8.2. Radiografik usul
Radiatsiali nazoratini radiografik usuli deb nurlanayotgan ob’ektni radiografik rasmini radiografik plenkaga proeksiya qilish yoki fotografik rasmga o‘zgartirishga aytiladi (8.1-rasm).
Ob’ektni radiografik tasvirlari radiogrammalar deb ataladi. Rentgen nurlari yordamida olingan radiogrammalar rentgenogramalar, γ-nurlanishi yordamida olingan radiogrammalar-gammagrammalar deb ataladi. Radiogrammadagi rasmlarni taxlil qilinib, nazorat qilinuvchi ob’ekt to‘g‘risida xulosa qilinadi.
Radiografik usul radiatsion defektoskopiyani eng ko‘p tarqalgan usuli bo‘lib, yuqori sezgirlikga, ega hamda soddadir, yana bir qulayligi nazorat natijalari hujjat bilan tasdiqga ega (ya’ni natijalar rasm bilan tasdiqlanadi).
Bu usulni kamchiligiga past unumdorligi va yuqori qimmatliligidir (bu erda kumush tarkibli plenka ishlatilishi sabab).
Do'stlaringiz bilan baham: |