“tasdiqlayman” O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor



Download 1,78 Mb.
Pdf ko'rish
bet26/100
Sana31.12.2021
Hajmi1,78 Mb.
#242800
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   100
Bog'liq
O'TSQ Majmua

Terminologiya (termin  va  ...  logiya)  —1)  leksikaning  bir  sohasi;  muayyan 
fan,  texnika,  ishlab  chiqarish.  tarmogʻining  ,  sanʼat,  ijtimoiy  faoliyat  sohasining 
tegishli  tushunchalar  tizimi  bilan  bogʻliq  terminlari  majmui;  2)  tilshunoslikning 
terminlarni oʻrganuvchi sohasi. Terminologiya tor maʼnoda maʼlum bir sohaga oid 
maxsus  leksika.  Mas.,  fizika  terminologiyasi,  ijtimoiy-siyosiy  terminologiya, 
mashinasozlik  terminologiyasi  kabi.  Terminologiya  umumxalq  tilining  leksikasi 
negizida  vujudga  keladi,  boyiydi.  O’z  navbatida  u,  umumxalq  tilining  boyishi 
uchun  xizmat  qiladi.  Terminologik  leksika  umumxalq  tili  leksikasining  ajralmas 
qismi  sifatida  u  bilan  birga  rivojlanadi,  jamiyat  va  til  taraqqiyotidagi  barcha 
jarayonlarni boshdan kechiradi. Maʼlum bir soha yoki fan yuqori darajada taraqqiy 
etgandagina oʻsha tilda maxsus terminologiya vujudga keladi. 
Terminologiyaning rivojlanishi, boyish yoʻllari har xil: boshqa tillardan soʻz 
olish,  yangi  soʻz  yasash,  ayrim  fammatik  kategoriyalarning  leksikalashuvi,  soʻz 
birikmasining  semantik  bir  butun  holga  kelib  qolishi  va  boshqa  Bugungi  kunda 
oʻzbek  terminologiyasining  boyishi,  asosan,  boshqa  tillardan  soʻz  olish  va  ichki 
soʻz  yasash  hisobiga  roʻy  bermoqda.  U  yoki  bu  soha  terminologik  tizimining 
barkarorligini 
belgilovchi 
asosiy 
omil 
uning  tartibga  solinganligi 
va 
muntazamligidir.  Terminologiyaning  oʻziga  xos  xususiyatlari  mavjud.  Mas., 
umumadabiy tilda sinonimiya, omonimiya va kup maʼnolilik tilning boyligi boʻlsa, 
terminologiyada  bular  salbiy  hodisa  hisoblanadi.  Mas.,  birgina  tushunchani 
ifodalash  uchun  oʻzbek  tilida  yarimoʻtkazgich  —  chalaoʻtkazgich  — 
nimoʻtkazgich  terminlari  qoʻllanmoqda.  Bu,  oʻz  navbatida,  oʻqishoʻqitish  va 
axborot  almashish  jarayonini  qiyinlashtiradi.  Shu  sababli  ham  terminologiyasi 
maʼlum  darajada  barqarorlashgan  barcha  tillarda  terminlar  doimiy  tartibga  solib 


turiladi. Tartibga solish maʼlum terminologik meʼyorlar asosida amalga oshiriladi. 
Terminologiya rivojida fan sohalariga oid maxsus lugʻatlarni nashr qilib turish ham 
muhim ahamiyatga ega. 
Oʻzbek tili  terminologiyasi maʼlum taraqqiyot yoʻlini bosib oʻtgan. Oʻzbek 
tili  terminologiyasi  sohasidagi  ishlarni  oʻtgan  asrning  50-yillarida  Oʻzbekiston 
SSR Oliy Soveta Prezidiumi huzuridagi Til va terminologiya komiteta boshkargan 
(1931—37 ylarda faoliyat koʻrsatgan), keyinchalik Oʻzbekiston FA Til va adabiyot 
instituti  krshidagi  terminologiya  boʻlimi  (1964-yildan)  olib  bordi.  OʻzR  Vazirlar 
Mahkamasi  huzuridagi  Respublika  atamashunoslik  qoʻmitasi  1988-yildan  2004-
yilgacha  oʻzbek  tili  terminologiyasini  tartibga  solish  va  takomillashtirish  bilan 
shugʻullanib keldi (2004-yil yanvardan mazkur qoʻmita faoliyati toʻxtatildi). 
Tilshunoslikda  terminlarni  tartibga  solish  masalasi  har  doim  ham  dolzarb 
bo‘lib  kelgan  va  bugun  ham  bu  masala  o‘z ahamiyatini  yo‘qotgani  yo‘q.  O‘zbek 
tilshunosligida  sohaviy  terminologiyalarni  tartibga  solish  masalasida  bir  qancha 
ishlar  amalga  oshirilgan.  Lekin  qilingan  ishlarning  salmog‘i  bilan  chegaralanib, 
ko‘ngilni  xotirjam  qila  olmaymiz.  Chunki  terminlarni  tartibga  solish  masalasini 
barcha  soha  terminologiyalarida  ham  bir  xilda  olib  borilyapti,  deb  bo‘lmaydi.    
Terminologiyaning  tartibga  solinishi  nafaqat  ilmiy  sohada,  balki  ijtimoiy  hayotda 
ham  ahamiyati  katta  bo‘lgan  masaladir.  Terminologiyani  tartibga  solishning 
samaradorligi  terminlar  bevosita  qo‘llanadigan  quyidagi  holatlarda  yaqqol 
ko‘rinadi:  kasbiy  ta’limni  to‘g‘ri  tashkil  etishda,  ishlab  chiqarish  amaliyotida 
bo‘ladigan  og‘zaki  muomalada,  ilmiy  va  ishlab  chiqarish  jarayonlaridagi  o‘zaro 
yozishmalarda,  matbaachilikda  (ilmiy,  o‘quv,  ishlab  chiqarish  kabilarga  oid 
adabiyotlarni  nashr  etishda),  chet  el  adabiyotlarini  tarjima  qilishda  va  hokazo. 
O‘zbek tilining ijtimoiy-siyosiy terminologik lug‘ati 1976- yildayoq nashr etilgan 
edi. 
Atamalarni tartibga solish har bir tilda katta ahamiyatga ega. Shuning uchun 
atamalarni  yaratish  tamoyillari  va  ularni  tartibga  solish  muammolari  bilan 
shug‘ullanuvchi  tilshunoslikning  maxsus  bo‘limi  borki,  bunday  bo‘lim 
atamashunoslik (terminologiya) deb yuritiladi.  


Atamashunoslikning o‘rganish birligi atamalar (terminlar)dir. 
Har  bir  fan,  kasb-hunar  tarmog‘i  atamalarsiz  ish  ko‘ra  olmaydi.  Shuning 
uchun  atamashunoslik  muammolari  faqat  tilshunoslikninggina  muammosi  bo‘lib 
qolmay,  u  barcha  fan  va  kasb-hunarning  ham  asosiy  masalalaridandir.  Shuning 
uchun  ham  Vazirlar  Mahkamasi  qoshida  barcha  fan,  kasb-hunar  sohalarida 
atamalarni  tartibga  solish  muammosi  bilan  shug‘ullanuvchi  atamashunoslik 
qo‘mitasi faoliyat ko‘rsatib kelmoqda.  
Atamalarni 
mumkin 
qadar 
milliylashtirish, 
tilimizning 
ichki 
imkoniyatlaridan  atamalar  yaratishda  unumli  foydalanish  (kichik  korxona,  jamoa 
xo‘jaligi,  tadbirkor,  qo‘shma  korxona  kabi),  shu  bilan  birga,  iqtisodiy-siyosiy, 
ilmiy-texnik  taraqqiyotimizga  doir  yangi  tushunchalarni  ifodalovchi  chet  tilidan 
kirib  kelgan  atamalarni  ham  zarur  hollarda  qabul  qilish  (kompyuter,  fermer, 
dizayn)  hozirgi  atamashunosligimizning  bosh  tamoyili  sanaladi.  Shuning  uchun 
ham  xalq  o‘rtasida  keng  iste’molda  bo‘lgan  radio  (ovoznigor  emas),  aeroport 
(tayyoragoh  emas),  institut  (oliygoh  emas),  avtobus  (ko‘pkursi  emas),  telefon 
(durovoz emas), samolyot (uchoq emas) kabi atamalar tilimizda saqlab qolindi. 
Shuningdek,  iqtisodiy  hayotimizda  mustaqillik  sharoitida  buyuk  burilishlar 
bo‘lganligi sababli, ana shu reallikni ifodalovchi qator chet tilidan kirgan atamalar 
tayyor holda qabul qilindi: birja, diler, aksiya, audit, auditor kabi. Ana shu yo‘llar 
bilan atamalar izga solinmoqda.  
Istagan  o‘zbek  tilida  so‘zlashuvchilardan  ildiz  nima  deb  so‘rasangiz, 
o‘simlikning oziqa bilan ta’minlab turadigan qismi deb javob beradi. 
Lekin  matematikaga  daxldor  kishilar  bu  savolga  √  ishorasi,  matematik 
amallardan biri ekanligini aytadi.  
Ko‘rinadiki,  bir  so‘z  umumxalq  tilida  bir  ma'noni,  ma'lum  ixtisoslik 
sohasida  esa  boshqa  ma’noni  ifodalaydi  yoki  qosh  so‘zi  umumxalq  tilida 
«odamning  yuz  qismida  ko‘z  kosasidan  tepada  yoysimon  shaklda  o‘sib  chiqqan 
yung»  hamda  «yon»  (qoshimda  o‘tiribdi)  ma’nolarini  bildirsa,  duradgorlikda 
boshqa ma’noni ifodalaydi. 


Muayyan fan tarmoqlari, kasb-hunar sohalarida ma'lum tushunchalarni aniq 
ifodalash  uchun  umumxalq  tilida  ishlatilayotgan  so‘zlardan  ma'nosini 
maxsuslashtirish  yo‘li  bilan  foydalaniladi.  Masalan,  yuqorida  keltirilgan  misolda 
matematik  tushuncha  uchun  umumxalq  tilidan  ildiz  so‘zining  ma'nosini 
maxsuslashtirish yo‘li bilan olingan. Agar umumxalq tilida ana shunday so‘zlarni 
topish  imkoniyati  bo‘lmasa,  u  vaqtda  boshqa  tillardan  tayyor  holda  olinadi. 
Masalan, fonema, valentlik, element, sinus, kosinus va boshqalar.  
Ma’lum  fan  yoki  kasb-hunar  sohasidagi  muayyan  bir  tushunchani  aniq 
ifodalash  uchun  ma'nosi  maxsuslashtirilgan  so‘z  yoki  so‘z  birikmalariga  atama 
(termin) deyiladi. 
Ilmiy  adabiyotlarda  ta’kidlanishicha,  ma’lum  fan,  ishlab  chiqarish 
sohasidagina  qo’llaniladigan  va asosan  o’sha  soha  kishilari  tushunadigan maxsus 
so’zlar terminlar – atamalar sifatida qaraladi. 
O‘zbek tilshunosligida atamalarni o‘rganishga doir ko’pgina ishlar amalgam 
oshirilgan.  Ko‘plab  ilmiy  kitoblar,  risolalar,  lug‘atlar,  ilmiy  va  ilmiy-
ommabop maqolalar yozilgan, dissertatsiyalar himoya qilingan. Bu borada 200 dan 
ortiq  lug‘atlarning  nashr  etilishi  fanimizning  katta  yutug‘i  hisoblanadi.  O‘zbek 
tiliga  davlat  tili  maqomining  berilishi,  “Lotin  yozuvi  asosidagi  o‘zbek  alifbosiga 
o‘tish to‘g‘risida”gi Qonunning qabul qilinishi, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar 
Mahkamasi  huzuridagi  Atamalar  qo‘mitasi  olib  borayotgan  yirik  hajmdagi  ishlar 
atamashunoslik sohasining yanada yuqori bosqichga ko‘tarilishiga sabab bo‘ldi. 
Atamalarning shakllanishi ham xalqning tarixi qadar qadimiydir.  To‘nyuquq, 
Kultegin, Bilga hoqon singari bitiktoshlarda xalqimiz mashg‘ul bo‘lgan hunarlarga 
oid atamalarni uchratamiz. Ular xalq tomonidan yaratilgan afsonalarda, qahramonlik 
qo‘shiqlarida  ham  mavjud  bo‘lgan.  Ularni  mujassam  qilgan  Mahmud 
Qoshg‘ariyning “Devonu lug‘otit-turk” asari ularning bizgacha yetib kelishida katta 
tarixiy vazifani bajargan.  
Atamalarning  dastlab  ikki  katta  guruhga  ajratish  to’g’ri  bo’ladi: 
  1.Umumiylik hususiyatiga ega bo’lgan atamalar.  


2.Hususiylik 
hususiyatiga 
ega 
bo’lgan 
atamalar.  
         Umumiy  atamalar  sirasiga  bir  terminologik  tizimning  barcha  yo’nalishlari 
uchun  tushunarli  bo’lgan  atamalar  kiradi.  Masalan,  sportdagi musobaqa,  sovrin, 

Download 1,78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   100




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish