GOST 24555-81 talablariga binoan sinovdagi jihozning barcha turlari ular umumsanoat, tarmoqli va mahsus qo‘llash jihozi hisoblanishidan qat’iy nazar, majburiy tartibda attestatsiyasining 3 turidan biriga mos kelishi shart:
Dastlabki;
Davriy;
Navbatdan tashqari.
Dastlabki attestatsiyaga qayta tayyorlanadigan jihozlar kiradi, ularga esa quyidagilar kiradi:
SJning yagona ekzemplyarda tayyorlangan tajribali namunalari;
Modernlashtirilgan SJ;
Maxsus qo‘llaniladigan SJ;
Importdagi SJ.
SHuningdek xalq xo‘jaligida foydalaniladigan va GOST 24555-81ning kiritilishigacha attestatsiyadan o‘tmagan jihozlar.
SJning dastlabki attestatsiyasini aniqlash maqsadida uning har tomonlama tekshirishlari o‘tkazilishi shart:
SJning talab qilinayotgan aniqlik va to‘0rilik bilan berilgan diapazondagi sinov talablari va rejimlarini berilgan muddat ichida qo‘llash va quvvatlash imkoniyatlari;
Me’yorlashtirilgan aniq tavsifnomalarning haqiqiy mohiyati va uning me’yorlashtirilgan hujjatlar bilan munosibligi;
Sinovdagi rejim parametrlarining o‘lchov va registratsion holatlari;
Foydalanish jarayonida tekshirishga moyil me’yorlashtirilgan aniq tavsifnomalarning hisobi;
Keyingi attestatsiyalar o‘tkazishning uslublari va vositalari hamda ularning mavsumiyligi (davriyligi);
Atrof-muhit havsizligi va himoyasini talablarini bajarilishi.
SJning dastlabki attestatsiyasi uning hayotiy siklining turli xil bosqichlarida o‘tkaziladi: ishlab chiqarish va foydalanish jarayonida, lekin o‘tgan attestatsiyada emas.
SJning davriy va navbatdan tashqari attestatsiyasi uning foydalanish jarayonida o‘tkaziladi.
SJning davriy attestatsiyasi quyidagi maqsadlarda o‘tkaziladi:
SJda MX talablarini me’yorlashtirilgan aniq tavsifnomalar bilan munosibligini tekshirish, agar SJning parametrlari sinalayotgan obektning hislatlariga bog‘liq bo‘lmasa.
Agar SJning parametrlari sinalayotgan obektning hislatlariga bog‘liq bo‘lsa, NDda belgilangan shu mahsulotlar uchun tanlangan sinov metodlari yordamida uskunlarni aniq mahsulotni sinashga yaroqliligini aniqlash.
SJning navbatdan tashqari attestatsiyasi quyidagi holatlarda o‘tkaziladi:
Transportlashtirish yoki uzoq saqlanishdan so‘ng SJni foydalanishga kiritish;
SJning ta’miri, modernizatsiyasi, fundamentining to‘liq ishlovi, qo‘chirishdan so‘ng agar qayd etilgan operatsiyalar MAXning o‘zgarishiga olib kelsa;
Ishlab chiqarilayotgan mahsulot sifatining yomonlashuvida;
Sinov bo‘linmalari va tashkilotlarda tekshirishni amalga oshiruvchi O‘zRes. O‘zstandart vakillarining buyrug‘i bilan;
Attestatsiyadan o‘tmagan va foydalanishda bo‘lgan mamlakatning o‘zidagi va import jihozlarining tekshiruvida;
SJni tuzatish mumkinligini tasdiqlovchi hujjatlarining yo‘qolish holatida.
Foydalanilayotgan SJ attestatsiyasida nafaqat SJ texnik hujjatlarida belgilangan barcha texnik tavsifnomalarni aniflash mumkin balki, uning normal va havfsiz ishlash hamda foydalanishga doimiy yaroqliligini ta’minlovchilarini ham aniqlash mumkin.
Attestatsiyalar paytida o‘tkazilgan MAX tekshiruvlari tekshirilayotgan ishlatish parametrlari, talablari va intensivligi stabilligini hisobga olgan holda belgilash kerak bo‘lgan umumattestatsion tasdiqlash imkoniyatini beradi.
SJda ishlatiladigan o‘lchov vositalarini (O‘V) tekshirish muddati oxirgi attestatsiya muddati bilan mos kelmasa, quyidagi ikki variantni tavsiya etish mumkin:
SJ muddatini o‘z ichiga olgan, yangi muddatlarga O‘V ni almashish.
Ishlatilayotgan O‘Vni qayta tekshirish.
SJni belgilangan talablarda, aniq tavsifnomalarni mosligini aniqlash maqsadida SJning attestatsiyasi o‘tkazilishi amaliyotida quyidagi variantlarni iloji bor:
Do'stlaringiz bilan baham: |