Tibbiy reabilitatsiya - tibbiy reabilitatsiyaning asosiy vazifasi organizm turli sistemalarining va tayanch-harakat apparatining funksional imkoniyatlarini mukammal tiklash, hamda kundalik hayot va mehnat sharoitlariga kompensator moslashishni rivojlantirish bo‘lib hisoblanadi.
Jismoniy reabilitatsiya – jismoniy imkoniyat va aqliy qobiliyatini tiklash yoki kompensatsiyalash, organizmning funksional holatini oshirish va yaxshilash, jismoniy tarbiya vositalari va usullari, sport elementlari, sport bo‘yicha tayyorgarligi, massaj, fizioterapiya va tabiat omillari yordamida odam organizmining jismoniy qobiliyatini, ruhiy emotsional mustaxkamligini va moslashuvchi zahiralariniyaxshilash bo‘yicha tadbirlar tizimidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |