№
Harf
Harf nomi
Harf tovushi
Arab alifbosida
1
A а
a
o, a (til orqa)
alif, hoye havvaz
,ﺍ
ﻩ
2
В в
be
b
be
ﺏ
3
С с
che
ch
chim
ﭺ
4
Ç ç
je
J (qorishiq)
jim
ﺝ
5
D d
de
d
dol
ﺩ
6
E e
e
e
yo
ﻯ
7
Ə ə
ə
ä (til oldi)
alif, hoye havvaz
,ﺍ
ﻩ
8
F f
ef
f
fe
ﻑ
9
G g
ge
g
gof
ﮒ
10
Ǵ ǵ
g„a
g„
g„ayn
ﻍ
11
H h
he
h
hoye havvaz,
hoye huttiy
ﻩ,
ﺡ
12
I i
i
i (til oldi)
yo
ﻯ
13
J j
je
j
jim
ﺝ
14
K k
ka
k
kof
ﮎ
15
L l
el
l
lom
ﻝ
16
M m
em
m
mim
ﻡ
17
N n
en
n
nun
ﻥ
18
Ŋ ŋ
iň
ng
Nun va gof
ﮓﻧ
19
O o
o„
o„ (til orqa)
vov
ﻭ
20
Ѳ ѳ
ѳ
ö (til oldi)
vov
ﻭ
21
P p
pi
p
pe
ﭖ
22
Q q
qi
q
qof
ﻕ
23
R r
er
r
re
ﺭ
24
S s
es
s
sin
ﺱ
25
Ş ş
sha
sh
shin
ﺵ
26
T t
te
t
Te, itqi
ﺕ,
ﻁ
27
U u
u
u (til orqa)
vov
ﻭ
28
V v
ve
v
vov
ﻭ
29
X x
xe
x
xe
ﺥ
30
Ỳ ỳ
u
ü (til oldi)
vov
ﻭ
31
Z z
ze
z
zol, ze, izg„i
ﺫ,
ﺯ ,
ﻅ
32
Ž ž
že
ž sirg„aluvchi
je
ﮊ
33
Ї ї
i
ї (til orqa)
yo
ﻯ
belgi
„
apostrof
tutuq belgisi
ma‟qul
ﻉ
23
6-MA‟RUZA
Mavzu: O„zbekistonda rus grafikasi asosidagi (Kirill) yozuviga o„tish
jarayonlari.
Reja
:
1. Rus grafikasiga o„tish harakatlarining boshlanishi.
2.O„zbekistonda Kirill alifbosining shakllanishi va joriy qilinishi.
3. O„zbek alifbolari orasida kirill alifbosining tutgan o„rni.
O„tgan asr boshlarida qabul qilingan lotinlashtirilgan o„zbek alifbosi va
orfografiyasiga 1934 yilda muayyan o„zgartishlar kiritilishiga qaramay, unda hali
ko„plagan islohtalab holatlar mavjud edi. Bunday nomukammallik omma orasida,
ziyoliylarning ma‟lum qatlamida, hattoki hukumat rahbarlarida imloga nisbatan
norozilik tuyg„ularining shakllanishiga olib kelgan. Natijada, amaldagi yozuvni rus
grafikasiga ko„shirish g„oyasining ma‟lum darajada qo„llab-quivvatlanishiga zamin
yaratgan.
Aytish mumkinki, 1939-yil rus grafikasi asosidagi o„zbek yozuvini
shakllantirish yili bo„lgan: shu yilning boshida bu alifboni (shuningdek,
orfografiya qoidalarini ham) tuzish ishi A.S.Pushkin nomidagi Til, adabiyot va
tarix institutining lingvistika sektori rejasiga kiritiladi. Uni bajarish esa,
F.Kamolov, O.Nosirova va Z.Ma‟rufovlarga topshiriladi.
1939-yilning 25-27 mart kunlari shu institutda alifbo va orfografiya
masalalariga bag„ishlangan respublika ilmiy sessiyasi bo„lib o„tadi. Bu sessiyada
garchi lotin grafisadiga o„zbek orfografiyasining 1938-yil dekabr oyida e‟;on
qilingan yangi loyihasi va uning muhokamasi yakunlari ko„rilgan bo„lsa-da, unda
rus grafikasi asosidagi yangi alifboga o„tish haqida ko„plab takliflar bo„lganligi, bu
masalaning kata ijtimoiy-siyosiy ahamiyatga ega ekanligi alohida ta‟klidlandi.
Masalan. Institute direktori Sotti Husainov o„zining kirish nutqida shunday
deydi: “…endi so„z oxirida muhim masalaga to„xtalmoqchiman. U ham bo„lsa,
bizning tilimizning orientatsiyasi masalasi…”, “…biz hozir buyuk rus xalqidan sal
ajratiladigan to„siqlarni madaniyatimizdan olib tashlashimiz kerak…; bizning
quvvatimizning tomirlaridan eng kuchlik bittasi – milliy birlik”, degan fikrlari
ishtirokchilarning qarashlarini tubdan o„zgartiradi.
Faxri Kamolovning ma‟ruzasida esa, orfografiya qoidalarining yangi
loyihasi lotin alifbosiga asoslangan o„zbek yozuvi bo„yicha tuzilgan bo„lsa-da,
buni tuzish jarayonida rus alifbosiga o„tish, yozuvimiz va orfografiyamizning
keying istiqboli, sovet-internatsional so„zlarini ko„p tillarda bir xil yozishga intilish
tendensiyasi mavjudligi ham hisobga olingani alohida ta‟kidlanadi. Bunday fikrlar
Mirzakalon Ismoilov nutqida ham uchraydi.
1939-yil, 13-oktabrda Toshkentda (Hukumat uyining majlislar zalida)
poytaxt ziyolilarining shahar partiya komiteti tomonidan uyushtirilgan yig„ilishi
24
bo„ladi. Unda rus grafikasi asosidagi yangi o„zbek alifbosiga o„tish masalasi
ko„riladi. Majlisda Usmon Yusupov, Yo„ldosh Oxunboboyev, Qori Niyozov,
Borovkov kabi ko„plagan olimlar, shoir va yozuvchilar, davlat arboblari ishtirok
etadilar.
Kun tartibidagi masala yuzasidan Xalq Komissarlari Soveti Raisining 1-
o„rinbosari Qori Niyozov doklad qiladi. Dokladda arab va lotin grafikalariga
asoslangan yozuvlarimizning o„ziga xos tomonlari haqida gapirilib, shunday
deyiladi: “Lotinlashtirilgan alifbe arab alifbesidan ko„ra anchagina oson bo„lib,
savod chiqarishni tezlashtirgani sababli bu alifbe o„zining ijobiy samarasini berdi.
Lekin shuni ham ko„rsatib o„tish kerakki, taraqqiyotimizning hozirgi bosqichida
lotinlashtirilgan alifbening ijobiy roli endi tugadi… hozirgi tarixiy etapda o„zbek
yozuvining bundan keying rivojlanishi sohasida yuqori bosqich – hech shubhasiz,
rus grafikasi, ya‟ni rus tilining alifbesi asosida tuzilgan yangi alifbedan iborat
ekanini ko„rsatib o„tish kerak”.
Dokladchining fikricha, bunday xuloslarga quyidagilar asos bo„ladi:
1. Barcha xalqlarning (ittifoq tarkibidagi) o„zaro zich aloqa o„rnatish
xohishi;
2. Hozirgi vaqtda barcha xalqlarning rus tili va rus alifbosiga juda qiziqib
qarayotganligi, shu munosabat bilan barcha milliy Respubliklarda lotinlashtirilgan
alifbodan rus alifbesiga ko„chish harakatining avj olganligi;
3. Rus grafikasi asosidagi yangi alifboga ko„chish problemasining kata
siyosiy ahamiyatga egaligi, rus tiulining dunyodagi eng kata davlatlar tomonidan
rasmiy til sifatida tan olinganligi, uning ko„pgina kapitalistik mamlakatlarda
o„qitilayotganligi;
4. O„zbek va rus alifbolarining birlashtirilishi natijasida o„zbek bolalarining
rus tilini, rus bolalarining esa o„zbek tilini o„rganishi ancha osonlashishi;
5. Rus tili orqali o„zlashgan va o„zlashtirilayotgan internatsional so„zlarning
talaffuz xususiyatlarini o„zbek yozuvida to„g„ri ifodalash imkoniga ega bo„lish;
6. Poligrafiya sanoatida bir qator qulayliklarning yaratilishi: bir xil
linotiplardan, bir xil harf kassalaidan foydalanilishi.
Shulardan so„ng dokladchi dokladchi o„zbek va rus alfavitlarini
birlashtirishning amaliy tomonlari va alifbo tuzish prinsiplari haqida gapirib,
quyidagi ma‟lumotlarni beradi:
1. Alifboning dastlabki loyihasi A.S.Pushkin nomidagi Til va adabiyot
instituti tomonidan ishlangan, so„ng bu loyiha lingvistlar, grafiklar va poligrafiya
sanoati mutaxassislari ishtirokidagi kengashda muhokama qilinib, ba‟zi
o„zgarishlar kiritilgan;
2. Yangi alifboni (loyihani) tuzishda quyidagi prinsiplarga asoslanilgan:
25
a) alifbolarda mumkin qadar birlashtirish manfaatlarini ko„zda tutib, rus
alifbosini maksimal darajada saqlash;
b) rus alifbosiga o„zbek tilining o„ziga xos tovushlarini ifodalash uchun
kerak bo„lgan qo„shimcha harflarni kiritish. Bunda harflarni tanlash yoki
shakllantirishning besh xil yo„li o„ylab ko„rilgan. Xususan:
-o„zbekcha tovushlarni ifodalashda shu vaqtgacha qo„llab kelingan lotincha
harflarni rus alofbosiga shu holicha kiritish;
-rus alofbosidagi harflar ishtirokida qo„shma harflar tuzish;
-butunlay yangi shakldagi harflarni yasash;
-ruscha harflarga diakritik belgilar qo„yib, yangi harflarni shakllantirish.
Sobiq ittifoq hukumatining oldindan tuzib qo„yilgan rejalariga muvofiq
ziyoliylarimiz oldiga qo„yilgan vazifalarni ana shu tarzda itoatkorlik bilan ado
ettirilgan. O„sha paytdagi ijtimoiy-siyosiy vaziyatni esga oladigan bo„lsak,
ko„pchilik ma‟rifatparvar, ziyoliy kishilarning qatag„on qilinishi endi ishlab
turganlar uchun qattiq sinovlar ostida fikr bildirishlariga majbur etadi.
Umuman olganda, kirill alifbosiga o„tishning poydevori ming yillik
yozuvimizni isloh qila boshlangan paytdayoq qo„yilgan edi deb hisoblash mumkin.
Demak, rus grafikasi o„tish rasmi ravishda 1940-yil deb belgilansa-da, uning
harakatlari ancha oldin boshlangan lini yuqorida keltirilgan tarixiy faktlar ko„rsatib
turibdi. Rus grafikasiga asoslangan o„zbek alifbosiga o„zbek tili tovushlarini to„liq
ifodalash uchun alfavit oxiriga 4 ta harf:
Do'stlaringiz bilan baham: |