3.3. Putur etkazmasdan nazorat turlarining qisqacha tavsifi
Putur etkazmasdan nazorat deb shunday tekshirishga aytiladiki, bunda tekshirish o‘tkazilgandan keyin, ob’ektning foydalanishga yaroqliligi xossalariga ta’sir etilmaydi. Bunda sizib o‘tuvchi moddalar va fizik maydonlarning ob’ekt bilan o‘zaro ta’sirlanishiga yoki tekshirilayotgan ob’ekt tomonidan hosil qilinadigan maydonlarni qayd qilishga asoslangan tekshirish turlari va uslublaridan foydalaniladi. Bu usullar bilan quyidagi nuqsonlar aniqlanadi:
yoriqlar, bo‘shliqlar, qatlamlanishlar va h.k. kabi yaxlitliklarni buzilishi turlaridagi nuqsonlar;
tashqi va ichki diametrlar, devorlar, qoplamalar va qatlamlarning qalinliklari, sirtlarning g‘adir-budirliklari, eyilish darajalari, mahsulotlarning uzunliklari va kengliklari va h.k. kabi geometrik o‘lchovlarni tekshirish;
temperatura, elektr, magnit va tarkibiy parametrlar, dastlabki kimyoviy tarkibdan chetga chiqishlar, mustahkamlik, qayishqoqlik, koersitiv kuchlar, mustahkamlangan qatlamlarning cifati, ferrit fazalarining tarkibi va taqsimlanishi va shularga o‘xshash fizik-mexanik va fizik-kimyoviy tavsiflarini o‘lchash;
ob’ektni texnik holatini aniqlash uchun yaxlitlikni buzilishi, foydalanish davomida mahsulotlarning o‘lchamlari, fizik-mexanik va fizik-kimyoviy xossalarini o‘zgarishi kabi berilgan ehtimolliklar bilan texnik diagnostikalar qilishga mo‘ljallangan tekshirishlar amalga oshiriladi.
O‘zbekiston Respublikasida putur etkazmasdan nazorat Bosh markazi tashkil etilgan.
Putur etkazmasdan nazorat qanday fizik hodisalarga asoslanib o‘tkazilishiga ko‘ra quyidagi turlarga bo‘linadi::
magnitli;
elektrli;
uyurma tokli;
radio tokli;
issiqlik;
optik;
radiatsiyali;
akustikali;
singib o‘tuvchi moddalar.
Har bir turdagi putur etkazmasdan nazorat qilish uslublari quyidagi belgilari bo‘yicha klassifikatsiya qilinadi:
a) fizik maydon yoki moddalarning tekshirilayotgan ob’ekt bilan o‘zaro ta’sirini xarakteri bo‘yicha (29 ta uslub);
b) boshlang‘ich informativ parametr bo‘yicha (37 ta);
v) boshlang‘ich informatsiyani olish usuli bo‘yicha (64 ta).
Uslubni nomida yuqorida bayon qilingan, putur etkazmasdan nazorat mazkur uslubiga xos bo‘lgan klassifikatsion belgilar qo‘llanilgan bo‘lishi kerak.
Putur etkazmasdan nazorat turli belgilar bo‘yicha klassifikatsiyalanuvchi bir yoki bir nechta turlarning kombinatsiyalashgan metodlarini qo‘llashga ruxsat etiladi.
Putur etkazmasdan nazorat uslublarining klassifikatsiyasi quyidagi 3.1-jadvalda keltirilgan.
3.1-Jadval
Putur etkazmasdan nazorat usullarining qo‘llanlishida boshlang‘ich ma’lumotlarni olinishiga ko‘ra sinflanishi
Do'stlaringiz bilan baham: |