11-Mavzu. MAHSULOTNI SINASHNI TASHKILLASHTIRISH VA O‘TKAZISH
Reja:
11.1. Sinov jarayoni. Asosiy xarakteristikalar.
Sinovlar birlikligini taminlash.
11.1 Sinov jarayoni. Asosiy xarakteristikalar
Sinov – ob’ektning xususiy xarakteristikalari to‘g‘risida ma’lumot olishning murakkab o‘rganish jarayoni hisoblanadi. Sinov jarayonining asosiy tashkil etuvchilari 11.1 – rasmda ko‘rsatilgan.
Mahsulot turiga va sinov hajmi to‘g‘risidagi dasturga bog‘liq ravishda bir dona mahsulot sinalishi mumkin yoki mahsulot partiyasi to‘liqligicha yoki tanlanma asosida sinalishi mumkin. Agar mahsulot partiyasi sinalayotgan bo‘lsa, unda partiya to‘liqligicha sinov ob’ekti hisoblanadi, shu bilan birga sinov jarayonida mahsulot partiyasidan tanlangan sinov uchun namunaningni xarakteristikalari baholanadi yoki nazorat qilinadi. Bunda namunaning aniqlangan xarakteristikalari sinov ob’ektining to‘liqligicha xarakteristikalari olish uchun ishlatiladi. Mahsulotning maketi yoki modeli ham sinov ob’ekti hisoblanishi mumkin va sinov natijasi bo‘yicha xulosa bevosita maketga yoki modelga taalluqli bo‘lishi mumkin. Agar sinash jarayonida mahsulotining ba’zi elementlarini modellari bilan almashtirishga to‘g‘ri kelsa, yoki ba’zi xarakteristikalarni modelda aniqlashga kelsa, natijani haqiqiy mahsulotga qayta hisoblanganda, xarakteristika modelni sinash bilan olingan bo‘lsa ham sinov ob’ekti bo‘lib haqiqiy mahsulot hisoblanadi. Model bu holda namuna vasifasini bajaradi.
Sinovning muhim jixati ma’lum sinov sharoiti - haqiqiy yoki haqiqiyning modelini belgilash hisoblanadi. Sinov sharoiti deganda ob’ektga ta’sir etishlar majmuasi va uni ishlash rejimlari tushuniladi. Ob’ektga ta’sir etishlar – tabiiy yoki sun’iy hosil qilinuvchi (iqlimiy, mexanik , elektr va hakozo) tashqi ta’sir omillari bilan aniqlanish mumkin.
Ob’ektni ishlashi sababi ichki omillar (ishqalanish sababli, tok o‘tishi sababli qizishlar) ham ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Ob’ektni ishlash rejimni uni o‘rnatilish usuli va joyi, montaj qilish, qotirish, harakterlantirish tezligi, yuklash qoidalari va hakozolarni hisobga olish kerak .
Qaror qabul qilish
O`lchash
Ma`lumotlarni qayta ishlash
Organaleptik
usullar
O`lchash
Talablarga muvofiqligi
требованиям НД
Vneshnie voz-
Ekspert
usullar
deystvuyuщie
Sinov natijasi
Sinov malumotlari
Sinov obyekti
nazorat
faktorы
O`lchov bilan
solishtirish
T
baholash
t
P
Obyekt hususiyatlari harakteristikasini baholash aniqlash, obyektni belgilangan talablarga muvofiqligi ishonchlilik, ishlash sifati tahlilining natijasi
Nazorat (qiymat) bilan solishtirish
Sinovning
vazifasi
Obyekt hususiyatlari harakteristikalarining, sinov sharoitining qayd etilgan qiymatlari
Vnutrennie voz-
deystvuyuщie fak-
torы, rejimы
funksioniro-
vaniya
Obyekt harakteristikalarini aniqlash usuli
Tasirlar majmuasi, ishlash rejimlari sinov sharoiti
Ris. 11.1- rasim. Mahsulotning sinash jarayonining asosiy elementlari.
Obyekt harakteristikalari o`lchash
Sinov sharoitini hosil qilish
O`lchash vositalari
Sinov vositalari
Sinov qurilmasi
Yordamchi tehnik qurilmalar
Hodimni va atrof muhitni himoyalash vositalari
Harakatlantirish tezligi, o`rnatish usuli va joyi
Obyektni ishlash rejimi
Sinovni o`tkazish uchun tehnik vositalar
Tashqi tasir etuvchi omillar
Ichki tasir etuvchi omillar
Biriktirilgan o`lchash vositalari
Ko`chma o`lchash vositalari
Sinov sharoitini nazorat qilish va sinov qurilmasining ishlash rejimlari
Mahsus standartlar, sinash mashinalari, qurilmalar, kameralar, sentrafuga (markazdan qochma), va hokozo
Sinalayotgan obyekt ishlashini boshqarish qurilmasi
Sinov natijalarini qayta ishlash va qayd etish qurilmalari
sinov obyektini qotirish qurilmasi
Ris.11.2. sostavlyayuщie termina«sredstva ispыtaniy»
Sinov shartlari u ishchi holatda bo‘lganda yoki ishchi holatda bo‘lmaganda, ta’sir etib turganida yoki ta’sir etib bo‘lgandan keyin. Ob’ektning xarakteristikasi aniqlanishi kerakligini nazarda tutish mumkin.
Sinov sharoiti belgilanadi. Bu sharoitni hosil qilinish va saqlab turilishi aniqligi esa me’yorlanadi, hamda nazorat qilinadi, bu qiymatlar sinov natijasi aniqligining muhim tashkil etuvchisi xisoblanadi. Sinov sharoitini va uni hosil qilinish aniqligini belgilovchi asosiy hujjat – sinov usulini «metodikasi» hisoblanadi.
Sinovning vazifasiga bog‘liq ravishda ob’ekt xususiyatlari yoki baholanadi yoki nazorat qilinadi. Agar sinovning vazifasi ob’ekt xususiyatlari va xarakteristikalarining miqdori yoki sifat bo‘yicha baholash bo‘lsa, unda xarakteristikalar baholanadi. Ara sinovning vazifasi ob’ekt xarakteristikalarining belgilangan talablarga mosligini belgilash bo‘lsa, unda bu xarakteristikalar nazorat qilinadi.
Ob’ekt xususiyatlarining xarakteristikalari haqidagi ma’lumotni turli usullar:
- o‘lchash yo‘li bilan
- tahlil qilish bilan
- organoleptik yo‘li bilan
- ekpert yo‘li bilan va boshqa usullar bilan amalga oshirilishi mumkin.
Eng keng tarqalgan usul – o‘lchash bo‘lib, mahsulot xarakteristikasi haqidagi ma’lumot kafolatlangan aniqlik bahosi – natijani haqiqiy qiymatga yaqinlik darajasi bilan olish imkonini beradi.
Sinov vaqtida qayt etiladigan ob’ekt xususiyatlari xarakteristikalari qiymatlari va (yoki) sinov sharoitlari qiymatlari, ishlagan vaqtda, hamda qayta ishlash uchun boshlang‘ich ma’lumot hisoblanuvchi boshqa ma’lumotlar sinov ma’lumotlari deyiladi.
Sinov natijasi:
- ob’ekt xususiyatlari xarakteristikalarining bahosi sifatida;
- ob’ektni belgilangan, talablarga muvofiqligini belgilash sifatida;
- sinov jarayonida ob’ektni ishlash sifati tahlili natijasi sifatida aniqlanadi.
Sinov ob’ektining asosiy belgisi shuki, sinov natijalari bo‘yicha shu ob’ektning yaroqliligi yoki yaroqsizligi, navbatdagi sinovga taqdim etish mumkinligi seriyali ishlab chiqarishga qo‘yish imkoniyati haqida qaror qabul qilinishidir.
Natijani ishonchliligi va natijani sinovlarda qayta hosil bo‘lishi kabi natijaga ishonchni bildiruvchi xarakteristikalar sinov natijasinig muhim xarakteristikalari hisoblanadi.
Natijaning aniqligi – aniqlanayotgan parametrning sinov vaqtida olingan qiymatni ularning haqiqiy qiymatiga yaqinligini belgilovchi kattalik.
Natijaning ishonchliligi – parametrlarning me’yoriy hujjat talablariga mosligini aniqlashdagi xatolik ehtimolligi.
Natijani qayta hosil bo‘luvchanligi – ob’ektni qayta sinash natijalarni bir – biriga yaqinligi.
Do'stlaringiz bilan baham: |