Tasdiqlayman” O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor “tasdiqlayman” O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor


-Mavzu. MAHSULOT SIFATI VA SIFATNI BOSHQARISH TIZIMINING RIVOJLANISHI



Download 2,69 Mb.
bet3/148
Sana06.01.2022
Hajmi2,69 Mb.
#324297
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   148
Bog'liq
Махсулот сифати назорати маъруза матни лотин 95783

2-Mavzu. MAHSULOT SIFATI VA SIFATNI BOSHQARISH TIZIMINING RIVOJLANISHI




2.1. Mahsulot va uning sifati ko‘rsatkichlari



Mahsulot deganda mehnat faoliyati jarayonining moddiylashtirilgan natijasi tushunilib, u foydali xossalarga ega bo‘ladi, aniq ishlab chiqarish jarayonlarida olinadi va muayyan jamoa va shaxsiy xarakterli ehtiyojlarni qanoatlashtirishi uchun mo‘ljallanadi.

Mahsulotlar tayyor holda, aniq bozorda sotilishi uchun yaroqli yoki tayyorlash jarayonida, ishlashda, etishtirishda, ta’mirlashda va shunga o‘xshashlarda bo‘lishi mumkin.

Mahsulot ta’rifi yana boshqa bir hujjat – ISO 9000 xalqaro standartida qisqa holda keltirilgan bo‘lib, «mahsulot - faoliyat yoki jarayon natijasi» deb ta’riflangan.

Mahsulot moddiylashtirilgan (masalan, qismlar, qayta ishlanadigan materiallar) yoki moddiylashtirilmagan (masalan, axborot yoki tushuncha) yoki ularning o‘zaro uyg‘unlashgan birikmasi sifatida bo‘lishi mumkin. Mahsulot o‘z ichiga xizmatni ham oladi.

Mahsulotni yaratilishida, sotilishida va iste’molida yoki ishlatilishida namoyon bo‘ladigan xossasi uning xolisona ko‘rsatkichi hisoblanadi.

Mahsulot ko‘pgina turli xossalarga ega bo‘lib, u yaratilishida, sotilishida va iste’molida yoki ishlatilishida namoyon bo‘lishi mumkin. «Ishlatilishi» atamasi shunday mahsulotga nisbatan ishlatilishi mumkinki, bunda mahsulotdan foydalanish jarayonida u o‘z resursi hisobiga sarflanadi.

«Iste’mol» atamasi shunday mahsulotga nisbatan ishlatiladiki, uning vazifasiga ko‘ra, ishlatilishida o‘zi sarflanadi.

Mahsulot xossalarini shartli ravishda oddiy va murakkab turlarga bo‘lish mumkin.

Mahsulotning oddiy xossasiga massa, sig‘im, tezlik va boshqa ko‘rsatkichlar kiradi.

Mahsulotning murakkab xossasiga misol sifatida buyum ishining ishonchliligini olishimiz mumkin. Bu esa o‘z navbatida bir qator oddiy xossalarni o‘z ichiga qamrab oladi (buzilmasligi, chidamliligi, ta’mirlanuvchanligi va saqlanuvchanligi kabilar).



Mahsulot sifati deganda, uning vazifasiga binoan muayyan ehtiyojlarni qanoatlantirishga yaroqliligini belgilaydigan xossalar majmuasi tushuniladi.

Mahsulot sifati, uni tashkil etuvchi buyum va materiallarning sifatiga bog‘liq. Agar mahsulot mashinasozlik buyumlaridan tashkil topgan bo‘lsa, mahsulotning sifatini belgilovchi, uning ayrim buyumlarining hamda birxillik, o‘zaro almashuvchanlik va boshqa shunday xossalarining majmuasidan tashkil topadi. Masalan, paxta terish mashinasining sifati, uni tashkil etuvchi dvigatelning, shpindellarning, bolt va gaykalarning, g‘ildirak va undagi rezina kabilarning sifatiga bog‘liq.



Mahsulot sifati – o‘zida aniqlangan ehtiyojlarni qanoatlantiruvchi uning yaroqliligini ta’minlovchi xossalar majmuasini namoyon etadi. Mahsulotning har bir xossa yoki bir necha xossalarining darajasini aniqlash sifat ko‘rsatkichlari yordamida baholanadi. Bunda ulkan ko‘p xilli mahsulotlar turlari tavsiflovchi turli xil xossalar mavjud va unda xuddi shuningdek, mahsulot sifati ko‘rsatkichlari ham ko‘p bo‘ladi.

Har bir turdagi mahsulotlar aniqlangan sifat ko‘rsatkichlari majmuasi bo‘yicha tavsiflanadi. Muayyan bir turdagi mahsulotning sifatini baholashni ta’minlash uchun turli holatlarda uning sifat ko‘rsatkichlari nomenklaturasiga muvofiq keluvchi standartlarda belgilangan.




Download 2,69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   148




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish