Mahsulotning xavfsizligi – bu uning murakkab xossasi bo‘lib, inson uchun zararli ta’sir etish miqdorini belgilaydigan ko‘rsatkichidir.
Mahsulotning ekologikligi ham uning murakkab xossalaridan biri hisoblanib, atrof – muhitga zararli ta’sir etish miqdorini belgilaydi.
Tayyor mahsulot o‘zining iste’moldagi bahosi va boshqalariga hamda uning iste’mol yoki ishlatilishdagi harajatlarning yig‘indisiga mahsulotning iste’mol bahosi deb ataladi.
Mahsulot, ham muayyan ehtiyojga mos kelish darajasi bo‘yicha, ham shu ehtiyojni qanoatlantirishdagi harajatlar bo‘yicha raqobatlanuvchi mahsulotlardan uning ajralib turishini ifodalovchi mahsulotning tavsifi uning raqobatbardoshligi deb ataladi.
Sifat ham boshqa tushunchalar singari o‘zining tizimiga egadir. Sifat tizimi deganda, tashkiliy tuzilish, ma’suliyati, ish tartibi, jarayonlar, resurslar yig‘indisi bo‘lib, sifatning umumiy boshqaruvining amalga oshirilishi tushuniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |