Tasdiqlayman” O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor, professor Teshaev O. R


Tashqi va ichki fanlararo bog‘liqlik



Download 1,29 Mb.
bet153/275
Sana31.12.2021
Hajmi1,29 Mb.
#207558
1   ...   149   150   151   152   153   154   155   156   ...   275
Bog'liq
Reabilitologiya

2. Tashqi va ichki fanlararo bog‘liqlik

An'anaviy va noan'anaviy usullar bo‘yicha talabalar bilimini kengaytirish maksadida UASh ichki kasalliklar, UASh –xirurgiya, UASh-ginekologiya, travmatologiya, nevrologiya, pediatriya, klinik farmakologiya va boshka bilimlariga asoslangan. .




3. Mashg‘ulotning tarkibiy qismi


3. 1.Nazariy qism

Travmatologiyada DJTkeng qo‘llaniladi. Travmadan shikastlangan bemor uzoq vaqtgacha chalqancha, qornida, qiya o‘rinda, gamakda va hokazoda qimirlamas-dan yotishga majbur bo‘-ladi. Bu esa qon dimlanishi, yotoq yara, ich qotishiga sabab bo‘lishi mumkin. DJTi maqsadi: bemorning umumiy ahvolini hamda qon va limfa aylanishini yaxshilash, shish va gema-tomalarning tezroq shimilishiga yordam qilish, zararlangan organ funksiyasini qayta tiklash, asosiy harakat yo‘qolganda uning o‘rniga boshqa harakatlarni shakllantirish, kontrakturalar hosil bo‘lishining oldini olishdir. DJTi kompleksini bajarishni immobilizatsiya qilinmagan bo‘g‘imlardan boshlanadi, borgan sari shikastlangan joyga yaqin bo‘g‘imlar uchun mo‘ljallangan mashqlar qo‘shiladi. Ko‘pincha sog‘ qo‘l-oyoqning simmetrik bo‘g‘imlari mashq qilinadi. Bu reflektor yo‘l bilan shikastlangan bo‘g‘imga ta'sir etadi. Davo kompleksiga umummustahkamlovchi va maxsus mashqlar qo‘shiladi. DJTfizioterapevtik muolajalar, massaj bilan (ular odatda davo fizkulturasi mashg‘ulotlaridan avval qilinadi) kompleks ravishda qo‘llaniladi. Maxsus mashqlar qo‘llanganda instruktor dastlab passiv harakatlarni bajaradi, keyin qo‘l-oyoqning o‘z og‘irligidan foydalanadi (bo‘shashtirishga mo‘ljallangan mashq); shunday qilgandan so‘nggina bemor aktiv harakatlar qilishga o‘tadi. Ular snaryadlar bilan bajariladigan mashqlar bilan murakkablashtiriladi. Butun davo kursini shartli ravishda uch davrga bo‘linadi. Birinchi davr—shikastlanish paytidan boshlab immobilizatsiya etilgan davrning oxirigacha (skelet cho‘-zibtortilgan, operatsiyadan keyingi holat) bo‘lgan davr. Bu davrda davo fizkulturasining maqsadi—bemorning umumiy ahvolini yaxshilash, dimlanish hodisalariga qarshi kurashish, bo‘g‘imlarning immobilizatsiyadan holi, kam harakatchan bo‘lib qolishining oldini olish, bitish jarayonlariga yordam berish, qon va limfa aylanishini kuchaytirishdan iborat. Ikkinchi davr shikastlangan organning deyarli to‘liq bitishi, aylanma gips immobilizatsiyasini olinadigan longeta bilan almashtirish. Bu davrda davo fizkulturasining maqsadi hamma bo‘g‘imlarda harakatning normal hajmini tiklash, zararlangan organning funksiyasini yaxshilash (oddiy mashqlardan boshlab borgan sari harakat amplitudasini kengaytirib va umumiy nagruzkani oshirib boriladi), lozim bo‘lgan hollarda yo‘qotilgan malakalarning o‘rnini bosuvchi yangi malakalar hosil qilishdan iborat. Uchinchi davr-shikastlanishning qoldiq nuqsonlari (muskullarning zaifligi, funksiyalarining bir oz buzilishi) dan iborat. Bu davrda davo fizkulturasining asosiy maqsadi—qoldiq nuqsonlarning barchasini yo‘qotish, turmushda va ishda zarur malakalarni qayta tiklash, chidamlilik, chaqqonlik, kuch-quvvat, harakatlarning aniq bo‘lishini takomillashtirish va hoka-zo. Mashqlar kompleksiga bir oz murakkabroq gimnas-tik mashqlar va amaliy ahamiyatga ega mashqlar qo‘shilib, mehnat faoliyatiga tayyorgarlik ko‘riladi. Panja va barmoq suyaklari sinig‘ini davolashda davo fizkulturasini shikastlanishning 2—3 kuni boshlanadi. Shikastlangan qo‘l-oyoqning immobilizatsiya qilinmagan bo‘g‘imlari harakatlantiriladi. Qo‘l kafti suyaklari singanda barmoqlarni kerish va birlashtirishga ko‘p ahamiyat beriladi. Barmoq suyaklari singanda longetni yechgandan so‘ng barmoqlar turlicha harakatlantiriladi (xususan singan barmoqlar bilan). Kaft usti suyaklari singayada gips boylami olingandan so‘ng kaft ustibilak bo‘g‘imiga mo‘ljallangan mashqlar qo‘shiladi va har tarafga aktiv harakatlantiriladi; bunda kaftga bir oz tayaniladi, barmoqlarni keriladi va yig‘iladi, ularni yumiladi, yoziladi va hokazo, lekin og‘ritmaslik lozim. Qyeyinchalik tayoq, meditsinbol, bula-va bilan bajariladigan mashqlar qo‘shiladi. Bilak suyaklari shikastlanganda barmoqlarni aktiv harakatlantirish, shikastlangan qo‘lning yelka bo‘g‘imi-ni sog‘ qo‘l yordamida mashq qildirish qo‘lni yuqoriga. ko‘tarish, aylanma harakatlar) ruxsat etiladi. Bilak suyaklari travmasi. Shikastlangan sohaga mo‘ljallab boylam tagidagi muskullarni kuniga bir necha marta ritmik ravishda qisqartiriladi. Suyak qa-dog‘i mustahkamlangandan keyin gips boylamini olina-digan longet bilan almashtiriladi va mashq kompleksiga sekin sur'atda bajariladigan aktiv mashqlar kiritiladi, passiv mashqlar va zarur bo‘lganda apparatlarda bajariladigan mashqlar qo‘shiladi. Butun organizmda beriladigan umumiy nagruzkani ham jumladan tezroq bajariladigan umummustahkamlovchi mashqlar qo‘shib ko‘paytiriladi.


Download 1,29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   149   150   151   152   153   154   155   156   ...   275




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish