“tasdiqlayman” O„quv ishlari bo„yicha prorektor



Download 1,71 Mb.
Pdf ko'rish
bet16/79
Sana18.01.2022
Hajmi1,71 Mb.
#390869
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   79
Bog'liq
IMLO MAJMUA 21-22

Muhaqqaq  xat  uslubi.

  Bu  uslub  ko„fiy  xatidan  paydo  bo„lgan.  Muhaqqaq 

so„zining  asl  ma‟nosi  “oshkor  bo„lgan”,  “haq  qaror  topgan”  demakdir.  Ayrim 

lug„atlarda uning ma‟nosini “tushunarli” deb izohlanadi. Biror bir harfning “haqqi 

soqit  bo„lmagan”  ya‟ni,  hafning  biror  bir  elementi  tushib  qolmaganligi  uchun 

“muhaqqaq” deyilga degan qarashlar  ham  mavjud.  “Suls  xati”  paydo  bo„lgandan 

keyin bu xat o„z o„rnini unga berdi.  

Suls xat uslubi

. Mazkur xat abbosiylar davrida taraqqiy qildi va rivojlandi. 

Bu davrda 35 xildan ortiq xat turlari mavjud bo„lgan va har biri muayyan sohalarda 

qo„llanilgan.  Xat  turlari  uchun  Ma‟mun  topshirig„iga  ko„ra  islohot  o„tkazilgan, 

ammo bu xatlardan namunalar oz miqdorda bizgacha yetib kelgan. “Suls” arabcha 

so„z  bo„lib,  “uchdan  bir  qism”  deganidir.  Ya‟ni,  bu  usulda  harf  yozilishining 

uchdan bir qismi qiyshiq, burchakli va uchdan ikki qismi to„gri va doira shaklida 

yozilishi  nazarda  tutiladi.  Sulsning  asosiy  xususiyati  ko„pincha  doira  va  davra 

shakliga moyilligidir. 



14 

 

Arab  xat  turlari  haqida  batafsilroq  ma‟lumotga  ega  bo„lish  uchun  ko„pgina 



adabiyotlarga murojaat qilish lozim bo„ladi

3

. Mazkur xat turlari mazmun-mohiyati  



bilan  turli  o„rinlarda  qo„llangan.  Masalan,  muhaqqaq  ko„proq  she‟r  va 

qasidalarni  yozishda  qo„llangan.  Suls  turli  xat  yo„l-yo„riqlarida  hamda  ilmiy 

ishlarda  istifoda  etilgan. Ko„fiy  xati  ko„proq  masjid,  madrasa va  turli  binolarning 

peshtoqlarini  bezashda  ishlatilgan.  Rayhoniy  va  Nasx  xatlarida  asosan  qissa  va 

xabarlar  yozilgan.  Riqo  xat  uslubidan  ko„pincha  maktublarni,  Tavqe‟dan  esa 

asosan buyruq va farmonlarni yozishda foydalanilgan. 

Manbalardan  ma‟lum  bo„lishicha,  keyinchalik  mazkur  xat  uslublarining 

jamidan  o„ttiz  olti  xil  xat  turi  ijod  etilgan.  Ularning  ichida  nasta‟liq  xat  turi 

mashhur bo„lib, qo„lyozma yodgorliklarning asosiy qismi shu xat turida yozilgan. 

Nasta‟liq  nasx  va  ta‟liq  xat  turlarining  birlashuvidan  yuzaga  kelgan.  Bu  yozuv 

boshqa xat turlari ichida chiroyli yozilishi va oson o„qilishi bilan ajralib turadi. 

Mazkur  yozuvning  turkiy  xalqlar  tiliga  mos  kelmaydigan  jihatlari  borligini 

Abu  Rahyon  Beruniy,  Z.M.Bobur  (xatti  boburiy)  kabi  bobokalonlarimiz  e‟tirof 

etishgan. Arab alifbosida savod chiqarishning qiyinligi sabab qilinib, 1921-yil, 1-5 

yanvarda  Toshkentda  birinchi  til-imlo  qurultoyi  chaqiriladi.  Unda  arab  yozuvini 

soddalashtirish  yoki  osonroq  imloga  o„tish  msalasi  muhokama  qilinadi.  Shunday 

qilib, arab yozuvi isloh qilindi va ancha soddalashtirildi. 

Yozuvni  isloh  qilish  1922,  1923-yillarda  o„tkazilgan  qurultoylarda  yana 

muhokama  qilinib,  unda  lotin  yozuviga  o„tish  takliflari  yangradi.  1929-yilda 

lotinlashtirish  masalasi  to„liq  yakunlandi.  Mazkur  yozuv  deyarli  11  yil  davomida 

amalda  bo„ldi.  1940-yilning  8-mayida  kirill  grafikasi  asosidagi  yozuvga  o„tish 

bo„yicha  qaror  qabul  qilindi  va  1940-yilning  1-sentabridan  barcha  matbuot  va 

ta‟lim-tarbiya jarayonlari kirill yozuvida olib boriladigan bo„ldi. 

Slavyan-kirill  yozuvi  Gretsiyaning  Soluniki  (rus.  Solun)  shahrida  tug„ilgan 

aka-uka Konstantin va Kirill Mefodiylar tomonidan tuzilgan. Shu bois bu yozuvlar 

“kirillitsa” deb ham yuritiladi. Vizantiya imperatori Mixail III topshirig„iga ko„ra 

863-yilda  shu  yozuvda  kitoblar  tayyorlangan.  Hozirda  mazkur  yozuvdan  dunyo 

aholisining 10 foizi foydalanadi. 

 


Download 1,71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   79




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish