15.2. Mexanik sinovlar o‘tkazish metodikasi
Vibratsion nagruzkalar sinovlari. Mahsulotlarni vibratsion nagruzkalarga sinash – bu mexanik sinovlarning eng keng foydalaniladigan turlaridan biridir. O‘zining amortizatorlariga ega mahsulotning rezonans chastotalarini aniqlashda qattiq o‘rnatilgan amotizatorsiz sinovlar qo‘llaniladi. Sinovni mahsulotga nisbatan o‘zaro perpendikulyar bo‘lgan uch yo‘nalishning (agar MHda boshqasi ko‘rsatilmagan bo‘lsa) har birida vibratsion ta’sirlar sinovi o‘tkaziladi. Rezonans chastotalarini aniqlash bo‘yicha sinovlarni elektrodinamik stendlarda o‘tkazish tavsiya etiladi, chunki ular kichik nochiziq zararlarda mahsulotni keng chastotalar diapazonida tekshirish imkonini ta’minlab beradi.
Rezonans chastotalarini qidirishda va vibratsion chidamlilikka sinash doimiy amplituda va tezlanishda vibrostendning vibratsiya chastotalarini o‘zgartirish orqali amalga oshiriladi. Bunda chastotani o‘zgartirish tezligi shunday bo‘lishi kerakki, sinov ostidagi mahsulotning kerakli parametrlarini ro‘yhatga olish va tekshirish, shuningdek, rezonanslarni aniqlash va ro‘yhatga olish imkonini ta’minlab berishi kerak. Rezonanschastotalarni yoki parametrlar yomonlashgan chastotalarni aniqlashganda mahsulot qo‘shimcha ravishda shu chastotalarda vibratsiyada ushlab turishadi.
Vibratsiyaga chidamlilik sinovlari vibratsiya chastotasini butun diapazonda o‘zgartirish, ya’ni pastki belgidan tepagacha va teskari: tebranayotgan chastota metodi bilan; ro‘yhatga olingan chastotalar metodi yoki kombinatsiya qilingan metod orqali. Tebranayotgan chastota metodidan foydalanilayotgan sinovda vibratsiya chastotasini mahsulotning rezonans chastotalarini o‘z tarkibiga oluvchi ma’lum bir diapazonda o‘zgartirishadi. Ro‘yhatga olingan chastotalar metodida ma’lum bir vibrostend vibratsiya chastotasini o‘rnatishadi va shu chastotada MHda belgilangan barcha nazorat o‘lchov ishlarini olib borishadi. Sinovlarni bir yoki bir nechta chastotada, shuningdek, mahsulotning rezonans chastotalarida olib borishadi.
Zarbali nagruzkalar sinovlari. Ko‘pgina mahsulotlarni zarbali nagruzkalar sinovida sinashadi. Sinovlarning maqsadi bu vayron qiluvchi zarbalarga chidash va ularni tugaganidan so‘ng yana normal tarzda ishlashda davom etish, shuningdek, zarbali nagruzkalar ta’siri ostida mahsulotlarni o‘z vazifalarini bajarish qobiliyatini tekshirish. Zarbaga mahkamlik sinovlari elektrik nagruzka bilan yoki nagruzkasiz o‘tkazilishi mumkin, biroq zarbaga chidamlilik sinovlari faqat elektrik nagruzka ta’siri ostida o‘tkaziladi. Zarba vaqtida impuls davomiyligi va tezlanish kattaligi, shuningdek zarbalarning umumiy miqdorini MTHda belgilashadi. Sinovlar tugagach mahsulotlarni ko‘rib chiqishadi va ularning parametrlari o‘lchanadi. Zarbaga chidamlilik sinovlarini zarbaga mahkamlik sinovlaridan so‘ng o‘tkazishadi. Ba’zida bu sinovlarni birlashtirishadi.
Tezlanish ta’siriga chidamlilik sinovlari. Bu sinovlarning maqsadi bu radiodetallarning va radioelementlarning chiziqli tezlanishlarning vayron qiluvchi ta’siriga yon berish qobiliyatini saqlab qolishini va bunda o‘z vazifalarini davom ettira olish imkoniyatini tekshirishdan iborat. Mahsulotlarni stendning ish stoliga ishlatish chog‘ida turishi mumkin bo‘lgan gorizontal, vertikal yoki umuman boshqa holatda mahkam mustahkamlaydilar. Undan so‘ng mahsus balanslar yordamida stolning dinamik muvozanati o‘rnatiladi. Qo‘shishdan oldin stend stolini 360o ga aylantirishadi va uning yurish ravonligini tekshirishadi. Stendni qo‘shgach, stolni “haydashadi”. Stol aylanish tezligi 0.5 g dan 50 g gacha bo‘lishi kerak. Xuddi shu tezlikda o‘chirilayotganda stend tormozlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |