“tasdiqlayman” O„quv ishlari bo„yicha prorektor


Mavzu: Arab alifbosining o„lkamizga kirib kelishi va turlari



Download 1,71 Mb.
Pdf ko'rish
bet14/79
Sana18.01.2022
Hajmi1,71 Mb.
#390869
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   79
Bog'liq
IMLO MAJMUA 21-22

Mavzu: Arab alifbosining o„lkamizga kirib kelishi va turlari

 

Reja

1. Arab xat turlari haqida ma‟lumot 



2. Eski o„zbek yozuvida imlo masalalari 

3. Isloh qilingan eski o„zbek yozuvi haqida 



 

Arab  xati,  uning  o„lkamizga  kirib  kelishi  va  turlari  haqida  ma‟lumot

Qadimiy  Finikiya  xalqi  va  Livan  tog„larida  yashovchi  xalqlar  asosan  tijorat  bilan 



shug„ullanganlar.  Shuning  natijasida  ular  Misr  davlatiga  tez-tez  borib  turardilar. 

Ular  qadimgi  misr  yozuvidan  15  ta  harfni  o„z  o„lkalariga  olib  kelib,  unga  shakl 

jihatdan  o„zgartirish  kiritib,  yana  boshqa  harflar  qo„shib  finikiy  alfavitini  tuzib 

chiqadilar (er.av. VII asrdan boshlab) keyinchalik esa bu xatdan ikki tarmoq ajralib 

chiqdi: 

1. Musnad (ximyoriylar yozuvi). 

2. Oromiy yozuvi. 

Oromiy  va  musnad  yozuvi  – Arabiston yarim orolining janubida  yashovchi 

somiy  xalqining  yozuvidir.  Uning  shoxobchalari  esa  samudiy,  safaviy,  laxyoniy 

yozuvlaridir.  Keyinchalik  bu  yozuvlar  tez  rivojlanib  Arabiston  yarim  orolining 

shimoliy qismiga tarqaldi. 

Bu yozuv eramizning II-III asrlarida Suriya, Iordaniya, Iroq davlatlarigacha 

yetib  bordi.  Eramizning  III  asri,  ya‟ni  melodiy  270  yilda  nabotiy  yozuvi  vujudga 

keldi (eramizning III asridan to V-VI asrgacha). Nabotiy yozuvi asosida bir qancha 

yozuvlar – xiriy, hijoziy va boshqalar yuzaga keldi va tarqala boshladi. 

Ma‟lumki, VII asrda arablar Eron, O„rta Osiyo va ularga qo„shni bo„lgan bir 

necha mamlakatlarni zabt etadilar. VII asrning oxiriga kelib yerli xalqlar arab tilida 

diniy,  falsafiy  hamda  huquq  va  adabiyotga,  meditsinaga  oid  kitoblar  yoza 

boshlaydilar.  Ilmiy  va  adabiy  kitoblarni  boshqa  tillardan  arab  tiliga  tarjima  qilish 

keng  avj  oladi.  O„qishlar  arab  tilida  olib  boriladi.  Yozuvda  arab  alifbosi 

mustahkam o„rnashib oladi.  

Arablar O„rta Osiyo va Eron xalqllariga  o„z til va madaniyatlarini yoyishga 

va bu xalqlar tilini aloqadan siqib chiqarishga qanchalik jon-jahdlari bilan harakat 

qilmasinlar,  O„rta  Osiyo  va  Eron  xalqlari  doimo  o„z  davlat  va  til  mustaqilligi 

uchun kurashib keldilar va o„z til asoslarini saqlab qoldilar.  

Shu  kabi  tarixiy  sabablarga  ko„ra,  arab  alifbosi  O„rta  Osiyo  xalqlarining 

yozuvi  hisoblangan.  Arablar  kelgandan  keyin  bu  yerda  ham  islom  dini  tarqala 



12 

 

boshlandi.  Islom  dini  bilan  birga  asta-sekin  arab  tili,  madaniyati,  shu  bilan  bir 



qatorda yozuvi ham kirib keldi. Mahalliy yozuvlar siqib chiqarilgan bo„lsa-da, bir 

qancha asrlar davomida arab yozuvi bilan birga O„rta Osiyo xalqlarining yozuvlari 

(Uyg„ur yozuvi) ishlatlganligi ma‟lum.  

Shunday  qilib,  O„rta  Osiyo,  xususan,  O„zbekiston    hududida  VIII  asrdan 

boshlab  arab  yozuvi  asosiy  yozuv  sifatida  qo„llanila  boshladi.  Bu  o„lkalarda  arab 

yozuvi  hukmron  yozuv  bo„lib,  barcha  rasm-rusmlar,  ijtimoiy-iqtisodiy  masalalar 

arab  yozuvi  asosida  rasmiylashtiriladigan  bo„ldi.  Fan  va  madaniyat,  adabiyot  va 

san‟at,  o„qish  va  o„qitish  ishlari  ham  arab  tili  va  yozuvi  negizida  amalga 

oshiriladigan bo„lib qoldi.  

Arab  yozuvi  o„zbek  tili  xususiyatlariga  ko„p  jihatdan  muvofiq  kelmas  edi. 

Uyg„ur yozuvi bilan arab yozuvining yo„nalishi bir xil, ammo uyg„ur yozuvida 18 

ta harf bo„lsa, arab yozuvida 28 harf bo„lgan.  

Forsiy  tillarga  ham  muvofiq  kelmaydigan  o„rinlar  mavjudligi  sabab,  arab 

alifbosiga 4ta harf (pe, chim, gof, dje) qo„shiladi, shundan so„ng 32 harfdan iborat 

arab  alifbosi  yuzaga  keladi.  O„zbek  tilidagi  barcha  tovushlarni  qamrab  olish 

maqsadida, ana shu 32 harflik alifbodan foydalanib kelinadi. 

Eramizning  VII  asridan  boshlab  «Xatti  ma‟qaliy»  o„rnini  arab  yozuvining 

eng qadimiysi va eng mashhuri hisoblangan «Xatti ko„fiy» egallaydi. 

Ko„fa  yozuvi  –  Ko„fa  shahri  nomi  bilan  atalgan.  Geometrik  ko„rinishdagi 

yozuv.  Uning  harakatlari  va  undoshlarning  nuqtalari    bo„lmaydi.  Qur‟onning  eng 

qadimgi  qo„lyozmalari  ushbu  yozuvda  bitilgan.  Usmon  Mushafi  deb  nom  olgan 

Qur‟onning asl nusxalari ushbu ko„fa yozuvida bitilgan.  

O„zR  FA  Abu  Rayhon  Beruniy  nomli  Sharqshunoslik  institutida  IX  asrga 

oid  Qur‟on  qo„lyozmasi  saqlanib  kelmoqda.  U  qadimiy  (Kufa)  yozuvida  bitilgan. 

Shu  tariqa  bu  xat  o„zgarmay  ishlatilib,  adabiyotda  «Usmon  Qur‟oni  xati»  deb 

mashhur  bo„ldi.  Shu  bilan  birga  abbosiylar  davlatining  (749-1258)  ikkinchi  yuz 

yilligigacha  iste‟molda  bo„ldi.  So„ngra  (IX  asr)  abbosiylar  vaziri  Abu  Ali 

Muhammad  ibn  Mukla  kufa  xatining  o„zgarishiga  sababchi  bo„ldi.  Yozish  qiyin 

bo„lgan kufa xati hozirgi davrda ishlatiladigan arab xatiga ko„chirildi. 

Arab  yozuvining  dastlabki  yozuv  shakli  «xatti  ma‟qaliy»  bo„lib,  u  tik 

chiziqlar bilan ifodalangan. Bu xat turi ancha vaqtgacha iste‟molda bo„lsa-da, keng 

shuhrat  topmagan.  VII  asrdan  boshlab  bu  xat  o„rnini  eng  mashhur  xat  turi 

hisoblangan «xatti ko„fiy» egallagan.  

Ma‟lum  vaqt  o„tgach  mana  shu  ikki  xil  xat  asosida  arab  yozuvining 

san‟atkorona yaratilgan boshqa turdagi y 


Download 1,71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   79




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish