13.3. Atmosfera bosimi ta’siri sinovlari
Uchuvchi apparaturalarda va yuqori tog‘ hududlaridagi apparaturalarda mahsulotlarni ishlatish sharoitlari ularni balandlilikka sinashni talab etadi, ya’ni normal, yuqori va past haroratda past atmosfera bosimida.
Atmosfera bosimi ta’siri sinovlari normal haroratda KB (19.2. rasm) kabi barokameralarda olib borishadi. Bu barokameralardagi ish bo‘shlig‘idagi bosimni vakuum nasoslar yordamida kamaytirishadi. 1 kamera germetizatsiya qilingan shkafga o‘xshaydi. Uning shishadan qilingan eshiklari sinov ostidagi mahsulotlarni kuzatish imkonini beradi. Kameraning oldingi devorida quyidagilar urnatilgan: kameraga havo qo‘yuvchi jo‘mrak 5, elektrodvigatel nasosi 2 va kamerani yoritish tizimini boshqaruvchi tugmachalar. Ventil 4 ni chapga burib kamera – manometr – nasos tizimini birlashtiradi, ventilni o‘nga burib esa shu tizimni yopishadi. Kameraga atmosfera havosini ventil 5ni chapga burib amalga oshirishadi. Bosimni o‘zgartirish tezligini ventillar yordamida boshqarishadi. Kamerani ichidagi bosim o‘lchovini, tashqaridagi va kamera ichkarisidagi bosimlarning har xilligi o‘lchovini manometr 3 bajaradi. KB kameralari foydali sig‘im bilan farqlanuvchi bir nechta turlanishga ega. Masalan, KB-0.07 kamerasi 0.07 m3 foydali sig‘imga ega.
Mahsulotlarni ish holatida balandlikka atrofdagi havoning yuqori haroratida sinash uchun kamerada kerakli havo bosimini mahsulotning ish haroratini hisobga olgan holda o‘rnatishadi (19.3. jadval). Kameraga mahsulotni joylashtirishdan oldin uning normal sharoitdagi asosiy parametrlarini ko‘rib chiqishadi. Havoning 3*105 Pa bosimi barokamerada doimiy bo‘lishi kerak. Kameradagi toblash tugagach sinovlar dasturida (SD) kelishilgan mahsulotlar parametrlari o‘lchanadi. So‘ngra kameraning ichidagi bosim bilan tashqaridagi bosimni tenglashtirishadi va eshikni ochishadi. Mahsulotni ko‘zdan kechirayotganda himoya qatlamlaridagi va izolyasion materiallaridagi yoriqlarga, germetikliklarni saqlanishiga, shuningdek, elementlarni o‘zgartiruvchi kontaktlar holatiga ham e’tibor berishadi.
13.3. jadval
Past haroratdagi sinovlarni MHni hisobga olgan holda o‘tkazishadi.
Balandlilikka bir vaqtning o‘zida past yoki yuqori haroratning ta’siri bilan sinovlar o‘tkazish uchun kombinatsiya qilingan KTXB va KTXVB termobarakameralar va termonamkameralardan foydalanishadi. Sovuq sharoitda va past atmosfera bosimida mahsulotlarni sinash uchun KNT-2M kabi past bosimli va past haroratli kameralardan foydalanishadi. Uning tavsiflari: harorat +25+-10 OS dan -60 OS gacha bo‘ladi, bu chegaralardagi haroratni o‘zgartirish uchun ketadigan vaqt 2.5 soatga teng bo‘ladi, qoldiq bosim – 665 Pa gacha bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |