Ultrafonoforez - ultratovush tarqalib ketmasligi uchun muolajani har doim yog‘li muhitda o‘tkazilishi shart. Bu usul yordamida organizmga dori moddalari ( maz, gel) kirgiziladi.
Yorug‘lik bilan davolash − tibbiyot amaliyotida kasalliklarni davolash va oldini olish maqsadida infraqizil, qizil (ko‘rinuvchi) va ultrabinafsha nurlari keng qo‘llaniladi. Yorug‘lik oqimida ularning to‘lqin uzunligi har xildir, ya'ni infraqizil nurlarniki 400 mkm – 760 nm, ko‘rinuvchi nurlarniki 760 nm – 400 nmgacha, ultrabinafsha nurlarniki 400 nm – 180 nmgacha.
Lazeroterapiya – bu monoxromatik (optik spektrda bir to‘lqin uzunligi bo‘lgan diapazon bo‘ladi), kogerent (nurlanish elektromagnit tembranish chastotali bilan mos tushadi) infra qizil nurlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |