Huquq fanlarini o‘qitishda chet el tajribalarini o‘rganish va foydalanish. Huquqiy ta’lim shakllari – ta’lim berish texnologiyasining tarkibi.
Reja:
1.Huquq fanlarini o‘qitishda chet el tajribalarini foydalanishning ahamiyati.
2.Rivojlangan mamlakatlarda pedagogik texnologiyalar markazlari.
3.Huquqiy ta’lim shakllari.
Huquqni juda yaxshi bilish mumkin biroq uni o`qitishni har qanday tajribali yurist ham eplolmaydi. O`qitish ham o`ziga xos fanki, uning o`z qonunlari, usullari va yo`llari mavjud. Har bir davlatda o`zining turli xil sharoitlarida (yaratilgan) huquq o`qitish an`analari shakllangan.
Yevropacha huquq o`qitish metodikasi Huquqiga nazar solsak , u ko`p jihatdan ma`ruzaga asoslangan . O`quv jarayoning jonlanishi esa tomonlarning o`qituvchi va talabaning faoliyatini oshirishga bog`liq.
O`qitish metodikasi ma`lum maqsadga asoslanib tanlanadi. Xorijiy mamlakatlarning oliy o`quv yurtlarida o`qitish metodikasi ma`lum maqsadlar asosida ajratiladi, jumladan AQSHda huquq o`qitish talabalarning ommaviy yangiliklarni (bilishi) o`rganishi maqsadida yo`naltirilgan. Bu esa AQSH huquqiy oliygohining 90%bitiruvchi talabalari amalyotchi huquqshunos bo`lib ishlaydi. Yevropa mamlakatlarida shu bilan birga MDHda huquqshunoslarning ko`pchiligi davlat organlari tizimida, biznes (savdo-sotiq ) va boshqa faoliyat bilan band. Dunyoning boshqa mamlakatlarida ham ahvol shunday, masalan Yaponiyada bitiruvchilarning 20%, Avstraliyada 50% amaliyotchi yurist bo`ladi. Hozirgi kunda Mustaqil davlatlar hamdo`stligi mamlakatlarning olib o`quv yurtlarida o`qitishning interfaol usullaridan dars davomida kengroq foydalanishga qiziqish ortgan. Tan olish joizki , yevropacha huquq o`qitish usuli huquqshunoslikning har bir yo`nalishida o`ziga xos o`xshashlikka ega AQSHda huquq o`qitish yo`nalishi bilan (mutaxasisligi bilan ) farqlanadi. 1871 yili (1-marotaba) Garvort Universiteti huquq maktabi dekani Kristofer Kalumb Longdel tomonidan huquq o`qitishda Suqrot metodikasi (usuli ) kiritildi. Aflotun (Platon) ma`lumotlaridan, ishlaridan malumki, Suqrot ma`ruza o`qimagan, talabalarni mustaqil xulosalar chiqarishda undab, ularga savollar bilan murojaat qilgan. Suqrot metodikasi-talabalarning katta auditoriyalarda va guruhli mashg`ulotlarda foydalanilgan. XX-asr boshlariga kelib bu metod AQSH universitetlarining yuridik fakultetlariga qo`llanila boshlandi. Uning ko`pgina elementlarini Rossiya o`quvchilari ham huquqning turli tarmoqlarida o`qitish jarayonida unumli foydalana boshladilar.
Suqrot metodikasi darsda nafaqat o`qituvchining puxta tayyorgarligini balki talabalarning ham tayyorgarligini nazarda tutadi. Har bir talaba mashg`ulotga qadar o`tilishi lozim bo`lgan mavzuni mustaqil ravishda o`rganib chiqadi. Bu material taxminan 70-100 betga yaqin. Ma`ruzachida auditoriya rejasi mavjud bo`lib unda har qaysi talaba qayerda o`tirganini o`zi belgilab qoyadi. Ma`ruza boshidan-oyoq dialog tarzida ( tuziladi) olib boriladi. Ma`ruzachi suhbat davomida goh “xoxish bildirgan” talabaga goh istagan bir talabaga savollar bilan murojaat qilinadi. Bu usul anchagina mehnat talab va ta’sirchan usul bo`lib hisoblanadi. O`qituvchi talabalar bilan huquqiy holatlarni va prezidentlarni muhokama qilayotganda oldindan puxta tayyor bo`lishi kerak. Faqat ma`lum manbaga ega bo`lib qolmay, u munozaraga sabab bo`ladigan hamma jihatlarga tayyor bo`lishi shart.
Kichik auditoriyalarda ham bu usul qo`llaniladi. Suqrot metodikasi “bir o`q bilan bir necha quyonni uradi” desa bo`ladi.
-birinchidan, talabalar mustaqil ishlashga ko`nikadilar, hech kimning yordamisiz savollarga javob topishiga to`g`ri keladi, fikr yuritishga undaydi.
-ikkinchidan, talabalar huquq normalarini o`zlashtiradi, huquqiy jarayonlarining u yoki-bu tomonlaridagi o`zgarishlarni ko`rib chiqishga o`rganadi.
-uchinchidan auditoriya oldida chiqish qilib, har bir huquqshunos uchun zarur bo`lgan erkin nutq madaniyati o`sadi. Suqrot metodikasi imkon darajasida MDH mamlakatlarida qo’llash mumkin. Ba`zan hatto o`sha ananaviy ma`ruza usullaridan ham voz kechib bo`lmaydi, hatto talabalar ma`ruzachidan mavzuni tushintirishni, hatto kengroq ma`ruza konspektini shakllantirishni kutadilar. Huquq sohasida yetarlicha sifatli adabiyotlar nashr etiladigan Rossiyada talabalarga kerakli adabiyotlarni tavsiya etib shu asosida erkin savol javob, amaliy ishlarga e`tiborini kuchaytirsa bo`ladi. Ananaviy ma`ruza matnini saqlagan holda suqrot metodikasining elementlaridan foydalanish mumkin. Masalan,fuqarolik huquqlari kursida mavjud mamlakatdagi Konstitutsiyaviy sud qarorlarini muhokama qilish mumkin, savol-javob tarzida.
Bazan o`qitish jarayonida o`qituvchi o`zi bilmagan holda suqrot metodikasidan foydalanadi.
Muammoli metod yuridik oliygohlarda amaliy mashg`ulotni eslatadi. Jumboqlar tuzish bilan farqlanadi.
Ko`pgina rus huquqshunoslari (o`qituvchi) amaliy mashg`ulotlarini shu sxema asosida ko`radi. Farqi shundaki amerikalik(lar) huquqshunoslar,bir vaqtning o`zida jumboqlarning bir necha xil variantini keltiradi, bu esa talabalarga aniqroq xulosa chiqarishga imkoniyat yaratadi. Rossiyada qoida tariqasida fabula berilgan va har qaysi o`qituvchi o`z yo`nalishiga qarab uning tashqi jihatdan ko`rinishini o`zgartirishi mumkin.
Imitatsion o`yinlar (bu Rossiyada ishbilarmon o`yinlar deb mashhur bo`lgan) 1995 yili amerikacha metodika “Sudlov advakaturasi” keng tarqaldi. Savol tug`iladi: AQSH yuridik maktablarida ishbilarmon o`yinlarning mohiyati nimada? Bundan tashqari u talabalarda yangiliklarni shakllantirishga yo`naltirilgan. Yuqorida ta`kidlangan “Sudlov advakaturasi” kursi bu trening, sudda ishlash jarayoni o`rganiladi.(Rossiyada bu tartib faqat bitiruvchi kurslarda o`tiladi).
Ish bir necha etapni o`z ichiga oladi:
-talabalar ish bilan tanishib chiqadilar.
Ko`p talabali guruhlarda 2-3 ta ishni ko`rib chiqish mumkin. Har bir ishga 8 tadan talaba biriktriladi;
-talabalar 2 guruhga bo`linadi;
Biri savol beruvchi vakil bo`lib, 2-chisi javob beruvchi vakil rolini o`unaydi (barcha jarayoniy harakatlarni talabalar ma`lum huquqiy vaziyatda amalga oshirishi lozim.);
-o`qituvchi talabalar bilan birga ishni tahlil qiladi.
-talalarga guvohlarni so`roq qilish taktikasi va metodikasi haqida mini – ma`ruza o`qiladi.
-talabalarning jarayoniy harakatlari mustaqil tayyorlaganidan so`ng sinf xonasida so`rov vidiozapisi orqali davom etiriladi.
So`ng o`qituvchi “so`rovni tahlil qiladi. ”Topshiriq yaxshi yomon deyish bilan emas, balki yo`l qo’yilgan xatolarini ko`rsatish bilan baholanadi. Asoslash uchun o`qituvchi so`rovning ma`lum jihatlarini yozib berishi lozim. O`qituvchi yo`l qo`yilgan xatoning sabablari va uni tuzatish yo`llarini maslahat beradi;
-talabalar “so`rov”vidiozapisini tomosha qilishgan bir vaqda boshqa xonada qolganlar keyingi so`rovni o`tkazishini ko`rib chiqadilar.
Amerika yuridik oliygohlarda “Huquqshunos va mijoz” kursiga ham qiziqishi katta. Unda huquqshunos va uning mijozlari o`zaro munosabatlaridagi huquqiy muammolar ko`rib chiqiladi. O`quv amaliy mashg`ulotlarning yana bir formasi hisoblangan yuridik klinikalar nafaqat Amerika oliy o`quv yurtlariida balki, MDH mamlakatlarida ham keng tarqalgan. Nomining o`zi tabiiy Harakterga ega ekanligini shunda ko`rish mumkinligi, talaba o`qituvchi rahbarligida aniq mijoz bilan ishlaydi. Huquqshunos va tibbiyot xodim kasbida anchagina o`xshashlik mavjud, ko`p hollarda inson hayoti va taqdiri ularning o`z kasbini qay darajada egallaganligiga bog`liq bo`ladi.
Pedagogik texnologiya haqida tushuncha
Ilmiy texnik taraqqiyot XX asr oxiriga kelib faqatgina ko‘plab ishlab chiqarish sohalarini texnologiyalashtirishga sabab bo‘lib qolmay, balki madaniyat sohasiga, bilimlar gumanitar sohalariga ham kirib keldi. Bugungi kunda biz endi axborot, tibbiyot texnologiyalari haqida gapiramiz, shu jumladan ta’lim sohasida ham.
Pedagogik texnologiya deb odatda maqsadi ta’lim jarayonining samaradorligini oshirish, ta’limda ko‘zlangan natijalarga erishishga bo‘lgan pedagogikaning yo‘nalishiga aytiladi (M. Klarin, 1989).
“Pedagogik texnologiya” so‘z birligi – bu inglizcha “an edusational technology” – “ta’lim texnologiyasi” iborasining aniq bo‘lmagan tarjima¬si¬dir. “Pedagogik texnologiya” tushunchasi oxirgi paytlarda o‘qitish nazariya¬si¬da yanada kengroq qo‘llanilmoqda. Aunan “texnologiya” termini va uning “o‘qitish texologiyasi”, “ta’lim texnologiyasi”, “ta’limda texnologiya” kabi shakllariga pedagogik adabiyotlarda 300 dan ortiq ta’riflar berilgan.
“Pedagogik texnologiya” termini birinchi bor pedagogika bo‘yicha ishlarda XX asrning 20-yillarida tilga olingan. Hozirgi kunda pedagogik texnologiya tushunchasida turlicha ifodalashlar mavjud.
1. Texnologiya – bu bir ishda, mahoratda, san’atda qo‘lla¬nila¬di¬gan uslublar to‘plamidir (talqinli lug‘at).
2. Pedagogik texnologiya – bu o‘quv jarayonini amalga oshirishning texnikasidir (V.P. Bespalko).
3. Pedagogik texnologiya – bu o‘qitishda rejalashtirilgan natijalarga erishish jarayonini tasvirlashdir (I.P. Volkov).
4. Pedagogik texnologiya – bu o‘qitish, tarbiyaviy vositalar, shakllari, metodlari, usul, uslublarining maxsus to‘plami va tuzilishini belgilovchi psixologik-pedagogik ko‘rsatmalar yig‘indisi, u pedagogik jarayonning tashkiliy metodik quroli demakdir (B.T. Lixachev).
5. Pedagogik texnologiya – bu ta’lim shakllarini optimallashtirish masalani qo‘yuvchi, texnik va insoniy imkoniyatlarni va ularning o‘zaro munosabatlarini hisobga olib o‘qitish va bilimlar o‘zlashtirish butun jarayonini yaratish, qo‘llash va belgilashga sistemali yondashishidir (YUNESKO).
6. Texnologiya – bu san’at, mahorat, moxirlik, ishlab chiqish metodlari to‘plami, holatini o‘zgartirishdir (V.M. SHepel).
7. O‘qitish texnologiyasi - bu o‘quvchilar va o‘qituvchilar uchun so‘zsiz qulay sharoitlar yaratib berish uchun o‘quv jarayonini loyihalashtirish, tashkil etish va olib borish bo‘yicha har tomonlama o‘ylab chiqilgan hamkorlikdagi pedagogik faoliyat modelidir (V.M. Monaxov).
8. Pedagogik texnologiya – bu pedagogikada fikrlashning sistemali usulidir (T. Sakamoto).
9. Pedagogik texnologiya – o‘quv jarayonining tashkiliy shakli, metodlari, mazmunini o‘zgartiruvchi uning rivojlanish sistemasidir (E. Bistereki va J. Seller).
10. Pedagogik texnologiya - pedagogik maqsadlarga erishish uchun foydalaniladigan hamma shaxsiy, instrumental va metodologik vositalar sistemali to‘plami va ishlatilishi tartibini bildiradi (M.V. Klarin).
11. Pedagogik texnologiya – bu ta’lim maqsadiga erishishga qaratilgan o‘qituvchi va o‘quvchining faoliyatini sistemali, konseptual, qoidali, ob’ektivlashtirilgan, invariant tasvirlashdir (F.A. Fradkin).
12. Pedagogik texnologiya bilimlarni egallashda rejalashtirish, boshqarish va ta’minlashni tahlil qilish uchun faoliyatni tashkil etish usulini, odamlar, g‘oyalar, vositalarni o‘z ichiga oluvchi kompleks integral jarayon demakdir (Pedagogik kommunikatsiyalar va texnologiyalar bo‘yicha AQSH assotsiatsiyasi).
Pedagogik davrlar va texnologiyalar riojlanishi tarixi
Pedagogika fani tarixidan ko‘rinib turibdiki o‘qitish va kadrlar tayyorlashning yanada mukammal metodlarini va usullarini izlash doimiy davom etib kelgan.
O‘qitish – bu jamiyat taraqqiyoti uchun samarasi pedagogning faoliyati yakunlanishi bilan darxol ko‘rinmasa ham har qanday boshqa faoliyat kabi ishlab chiqarish faoliyatidir.
Jamiyat tarixida iqtisodiy davrlar faqatgina nimalar ishlab chiqarilishi, kim tomonidan qancha ishlab chiqarilishi, mehnatning qaysi vositalari bilan ishlab chiqarilishi qarab farq qilmaydi.
Ana shu nuqtai nazardan biz ijtimoiy tarixda mavjud bo‘lgan “pedagogik davrlarni” ko‘rib chiqamiz:
I. Individual pedagog, qo‘l bilan ishlaydigan pedagogning pedagogik faoliyati davri (qadimgi davrlardan boshlab XVII asrgacha);
II. YOzuv kitobi davri (XVII asrdan hozirgi davrgacha);
III. Audiovizual vositalar davri (XX asrning 50-yillari).
IV. O‘qitishni boshqarishni avtomatlashtirish oddiy vositalari davri (XX asrning 70-yillari).
V. Zamonaviy hisoblash mashinalari asosida ta’limni boshqarishni avtomatlashtirishda adaptiv vositalar davri (XX asr oxiri kompyuterda o‘qitish).
XX asr oxiriga kelib ilmiy-texnik taraqqiyot faqatgina ishlab chiqarishni texnologiyalashtirishga olib kelib qolmay, balki madaniyat doirasi, bilimlar gumanitar sohalariga ham keskin kirib keldi.
“Texnologiya” tushunchasi texnik taraqqiyot sababli yuzaga keldi va lug‘atlar talqini bo‘yicha (techne san’at, hunar, fan; logoq – tushuncha, ta’limot) materiallarga ishlov berish usullari va vositalari haqidagi bilimlar to‘plami demakdir. Texnologiya shu bilan birga jarayonni bilish san’atini ham o‘z ichiga oladi. Texnologik jarayon har doim zarur vositalar va sharoitlardan foydalanish bilan operatsiyalar ma’lum ketma-ketligini ko‘zda tutadi. Texnologiya protsessual mazmunda “qanday qilib, nimadan va qaysi vositalar bilan bajarish kerak?” degan savolga javob beradi.
XX asrning 20-yillarida “pedagogik texnologiya” termini birinchi bor pedagogika bo‘yicha asarlarda tilga olingan. SHu vaqtning o‘zida yana bir boshqa – “pedagogik texnika” termini ham tarqaldi. U pedagogik ensiklopediyada 30-yillarda o‘quv mashg‘ulotlarini aniq va samarali tashkil etishga qaratilgan uslublar va vositalar sifatida ifodalangan. Pedagogik texnologiyalarga o‘quv va laboratoriya uskunalari bilan ishlash, ko‘rgazmali qo‘llanmalardan foydalanish mahoratlari ham kiritilgan.
60-yillar o‘rtalarida bu tushunchaning mazmuni chet ellarda pedagogik nashrlarda va xalqaro konferensiyalarda keng muhokama etildi, natijada ushbu sohada turli mamlakatlarda (AQSH, Angliya, YAponiya, Fransiya, Italiya, Vengriya) uni talqin qilish ikki yo‘nalishi belgilandi.
Birinchi yo‘nalish tarafdorlari texnik vositalar va dasturlashtirilgan o‘qitish vositalarini qo‘llash zarurligini ta’kidladilar (technology in edusation).
Ikkinchi yo‘nalish tarafdorlari esa o‘quv jarayonini tashkil etish samaradorligini oshirish va pedagogik g‘oyalarning texnikaning keskin rivojlanishidan ortda qolishini yo‘qotishni muhim deb hisobladilar. SHunday qilib 1-yo‘nalish “o‘qitishda texnik vositalar” sifatida belgilandi, biroz keyinroq yuzaga kelgan 2-yo‘nalish “o‘qitish texnologiyasi” yoki “o‘quv jarayoni texnologiyasi” sifatida belgilandi.
70-yillarning boshlarida turli xildagi o‘quv uskunalarini va o‘quv vositalarini modernizatsiyalashtirish zarurligi anglab etildi. Bularsiz o‘qitishning sifatliligi va samaradorligiga erishib bo‘lmas edi.
60-yillar o‘rtalari va 70-yillarning boshlarida AQSH, Angliya, YAponiya, Italiya kabi yuksak rivojlangan davlatlarda pedagogik texnologiyalar masalalari bilan shug‘ullanuvi jurnallar nashr etila boshlandi, keyinchalik bu muammo bilan ixtisoslashtirilgan tashkilotlar va markazlar shug‘ullana boshlaydi.
Rivojlangan mamlakatlarda pedagogik texnologiyalar markazlari
AQSHda 1971 yil – “Pedagogik kommunikatsiyalar va texnologiyalar bo‘yicha AQSH Assotsiatsiyasi”tuzildi. Hozirgi kunda mamlakat bo‘ylab va Kanadada bu kengashning 50 ta filiallari ish olib bormoqda. AQSH da 1961 yilda “Pedagogik texnologiya” jurnali (Edusational Technology), 1971 yilda esa – “Audiovizual o‘qitish” jurnali nashr etila boshlandi.
Angliyada 1967 yil - Pedagogik texnologiya bo‘yicha Milliy kengash 1964 yildan boshlab “Pedagogik texnologiya va o‘qitishni dasturlashtirish” (Edusational Technology progratted tearning) jurnalini, 1971 yilda – “Pedagogik texnologiya” jurnalini nashr eta boshladi.
YAponiyada - Pedagogik texnologiyalar muammolari bilan 4 ta ilmiy tashkilotlar shug‘ullanadi. 1967 yilda “Pedagogik texnologiyalar bo‘yicha Milliy kengash” tashkil etildi, uning filiallari 22 ta davlat universitetlarida joylashtirilgan. 1965 yildan boshlab YApon tilida har uch oyda “Pedagogik texnologiya” jurnali va ingliz tilida yiliga ikki marta “Pedagogik texnologiyalar sohasida tadqiqotlar” jurnali nashr etiladi. YAqinda “Pedagogik texnologiyalar bo‘yicha umumyapon Markaziy kengashi” tashkil etildi, u muammolar bo‘yicha xalqaro aloqalar o‘rnatish bilan ham shug‘ullanadi.
Italiyada – 1971 yili pedagogik texnologiyalar bo‘yicha Milliy markaz tashkil etildi va “Pedagogik texnologiyalar” jurnali nashr etiladi.
Vengriyada - 1973 yili o‘qitish texnologiyasi Davlat Markazi tashkil etildi.
O‘qitish texnologiyasi bo‘yicha Xalqaro seminarda (Budapesht, 1977) olim S.G. SHapovalenko o‘qitish jarayonining uchta texnologik prin¬sip¬la¬ri¬ni ko‘rsatdi:
1. Bilim va texnikani mukammal egallash.
2. audiovizual materiallari fondi bilan tanishish.
3. Ulardan samarali foydalanish metodikasini bilish, shu jumladan ijodiy yondoshishi rivojlanishi ham.
Vengriya olimi L. Salai “o‘qitish texnologiyasi” tushunchasiga reja¬lash¬ti¬rish, maqsadlarni taxlil qilish, o‘quv-tarbiyaviy ishlar jarayonini ilmiy tashkil etish, samaradorligini oshirish maqsadida eng muhim vosita va materiallarni tanlashni kiritib o‘qitish jarayonini tashkil etuvchilarni doirasini ancha kengaytirdi. E. Bisterski va J. Sellerlar (AQSH) to‘plangan ma’lumotlar bo‘yicha o‘qitish texnikasi faqatgina yordamchi vosita va yangi sistemadan iborat bo‘libgina qolmay, balki o‘qish jarayoni tashkiliy shaklini, metodi va mazmunini o‘zgartirib uning rivojlanishida katta rol o‘unadi. Bu esa o‘z navbatida o‘qituvchilar va o‘quvchilarni pedagogik fikrlash¬lariga katta ta’sir ko‘rsatdi.
XX asrning 80-yillarida zamonaviy pedagogik jarayonning, pedagogik texno¬logiyaning mohiyatini yanada chuqurroq anglab etishga urinishlar davom etdi.
Rossiya XX asrning 90-yillarida pedagogik texnologiyalar bo‘yicha Mar¬kaz tashkil etildi, “Maktab texnologiyasi”, “Ta’limda innovatsiyalar” jur¬nal¬lari nashr etiladi.
O‘zbekiston 1997 yili kadrlar tayyorlash Milliy dasturi qabul qilin¬gan¬dan boshlab ta’lim tizimida, pedagogik nashrlarda pedagogik texnolo¬giya¬lar muammolari dolzarb tadqiqotchilik ob’ektlari sifatida ko‘tarila bosh¬lan¬di.
1999 yilda Respublika ta’lim Markazi qoshida pedagogik texnologiyalar bo‘yicha Markaz tashkil etildi. “Ta’lim texnologiyalari”, “Ta’lim muammolari” kabi jurnallar nashr etila boshlandi, peda¬go¬gik texnologiyalar muammolari bo‘yicha maqolalar “Xalq ta’limi”, “Peda¬gogik ta’lim”, “Ta’lim va tarbiya” jurnallarida, “Ma’rifat”, “O‘qituvchilar gazetasi” va boshqa ilmiy-pedagogik nashrlarda bosilib chiqarilmoqda.
1994 yili pedagogik texnologiyalar muammolari bo‘yicha 1-Respublika ilmiy-nazariy konferensiyasi o‘tkazildi, ma’ruzalar va hisobotlar mate¬rial¬lari maxsus to‘plamda chop etildi.
Pedagog-olimlar U. Nishonaliev, N.S. Saidaxmedov, N.N. Azizxodjaeva, Ziya¬muxammedov, U. Tolipov, B.L. Farberman va boshqalar Respublikada peda¬go¬gik texnologiyalar muammolari bo‘yicha jiddiy tadqiqotlar olib bormoq-dalar.
2000 yilda, Nizomiy nomidagi Toshkent Davlat Pedagogika universiteti qoshida pedagogika fanlari doktori, professor N.N. Azizxod¬jaeva rahbarligi ostida innovatsion texnologiyalar Markazi tashkil etildi, bu markaz zamonaviy pedagogik va innovatsion texnologiyalar muammolari bo‘yicha pedagogik kadrlar malakasini oshirish bilan shug‘ullanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |