Ko’nikma — ongli faoliyat (harakat)ni tez, tejamli, to’g’ri, kam jismoniy va asabiy kuch sarflagan holda bajarish. Shaxsning bilimlari asosida tarkib topadi. Dastlabki shakllanish bosqichlarida bunday harakatlar jiddiy diqqat bilan bajariladi, keyingi bosqichlarda diqqat bilan nazorat qilish kamayib boradi va natijada avtomatlashgan harakatga aylanadi.Harakat turlari bo’yicha uch turga: harakat ko’nikmalari, sensor ko’nikmalar, aqliy ko’nikmalarga bo’linadi. Ko’nikmalar muntazam mashq, qilish (takrorlash) orqali zarur darajada saqlanadi.Ma’lum vaqt takrorlamaslik ko’nikma darajasining pasayishiga olib keladi.Uni qayta mashqlar bajarish, malaka oshirish orqali tiklanadi.Ko’nikmadeganda odamning bilim olishi, elementar tajriba va malakaga tayanib biron ishni muvaffaqiyatli bajarish imkoniyati tushuniladi.Maqsadga yetishish taxmini mavjud qonuniyatlarda asoslab berilgan bosqichni KONSEPSIYA yoki ilmiy asoslangan taxmin deyiladi.
«Loyiha» - talaba (yoki o‘quvchi)larni mustaqil fikrlash, o‘tilgan vao‘zlashtirilgan mavzularni eslash, ularni yozma bayon etish, fikrlarniumumlashtirishga o‘rgatishga yo‘naltirilgan.
Mahorat- o‘zlashtirilgan bilimlar va hayotiy tajribalar asosida barcha amaliy harakatlarni (shu jumladan dars berishni) kam kuch va kam vaqt sarflab bajarish.Mahorat — shaxsning tajriba orqali orttirgan xususiyati. Biror sohadagi moslashuvchan ko’nikma va ijodkorlik asosida hosil bo’lgan kasbiy ko’nikmalarning yuqori darajasi, kasbiy mohirlik. Biror faoliyat sohasidagi yuqori darajada egallangan bilim, ko’nikma, malakalarni amaliyotda yuqori sifat va samaradorlik bilan qo’llash.
Malaka- kishi egallagan bilimlari ko‘nikmabosqichidan o‘tib, doimiy harakat turiga aylanishi, mahorat hosil qilishi.Ko‘nikma va malakalar deganda biror shaxsning muayyan faoliyatni muvaffaqiyatli bajarishi uchun shart-sharoitlar yaratib beruvchi, tashqaridan kuzatish mumkin bo‘lgan harakatlari va reaksiyalari tushuniladi. Malakalar ongli ravishda amalga oshirilgan faoliyatning tarkibiy qismiga kiruvchi avtomatik tarzda yuz beradigan harakatlardir.Shaxsning ma’lum kasbga yaroqlilik, tayyorlik darajasi, shu kasbda ishlay olishi uchun zarur bilim, ko’nikmalari yig’indisi.Kasbiy axborotlarning tez ko’payib borayotgani ilgari o’zlashtirilgan malakaning yetishmasligini keltirib chiqaradi. Bu yetishmaslikni qayta tayyorlash va malaka oshirish orqali to’ldiriladi. Bu jarayon uzluksiz davom etgandagina malaka ortib borishi orqali kasbiy faoliyatni hozirgi talablar darajasida davom ettirish imkoniyati hosil bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |