Tasdiqlayman” O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor



Download 266,83 Kb.
bet27/55
Sana23.01.2022
Hajmi266,83 Kb.
#406273
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   55
Bog'liq
ADABIY TANQID NAZARIYASI, MAJMU

Tayanch so’zlar: Adabiy tanqid yangi bosqichda. Modern asarlar. Yangi janrlar. Munaqqidlar faoliyati. Tanqidchilik asarlarlari.

O‘zbckiston mustaqillikka erishgandan so‘r.g barcha sohalarda crkin rivojlanish boshlandi. Bu hoi ilm-fan, adabiyot va san’at laraqqiyotida ham o’z ifodasini topdi. Sho‘ro davri iskanjasidan va siyosatlashgan mafkura tazyiqidan qutuigan badiiy tafakkur erkin ijod yo'liga o‘tdi. Adabiy tanqid badiiy asarlaiga milliy g‘oya va umumbashariy mezonlar asosida baho bera boshladi. Ayni vaqtda, ana shunday yo‘nalishlarda yangi asarlar yaratilishiga ta’sir ko‘rsatishni asosiy maqsad qilib qo‘ydi. Istiqlol davriga kelib, baholash mezonlarida jiddiy o‘zgarish!ar va yangilanishlar ro‘y bera boshladi. Mumtoz adabiyotimiz muammolari va siymolari ijodini o‘rganishda, shokro bosqichi adabiyoti nam unalarini qayta baholash hamda qatag'on etilgan adiblarga munosabatda tam omiia yangi tamoyillar yuzaga kcldi. Ularga milliy istiqlol g‘oyalari va umumbashariy mezonlar asos qilib olindi. Ulug' mutafakkir Alisher Navoiyning qutlug’ 550 yilligini nishonlash Mustaqil 0‘zbekistonning ijtimoiy-siyosiy va adabiy-madaniy hayotidagi Istiqlol g‘oyalari asosida amalga oshirilgan dastlabki buyuk tadbirlardan bin bo‘ldi. Prezidentimiz I.Karimov tomonidan Alisher Navoiy asarlarini yosh avlod ruhiyatiga yanada chuqurroq singdirish, chuqur va har tomonlama tadqiq-targcib etish zarurligiga, deyarli davlat siyosati darajasida e’tibor qaratildi. Navoiy asarlarining 20 jilddan iborat to‘liq kulliyoti chop etilishi, 5 jilddan iborat o‘zbek tiiining izohli lug'ati bosilib chiqishi tr.uhim voqea bo‘ldi. 0‘zbek tiliga Davlat tili maqomi berilishi naqidagi - www.ziyouz.com kutubxonasi yangi, toldirilib yanada boyitilgan Qonunning qabul qilinishi o'zbek xalqi g‘ururiga g‘urur qo‘shdi. Mustaqillik yillarida Fitrat, Cho'lpon, A.Qodiriy, Behbudiy, Munaw ar qori Abdurashidxonov, Elbek, Botu, Usm on Nosir hayoti va ijodini asl, tarixiy jihatdan haqqoniy ko‘rinishda tadqiq etish adabiyotshunoslik va tanqidning dolzarb masalalariga aylandi. H.H.Niyoziy, G‘.G ‘ulom, Oybek, H.Olimjon, A .Q ahhor kabi san’atkorlar asarlarini qayta va xolis baholashga o'tildi. Mustaqillik yillarida tarixiy-biografik tadqiqotlar yaraiishga e’tibor kuchaydi. M.Qo'shjonov, O.Sharafiddinov, N .Karimov, E.Karimov, U.Normatov, B.Qosimov, A.AIiycv, Sh.Turdiycv, S.Ahmcdov, A Jalolov, I.Haqqulov singari adabiyotshunoslar XX asr yozuvchilari haqida qator sermazmun tadqiqotlar yaratdilar. Ularning safiga B.Karimov, NJabborov, D.Quronov, U.Hamdam, S.Meliyev, Sh.Rizaycv kabi keyingi avlod vakillari o ‘zlarining yangi-yangi salmoqli izlanishlari bilan keiib qo'shildilar. B.Qosimov, Sh.Yusupov, U.Dolimov, Sh.Rizayev, S.Ahmedov qalamiga mansub «Milliy uyg‘onish davri o'zbek adabiyoti* hamda N.Karimovning «XX asr o‘zbek adabiyoti manzaralari» nomli kitoblari bu davrning katta yutuqlari sifatida e’tirof etildi. Bu yillarda adib, adabiyot zamondoshlar xotirasida, zamondoshlar nigohida rukni ostida qator kitoblar turkumi bosilib chiqdi. Qator kitoblarda G ‘.Karimov, S.Dolimov, N.Mailayev, Sh.Shomuhammedov singari ustozlaming o'lmas siymolari yoritildi. Filologiya fanlari doktori, professor K. Quramboyevning «G‘afur G ‘ulom va adabiy aloqalar», «Adabiy ta’sirdan ijodiy o‘ziga xoslikka», «Maxtumquli she’riyati 0 ‘zbekistonda#, «Adabiyjarayon, ijod mas’uliyati, adabiy aloqalar», «Maxtumquli — ilhom chashmasi” kabi kitoblarida adabiy ta ’sir va aloqalar, ijod m as’uliyati. R. Ibragimovaning « 0‘zbek milliy fantastikasi», «Fantastika va hayot» kabi tadqiqotlarida fantastika va ijod muammolari tadqiq etildi. Adabiy tanqidda intellektual mushohada ortdi, balandparvwlik. madhiyabozlik yo‘qolib bormoqda. Fikrni dalillash, ishontirish san’atiga, kitobxonda go‘zallik tuyg‘usini tarbiyalash masalalarida jiddiy siljishlar ro‘y bera boshladi. Tanqidda A.Rasulov, B.Sarimsoqov, B.Karimov, H.Boltaboyev, U.Hamdamov, U. Jo‘raqulovvaboshqalarning asarlari misolidajahon adabiyotshunosligi tajribalari, mezonlari, uslubiy kuchaydi. Ayni vaqtda M.Sharafiddinova, A.Qosimov M.Xolbekov tadqiqotlari misolida o ‘zbek adabiyotini jahon adabiyoti kontekstida o‘rganish tamoyillari yuzaga keldi. Sharqda, o‘zimizda 0‘rta asrlardayoq tafsirlar misolida namoyon bo‘lib, XIX asrda Yevropada tushunlirish, lalqin san’atining yangi ko'rinishi — «gcrmcncvtika» deb atalgan tadqiq yo‘nalishi XX asr oxiri XXI asr avvalida adabiy yodgorliklami, umuman, badiiy asaming tub ma’nosini talqin ctishning yangi metodi — usuli sifatida namoyon bo‘la boshladi. Germenevtikaning ayrim yo‘nalishlari Forobiy sharhlaridan tortib, XIX asrgacha 0 ‘zbekistonda davom etib kelgan bedilxonlik va mashrabxonliklarda, xususan, “Mabdai nur” hamda Maleho Samarqandiyning «Muzakkirul ashob» va Is’hoq Bog‘istoniyning «Tazkirai Qalandaron» kabi asarlarida m a’lum m a’noda mavjud b o ‘lgan an’analar yangi bosqichda Ovrupo mezonlari asosida ilmiy tus oldi. Bu davrga kelib, shuningdek, o‘zbek tanqidi va adabiyotshunosligiga M. Baxtin ilmiy-nazariy qarashlarining sezilarii ta’sirini kuzatish mumkin. Mustaqillik tufayli, ayniqsa, hur va crkin fikrlash imkoniyati yaratildi. Um um an, keng kitobxonlar ommasi, xususan, barkamol avlodni fikr qulligidan ozod etishga harakat, mustaqil fikrlay oladigan kishilarni tarbiyalash adabiy tanqidning ham yetakchi masalasiga aylandi. Bu m atlab larbiya jarayoniga ham kirib keldi va o'qitishning avtoritar m etodidan shaxsga qaratilgan usuliga o‘tildi. Ma'naviyat masalalariga Davlat miqyosidagi e'tibor, adabiy tanqid muammolariga ham shu nuqtayi nazardan qarashni taqozo etdi. Nashriyot masalalaridagi boshqaruv tizimining davlat monopoüyasidan chiqib, rangbaranglashuvi adabiy-tanqidiy va adabiyotshunoslik ishlarining chop etilishini jadallashtirish bilan bir qatorda, ularning yo‘nalishidagi turli xillikka ta’sir etdi. Bu yo‘nalishda «Ma’naviyat» va «Meros» nashriyotlari faollik ko‘rsatdilar. Adabiy tanqid tabiati, avvalambor, badiiy asar va hayotga suyanadi. G‘oya, ijtim oiyot, vazifalar ham ana shulaming zamiridan kelib chiqadi va ularga bog‘liq holda taraqqiy etadi. Biroq bu degani adabiy tanqid doim o hayot va adabiyotning ortidan crgashib yuradi, degani emas. U hayot va adabiyotni o‘rganish, tahlil etish barobarida, o‘z izlanish natijasidagi fikr, nalija, xulosa, taklillar bilan hayot va adabiyotdan birmuneha oldinda yurishi mumkingina emas, lozimdir. Bu adabiy tanqidning mohiyatiga xos bo‘lgan xususiyatlardan biridir. Istiqlol davriga kelib, adabiy tanqid erishayotgan yutuqlar va kamchiliklar, o‘zida ana shu xususiyatni nechog‘Iik aks ettirayotganligiga qarab ham belgilanadi. Sho‘ro davrida hokim mafkuraning asosiy targ‘ibotchilaridan biriga aylangan adabiy tanqid o‘zining asi ilmiy-estetik vazifasini bajarishga, konsepsiya va mezonlarni yangidan qurishga kirishdi. Natijada tanazzulga yuz tutgan markscha-lenincha metodologiya o ‘rniga badiiy asami tahlil va talqin etishda hurfikrlilikka asoslangan xolis ilmiy metodologik tamoyillar vujudga kcla boshladi. Bu tamoyillaiga ko‘ra, endi badiiy asarga insonning ijtimoiy faoliyatini aks ettiruvchi vositagina dcb cmas, balki, birinchi navbatda, o‘ziga xos dunyoqarash va qalb egasi bo‘lgan individni poetik kashf qiluvchi san’at hodisasi sifatida qarash o‘rinlasha bordi. Shu tariqa adabiy tanqid insonni badiiy kashf etish va tasvirlash yo‘Ilari hamda usullarining o‘ziga xosliklarini o‘rganuvchi soha b o ‘Iishi lozimligi idrok etildi va badiiy adabiyotga, asosan, san’atkorlik nuqtayi nazaridan yondashish tamoyili yangi bosqichga o‘tdi. Istiqlol davri tanqididagi yangilanish tamoyillari kcng qamrovli bo‘lib, unda yangilanayotgan metodologik asoslami chuqur anglash, adabiy tanqid tafakkuridagi yangilanish jarayonlari va omillarini o‘rganish, madaniy merosni, xususan, XX asr o ‘zbek adabiyotini qayta baholash yuzasidan adabiy jarayonda kechgan va kechayotgan izlanishlami turli yondashuv va usullar asosida yangicha o‘rganishni kasb etish, masalaga qadriyatlar nuqtayi nazaridan yondashish tamoyillarini o'zlashtirish, ayni chog‘da, adabiy jarayondagi xilmaxil shakl va uslub izlanishlarini badiiylikning yangicha mezonlari asosida tadqiq etish bosh masalaga aylandi. Adabiy tanqiddagi yangilanish tamoyillari va omillari. Ma’lumki, har qanday sohada yangilanish sodir bolishi uchun bir necha muhim omillar asos vazifasini o‘taydi va bu omillarsiz sohada yangi yo‘nalishlar yuzaga kelmaydi. Adabiy tanqid tafakkuriga xos yangilanish, yangicha tahlil tamoyillarining paydo bo‘Ia boshlashi va shakllanishiga xizmat qiladigan omillar nimalardan iborat, ular adabiy jarayonga qachon va qay tarzda ta’sir ko‘rsatadi, degan savollai^a turli davrlarda turlicha izohlar berilgan. Adabiy tanqid konsepsiyasini yangilaydigan, yangicha qarashlar, tendensiyalar, yo'nalishlar, tahlil prinsiplarining shakllanishida muhim ahamiyat kasb etuvchi omillar ikkita bo'lib, ular asosan, ichki va tashqi mohiyatdan kelib chiqadi. Ichki omil deganda, eng avvalo, yangicha tanqid tafakkurini yuzaga keltiruvchi uning o‘z ichki tabiatidagi xos xususiyatlar, binobarin qonuniyatlar nazarda tutiladi. Bu qonuniyatlar yuzaga chiqishida alohida iste’dod sohibi bolishi darkor; tanqidchi «men»ining roli beqiyosdir. Bu omil badiiy adabiyotning ham ichki qonuniyatlari bilan mustahkam aloqadorlikda kechadi va zohir bo‘ladi. Adabiy tanqidda konsepsiyaning yangilanishi munaqqid dunyoqarashidagi yangilanish bilan uzviy bog‘liq jarayondir. Dunyoqarash yangilanmay turib ilm-fanda yangilanish bo‘lishi mushkul. Bu, ayniqsa, ijtimoiy fanlarda yaqqol namoyon bo'ladi. Shu bois, dunyoqarashning yangilanishi ham ijtimoiy, ham ma’naviy omillarga birdek bog‘liqdir. Ijtimoiy hayotda yuz berayotgan 0‘zgarishlar jamiyat rna’naviyatida aks etadi. Ayni chog‘da, ma’naviy olam ham ijtimoiy borliqning shaklu shamoyilini belgilovchi muhim omillardan sanaladi. Bu ikki tushunchani bir-biridan ayri holda qarash masalani jo‘nlashtirishga olib keladi. Zero, Prczidentimiz I.Karimov ta’kidlaganidek, «Insonga xos orzu-intilish ro‘yobga chiqarish, uning ongli hayot kechirishi uchun zarur bo'lgan moddiy va m a’naviy olamni bamisoli parvoz qilayotgan qushning ikki qanotiga qiyoslasak, o‘ylaymanki, o‘rinli bo‘ladi. Qachonki ana shu ikki muhim omil o‘zaro uyg'unlashsa, tom ma’nodagi qo‘sh qanotga aylansa, shundagina inson, davlat va jamiyat hayotida o ‘sish-o‘zgarish, yuksalish jarayonlari sodir boMadi». Darhaqiqat, adabiy tanqid tafakkuridagi yangilanish va o‘sish o‘zgarislilarda ham, eng avvalo, ichki omil - munaqqid «men»i, shaxsiyati, dunyoqarashi, intuitsiyasi, tafakkur tarzi va iste’dodi hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi. Adabiy-tanqidiy qarashlami yangilaydigan tashqi omillar esa adabiy jarayon va ijtimoiy hayotdan tashkil topgandir. Ma’lumki, har bir badiiy asar aniq shaxs — ijodkor tomonidan yaratiladi. Chinakam iste’dodlar tomonidan yaratilgan badiiy yetuk asarlar poetik tafakkurni u yoki bu jihatdan yangilaydi, adabiy hayotda yangi tamoyillar, oqimlar va yo‘nalishlarning vujudga kelishiga zamin hozirlaydi. (Karimov I. Yuksak ma’naviyat — yengilmas kuch. — T.: Ma’naviyat, 2008. 67-bet.)

Binobarin, uni anglash, idrok etish va talqinda tanqidchilikdan o'zidagi yangiliklarga mutanosib yangilanishnj talab etadi. Ayni chog‘da, ijtimoiy tafakkur taraqqiyotiga ham ta'sir ko‘rsatadi. Ijtimoiy hayotdagi yangilanish keng tushuncha bolib, bu jarayon jamiyatdagi barcha o‘zgarishiarni o ‘z ichiga qamrab oladi. Ya’ni iqtisodiy-siyosiy, madaniv-ma’rifiy o‘zgarishlar ijtimoiy hayot tarzining yangilanishini bildiradi. Mana shu jarayonlarda adabiy tanqid konsepsiyasining yangilanishi, eng avvalo, yangicha tanqid tafakkurining paydo bo‘lishi bilan bog‘liq tarzda kechdi. «Yangicha tanqid taihkkuri «tushunchasi keng qamrovli bo‘lib, mazkur soha, bir tomondan, falsafiy, ijtimoiy, mafkuraviy, badiiy-estetik qonuniyatlar bilan aloqador bo‘lsa, boshqa tarafdan, adabiyotshunoslik ilmi prinsiplari, talab va mezonlari asosida o ‘z faoliyatini yangilash yolidan boradi. Yuqorida ko'rib o‘tilgan qarashlarning mag‘zini realistik dunyoqarash tashkil etishini payqash qiyin emas. Biroq, ta’kidlash joizki, so‘nggi davr tanqidchiligi faqat shu mazmundagi konsepsiya asosida shakllanishi mumkin emas edi. Ijod jarayonida turfa xi) qarashlarning yuzaga kelayotgani esa, tanqid taraqqiyotining asosiy garovidir. Shu bois, U.Ham dam ovningo‘zida tasaw uf falsafasining mag‘zini m ujassairJashtirgan «Insoniyatning tarix davom ida topgan eng k atta mantig‘i bu — Xudoga e’tiqod!», H.Karimovning ekzistensializm ta’limoti qarashlaridan kelib chiqib, «...modernizmning obyekti real voqelik em as, subyekt, ijodkorning tasavvuridagi voqelikning talqinidir», degan xulosalariga hecham ajablanmaymiz.

Zotan, so‘nggi davr tanqidchiligiga xos xususiyatlarga aylanib borayotgan bunday qarashlar adabiy tanqidning talqin baholash doirasi kengayib borayotganini ko‘rsatadi. Zéro, muayyan badiiy asarlar ham da ulardagi badiiy-estetik, ijtimoiy-g'oyaviy konsepsiyalar zamirida belgilovchi falsafiy ta’lim ot yotibdi. Adabiyot ilmi oldidagi dolzarb vazifalardan biri ham mavjud turli-tuman qarashlarning eng xarakterlüarini sintezlashtirib, badiiyatning umumiy qonuniyatlari va estetik tamoyillarini belgilash. shu asosda adabiy tanqid metodologiyasining hurfîkrlilikka asoslangan konsepsiyalarini yaratishdan iboratdir.

Foydalanish uchun adabiyotlar:

.

1. "Zаmоn, qаlb, pоeziya". Tоshkеnt. 1962.



2. Birinchi mo’’jizа. Tоshkеnt. 1979.

3. А.Rаsulоv. "Оzоd SHаrаfiddinоv". (аdаbiy pоrtrеt). Tоshkеnt. 1980.

4. А.Quljоnоv. Ilm vа ijоd оlаmidа. Tоshkеnt. 1980. 62-73 b.

5. О.SHаrаfiddinоv. Hаqiqаtgа sаdоqаt. Tоshkеnt. 1989.

6. О.SHаrаfiddinоv. "Mаg’zi puch so’zlаrdаn bir tоsh nаri qоch".("O’zbе­kistоn аdаbiyoti vа sаn’аti". 2000. 15 sеntyabr).









Download 266,83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   55




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish