Mexanik sinovlarning maqsadi radiodetallarning va radiokomponentlarning o‘zlarini vazifalarini bajarish qobiliyatini tekshirish va mexanik omillar ta’siri vaqtida o‘zlarining elektrik parametrlarini saqlab qolishlarini va ularning vayron qiluvchi ta’siriga qarshi turishlarini tekshirishdir. Mexanik sinovlarning programmasi va metodikasi shunday ishlab chiqiladiki, sinov vaqtida mahsulot ishlatilishining eng og‘ir sharoitlari tanlanadi. Amaliyotda, bu sharoitlarni suniy tashkillashtirish murakkabligi hisobiga odatda alohida sinovlar o‘tkaziladi, ya’ni ma’lum bir mexanik omillarning ta’siri ketma ketlikda olib boriladi.
Odatiy mexanik sinovlar turiga vibro chidamlilik, vibratsiyaga mustahkamlik, chiziqli nagruzkalar va akustik shovqinlarning ta’siri, radiodetallarga va radiokomponentlarga cho‘zuvchi kuch, aylantirish vaqti, qayirish va burash ta’siri kabi sinovlar kiradi. Sinovlar turi ro‘yhatini o‘z tarkibiga 101-113 metodlarini oluvchi GOST 16962-71 belgilaydi. Har bir metod bir nechta turga ega bo‘lishi mumkin. Masalan, 103 metod (“Vibratsiyaga chidamlilik sinovi”) umumiy olganda o‘n xil turlanishga ega. Standartda har bir metodning maqsadi ham belgilangan. Sinov rejimlarining me’yorlarini MH aniqlaydi.
GOST 16962-71 bitta mexanik omil ta’sirining bir nechta qattiqlik darajasini belgilaydi.
Mexanik sinovlarni normal klimatik sharoitlarda o‘tkazishadi. Sinov ostidagi mahsulotlarning mustahkamlanishi ishonchli va qulay bo‘lishi kerak. Mahsulotni sinov stendi platformasiga mustahkamligini ta’minlovchi uskunalar (masalan, platalar, tirgaklar, xomutlar) qattiq bo‘lishlari kerak.
Mexanik sinovlar paytidagi rejimlar parametri MHda ko‘rsatilgan nazorat nuqtalarida aniqlanadi. Vibratsion va zarbali ta’sirlar sinovi vaqtida nazorat nuqtasini mahsulotni mustahkamlovchi nuqtalarni birining yonida stend platformasida (agar mahsulotni albatta platformada mustahkamlashgan bo‘lishsa), mustahkamlash uskunasida yoki amortizatorni mustahkamlash nuqtasi oldida (agar mahsulotni o‘zining amortizatorida mustahkamlashsa) tanlashadi. CHiziqli nagruzkalar sinovida nazorat nuqtasini mahsulot og‘irligi markazida tanlashadi.
Mazkur mahsulot turi uchun o‘ratilgan kompleks mexanik sinovlar o‘tkazishni tezlashtirish uchun ba’zi turdagi sinovlarni birga olib borish mumkin. Masalan, rezonans chastotalarni aniqlash sinovini vibratsiyaga chidamlilik va vibromustahkamlilik sinovlari bilan birga olib borish mumkin. SHuningdek, zarbaga chidamlilik va zarba mustahkamliligi sinovlarini ham birga olib borishadi.
Monolit konstruksiyaga ega va mexanik nagruzkalar ta’sirida o‘z parametrlarini o‘zgartirmaydigan mahsulotlarni (doimiy rezistorlar va kondensatorlar, transformatorlar, drossellar, modullar va mikromodullar, izolyasiya qilingan simlar va kabellar va boshqalar) vibratsion va zarbaga chidamlilikka, akustik shovqin ta’siriga sinashmaydi.
Har bir sinov oldidan va sinovdan keyin, kerakli holatlarda esa sinov jarayonida ham mahsulotlarni tashqi ko‘rinishini ko‘rikdan o‘tkazishadi va parametrlarini o‘lchashadi. Belgilangan rejimda vaqtni sanash agar MHda boshqa ko‘rsatmalar bo‘lmasa, sinov rejimidagi parametrlarga erishilgandan so‘ng boshlanadi.
Mexanik sinovlarni o‘tkazish uchun turli xil mexanik ta’sirlarni suniy amalga oshirish imkonini beruvchi, shuningdek, ularni parametrlarini o‘lchash imkonini beruvchi maxsus moslamalar ishlatiladi. Vibratsiya yaratish uchun vibratsion stendlar ishlatiladi (vibrostendlar), zarbalar yaratish uchun – zarba stendlari, tezlikni esa odatda sentrifuga yordamida yaratishadi.
Kalit so‘zlar. Zamburug‘ga chidamlilik, changga chidamlilik, changdan himoyalanganlik, mexanik sinovlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |