Tasdiqlayman” O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor V b



Download 215,57 Kb.
bet12/23
Sana23.07.2022
Hajmi215,57 Kb.
#841767
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   23
Bog'liq
2 5244463691880993324

...Ertaklar. Shoirlarga ilhom bergan ham shu. Mashhur o'zbek shoiri Hamid Olimjon "Oygul bilan Baxtiyor" dostonining ilk satrlaridanoq jo'shib-jo'shib kuylaganining boisi ham shundan:
Bolalik kunlarimda,
Uyqusiz tunlarimda,
Ko'p ertak eshitardim.
Suylab berardi buvim.
Esimda o'sha damlar,
O 'zi uchar gilamlar.
Tohir-Zuhro, Yoriltosh,
Oyni uyaltirgan qosh.
O'zbek xalq ijodiyotida ertaklar asosiy o'rinni egallaydi. Ular mavzu e'tibori bilan xilma-xildir. Bular asosan, tarixiy-hayotiy va hayvonlar haqidagi hikoyatlardir. Oddiy odamlar tomonidan yaratilgan adabiy meros xalqning ma'naviy tuyg'ulari va qahramonligini, mardlik, Vatanga bo'lgan chin muhabbat hamda cheksiz sadoqatni ifodalab, qalbda beg'uborlikni kuchaytiradi.
Ertaklarda insonlar bir-birlariga do'st va g'amxo'r bolib, zulmga, adolatsizlikka qarshi yakdillik bilan kurashadilar. Nohaqlikni yengib, haqiqatni ro`yobga chiqishi mehnatkash insoning betakror qiyofasi yosh o'quvchi qalbida bir umr muhrlanib qoladi. O'zida xalqparvarlik g'oyalarini ilgari surgan "Ziyod botir", "Malikayi Husnobod" singari ertaklar ularning eslarida uzoq vaqtgacha saqlanib qoladi.
Aksariyat ertak va dostonlarda mehnat, aql va idrok ulug`lanadi, hunar o'rganish targ'ib qilinadi. Ulardagi haqiqatga yaqin hayotiy voqealar, mehnat jarayoni va hayoliy o`y-fikrlar yanada jonli tasvirlanadi, bolalar qalbida kelajakka ishonch tuyg'usini uyg'otadi. Bir vaqtlar xalq yaratgan "Uchar gilam" "Ur-to'qmoq" singari ertaklardagi orzular bugungi kunda xaqiqatga aylanganligi sir emas. Bir qator ertaklarda tasvirlangan gulgyn chehralar Husnobod singari xotin-qizlar misolida ularning kuchda, aqlda, donishmandlikda erkaklardan aslo qolishmasligi badiiy jihatdan yaqqol ko'rsatib beriladi va mahorat bilan tasvirlanadi.
Ertaklarda kelajakka ishonch, katta umid, ko'pchilikka yoqib qolgan qahramonlarning murod-maqsadlariga erishuvi ko'tarinki ruh bilan ifoda etiladi. Ular og'ir vaziyatga tushib qolganlarida ham, to'sqinlikka uchraganlarida ham aslo umidsizlikka tushmaydilar, aksincha, g'alaba qozonishga ishonadilar. Ko'pchilik ertaklardagi ijobiy qahramonlar murod-maqsadlariga yetadilar. Bu esa, o'tmishda xalqning o'z kelajagiga bo'lgan katta umidi, baxtli yorug' kunlar kelishiga ishonganligining ifodasidir. Shunisi xarakterliki, deyarli barcha ertaklar asosida ezgulik bilan yovuzlik o'rtasidagi keskin kurash turadi va albatta, ezgulik tantanasi bilan yakunlanadi.
Ertaklarni ifodali o'qishdan oldin, o'zbek xalq ertaklarida turli-tuman shaklda ishlatiladigan traditsion, ya'ni an`anaviy muqaddima namunalaridan misollar keltirib, ularaning bir-biridan farqi tushuntiriladi. Masalan: "Tulki bilan tovus" ertagining muqaddimasiga diqqat qiling: "Ertagi yo ertagi, echkilarning burtagi, qirg'ovul qizil ekan, quyrug'i uzun ekan, g'oz karnaychi ekan, o'rdak surnaychi ekan, olaqarg'a azonchi, qora qarg'a qozonchi, chumchuq chaqimchi ekan, to'rg'ay to'qimchi ekan, bo'ri bakovul ekan, tulki yasovul ekan, ertagimning engi bor, yetti kunlik yeri bor, etti kunlik yerida dumi kalta bo'ri bor..."
O'zbek xalq ertaklaridan: "Qilich botir"ning muqaddimasi undan farq qiladi: "Bor ekanda, yo'q ekan, och ekanda to'q ekan, o'tgan zamonda Qilich botir degan bir polvon bor ekan. Kunlardan bir kuni Qilich botir safarga chiqibdi, bir necha kun yurgandan kiyin bir odamga duch kelibdi".
E'tibor berilsa, ikkala ertakning muqaddimasi boshqa-boshqa o'qilishini sezish qiyin emas. Masalan, birinchi ertak muqaddimasi sajda yozilganligi uchun ifodali o'qilganda ritmga ham e'tibor beriladi: "ertagi yo ertagi, echkilarning burtagi..."
Ikkinchi ertak muqaddimasi esa, undan butunlay farq qiladi: "Bor ekanda, yo'q ekan, och ekanda, to`q ekan..." Bu parcha xuddi muallif bayoni kabi vazmin o'qiladi. Ertaklarning bunday xilma-xil an'anaviy mugaddimalari o'quvchilarga to'g'ri o'qtb ko'rsatilsa, ularning butun fikri-hayoli jalb etiladi, asar mazmuniga bo'lgan qiziqishlari tutib turiladi. Masalan: "Uch og'iyni botirlar" ertagining o'qilishiga e'tibor qiling. "Bir bor ekan (qisqa pauza), bir yo'q ekan (qisqa pauza), qadim zamonda (pauza) bir kishi bo'lgan ekan (pauza). Uning- uchta o'g'li bor ekan (qisqa pauza), uchovi ham o'qigan (qisqa pauza), oq-qorani tanigan (qisqa pauza), yomon bilan yurmagan (qisqa pauza), yomon joyda turmagan ekan (pauza).
To'ng'ichi – yigirma bir yoshda (qisqa pauza) o'rtanchasi o'n sakkiz yoshda (qisqa pauza), kenjasi – o'n olti yoshda ekan (pauza)".
To'ng'ichi, o'rtanchasi va kichkinasi kabi so'zlarni o'qiyotganda mantiqiy urg'u beriladi, bu so'zlardan so'ng tire bo'lganligi uchun qisqa bir pauza qilinadi.
"Otasi (qisqa pauza) bir kuni bularni o'z oldiga chaqirib (qisqa pauza), har birining peshonasidan silab (kicluk pauza), bunday debdi (pauza):
– O`g'illarim (qisqa pauza), men boy emasman (qisqa pauza), rnendan qolgan narsalar (qisqa pauza), sizning turmushingiz uchun yetmaydi (qisqa pauza), endi mendan biror nima umid qilib o'tirmalaring (pauza). O`lganimdan keyin baxtsiz bolib qolmanglar (qisqa pauza), deb sizlarni o'qitdim (qisqa pauza), boqdim (qisqa pauza) voyaga yetkazdim (qisqa pauza), quvvatli boldingizlar (qisqa pauza), yaroq ushlashni o'rgatdim (qisqa pauza), yaroq ushlashga usta bo'ldingizlar (qisqa pauza), qo'rqitmay o'stirdim (qisqa pauza), botir boldingizlar (pauza). Yana uch narsani aytaman (qisqa pauza), quloqlaringizga olib (qisqa pauza), eslaringizdan chiqarmanglar (pauza): To'g'ri bo'ling – (pauza) bexavotir bo'lasiz (pauza). Maqtanchoq bo'lmang – (pauza) uyatga qolmaysiz (pauza). Dangasa bo'lmang – (pauza) baxtsiz bo'lmaysiz (pauza). Bundan boshqasini endi o'zingiz biling (pauza). Qora toyni (qisqa pauza), saman toyni (qisqa pauza), ko'k toyni asboblari bilan tayyorlab qo`ydim (pauza). Xurjunlaringizni bir xaftalik ovqat bilan to'lg'izdim (pauza). Baxtingiz yo'lda (qisqa pauza), uni topib olmoq uchun safarga chiqingiz (qisqa pauza), dunyoni tanimay (qisqa pauza), dunyo kishisi bo'lmaysiz (pauza). Baxt qushini ushlamoq uchun (qisqa pauza), baxt oviga chiqinglar (pauza). Xayr endi (qisqa pauza), o'g'illarim deb so'zini tamom qilibdi (pauza).
Bu matnda mehribon otaning – qariyaning sevimli farzandlariga qilayotgan nasihati sezilib turishi kerak. Ota so'zidagi yaroq ushlashni o'rgatdim, qo'rqitmay o'stirdim, to'g'ri bo'ling, maqtanchoq bo'lmang, qora toynu, saman toyni, ko'k toyni kabi so'zlar xuddi yuqorida ko'rsatilgandek alohida takidlab, urg'u berib o'qilsa, ertak g'oyaviy mazmunining tinglovchi qalbiga borib yetishi osonlashadi.

Download 215,57 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish