usullarini ishlab chiqishdir.
Ushbu fanning joriy etilishi va uni o’rganishning vazifasi xususida gap boradigan bo’lsa, bu albatta davr talabi, istiqlolimiz tufayli qo’lga kiritilgan iqtisodiy, siyosiy, ijtimoiy sohalardagi g’alabalarimiz mohiyatini yoshlarimiz ongiga tizimli ravishda singdirib borish bilan ularning shaxsiy e’tiqod-g’oyalariga o’sib o’tishi va kundalik amaliy faoliyatlarida harakat dasturi darajasiga ko’tarilishini taqozo etadi. Agarda bu javobni yanada qisqaroq va aniqroq bayon etib: «bular nimaga xizmat qilishi kerak?» deb muammoli savol qo’yadigan bo’lsak javob bitta - xalq farovonligi, tinchligi va milliy mustaqillik xavfsizligini ta’minlashdir!
Shu sababli uning vazifalari:
talabalarga o’rta umumta’lim maktablari, akademik litseylar va kasb - hunar kollejlarida o’qitiladigan Milliy g’oya va mafkura kurslarini o’qitish metodlarini o’rgatish;
o’quvchi – talabalar ongiga milliy g’oya va mafkurani singdirish hamda buni ular e’tiqodiga aylantirishga xizmat qilish;
Talabalarning olgan bilimlarini amaliyotga qo’llash metodlarini o’rganish;
Milliy g’oya va mafkura bo’yicha darsni tashkil etish, dars va uning turlarini ajratish, darsda turli xil manbalardan, vositalardan foydalanish usullarini o’rgatish hisoblanadi.
Shuni alohida qayd etish lozimki, har bir fanda bo’lganidek respublikamiz ta’lim tizimlarida maxsus fan sifatida o’qitiladigan Milliy g’oyani o’qitish metodikasi fani ham o’z predmetiga egadir. Milliy g’oya fanining ta’lim-tarbiyaviy ahamiyati va tarkibiy tuzilishini, uning mazmun mohiyatini, darsdan tashqari mashg’ulotlar o’tkazish metodikasini, fanni o’qitishda darslarga qo’yiladigan talablar, yangi pedagogik texnologiyalarni qo’llash va ma’naviy-ma’rifiy ishlarni tashkil etish usullarini o’rganish jarayoni ushbu fanning predmetini tashkil etadi. Milliy g’oya va mafkura bo’yicha Yurtboshimiz Islom Karimov asarlari, ommaviy axborot vositalariga bergan intervyulari, nutq va ko’rsatmalari, shuningdek milliy g’oyaning asosiy tushuncha va tamoyillarini, milliy mafkuraning asosiy g’oyalarini o’quvchilar ongiga singdirish usullarni qo’llash va uni doimo takomillashtirib borish mazkur fanning eng muhim strategik vazifasi hisoblanadi.
Mazkur fanni o’qitish jarayonida har bir pedagog o’quv yurtining o’ziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda pedagogik faoliyatini talabalar jamoasining umumiy tayyorgarliklariga individual va differentsial yondashgan holda tashkil etmog’i va amalga oshirib bormog’i lozim. Yoshlarimizda milliy g’oya va mafkura tushunchalarini faol shakllantirib borish shubhasiz ularning g’oyaviy-siyosiy kamolotlarida alohida ahamiyat kasb etadi.Ushbu fanni chuqur o’rgatishning ahamiyati xam shundan kelib chiqadi.
Milliy g’oya fanini o’qitish metodikasi fanini chuqur o’zlashtirish uchun talabalar milliy g’oya va mafkura to’g’risidagi qarorlarni, tarixiy xujjatlarni bilishi, ushbu fan to’g’risida tasavvurga ega bo’lishi; ma’ruza, seminar, amaliy mashg’ulotlarni o’tish jarayonida manbalardan, ko’rgazmali qurollardan, yangi pedagogik texnologiyalardan foydalanish uslublarini bilishlari va qo’llay olishlari, milliy va umuminsoniy qadriyatlarning jamiyatda qaror topishida mazkur fanning ahamiyatini bilishi, o’qitishni tashkil etishda turli xil usul va vositalarni, darsni tashkil qilish jarayonida ta’lim va tarbiyani qo’shib olib borish mahoratini o’zlashtirishi, milliy g’oya va mafkurani amaliyotga hayotga tatbiq etish ko’nikmasiga ega bo’lishi lozim.
Davr Respublikamiz xalq ta’limi xodimlari oldiga yoshlarimizda milliy g’oya va mafkurani dolzarb muammo sifatida qo’yar ekan, bu kardinal masalani hal etish va hayotga tadbiq etishda ijtimoiy fanlarning, jumladan tarix fanining alohida ahamiyat kasb etishini hisobga olmoq darkor. Zero, yurtboshimiz alohida qayd etib o’tganlaridek, «O’zlikni anglash tarixni bilishdan boshlanadi. Isbot talab bo’lmagan ushbu haqiqat davlat siyosati darajasiga ko’tarilishi zarur... Chuqur tahlil, mantiqqa asoslanmagan biryoqlama fikr odamlarni, eng avvalo, tarix o’qituvchilarini chalg’itadi. Ular eshitganlarini haqiqat shu ekan, deb o’quvchilarga ham etkazishadi. Faqat bahs, munozara, tahlil mevasi bo’lgan xulosalargina bizga to’g’ri yo’l ko’rsatishi mumkin»1.
Birinchi Prezidentimiz Islom Karimovning bu fikrlarini chuqur tahlil qiladigan bo’lsak unda yoshlarimizda milliy g’oya va mafkurani izchillik bilan shakllantirish metodologiyasini, ijtimoiy fanlarni tarix o’qitishni ilmiy-metodik jihatdan samarali tashkil etishda ilg’or o’qituvchilar tomonidan qo’llanadigan muammoli ta’lim metodini qo’llash yo’li bilan talabalarimizda turli xil faktlarga nisbatan tahliliy tafakkur qobiliyatlarini davrimiz talabi darajasida rivojlantirib borishga bo’lgan ilmiy da’vat ifodasini ham yaqqol ko’ramiz.
Islom Karimov asarlarida komil inson tarbiyasi, uning umuminsoniy fazilatlar sohibi bo’lishi xususidagi ko’plab ilmiy-nazariy kontseptsiyalarini ko’ramiz. «Jamiyatning har bir a’zosi, - deb yozadi Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov, - o’z o’tmishini yaxshi bilsa, bunday odamlarni yo’ldan urish, har xil aqidalar ta’siriga olish mumkin emas. Tarix saboqlari insonni hushyorlikka o’rgatadi, irodasini mustahkamlaydi»1. Shunday ekan, yoshlarimizda milliy g’oya va mafkurasini shakllantirishda tarix kurslarining, qolaversa ijtimoiy fanlarning, jumladan falsafa, sotsiologiya, dinshunoslik, madaniyatshunoslik, pedagogika, demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti, iqtisod, nafosatshunoslik va boshqalarning imkoniyatlari beqiyos kattadir. Endigi vazifa ana shu imkoniyatlardan foydalanib Milliy g’oya fanini o’rganish jarayonida ijtimoiy fanlarga integratsion yondoshib talabalarimizda «milliy g’oya», «milliy mafkura» tushunchalarini ilmiy asosda shakllantirib borish va bu borada ularning olgan bilimlarini shaxsiy e’tiqodlariga o’sib o’tishi va kundalik amaliy faoliyatlarida og’ishmay tadbiq etishlariga erishmoqdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |