Tasdiqlayman” O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor, professor Teshaev O. R


Tashqi va ichki fanlararo bog‘liqlik



Download 1,27 Mb.
bet149/290
Sana30.12.2021
Hajmi1,27 Mb.
#196864
1   ...   145   146   147   148   149   150   151   152   ...   290
Bog'liq
Reabilitologiya (Восстановлен)

2. Tashqi va ichki fanlararo bog‘liqlik

An'anaviy va noan'anaviy usullar bo‘yicha talabalar bilimini kengaytirish maqsadida UASh ichki kasalliklar, UASh –xirurgiya, UASh-ginekologiya, travmatologiya, nevrologiya, pediatriya, klinik farmakologiya va boshqa bilimlariga asoslangan. .




3. Mashg‘ulotning tarkibiy qismi

3.1.Nazariy qism

Endokrin tizimi kasalliklari bilan og‘rigan bemorlar reabilitatsiyasi.

Qandli diabet.Tibbiyotning yetakchi muammolaridan biri. Hozirgi kunda tibbiy-ijtimoiy ahamiyati jihatidan bevosita qon-tomir va onkologik kasalliklardan keyin turadi. JSST bo‘yicha butun dunyoda 50 mln. aholi qandli diabet bilan kasallangan. QDning tibbiy-ijtimoiy ahamiyati uning faqat keng tarqalganligi bilan emas, balki surunkali kasallik sifatida jamiyatga yetkazayotgan zarari bilan ham belgilanadi (ulim darajasini 2-3 marta, yurak ishemik kasalligi va insultlar sonini 2-3 marta oshiradi, QD bilan og‘rigan bemorlar orasida ko‘rlik umumiy aholiga nisbatan 10 marta, gangrena va oyoq qo‘l amputatsiyasi 20 marta ko‘p, QD buyraklarning o‘limga olib keladigan darajada shikastlanishi sababi bo‘yicha 2 o‘ringa va h.k., va nihoyat QD kutilayotgan hayot davomiyligini 2-12%ga oshiradi (turli mamlakatlarda turlicha).QD – organizmda insulinning mutloq yoki nisbiy yetishmovchiligi bilan kelib chiqadigan kasallik bo‘lib, uglevodlar almashinuvi chuqur buzilishi giperglikemiya va glyukozuriya bilan xarakterilanadi. To‘qimalar tomonidan glyukoz o‘zlashtirilishi qiyinlashishi MNS, yurak qon-tomir tizimi, jigar, mushak to‘qimalari funksiyasi buzilishiga, natijada ish qobiliyati kamayishiga olib keladi. Yog‘ almashinuvi buzilishi yog‘larning oksidlanishi tezlashishi va keton tanachalar hosil bo‘lishi, qonda qonda ko‘payishi natijasida MNSga toksik ta'sir etadi. Diabetda oqsil sintezi ham buzilib energetik almashinuvdarajasi kamayadi. QD bilan og‘rigan bemorlarda energetik almashinuv buzilishi mushak faoliyati kamayishi bilan bevosita bog‘liq. Shunday qilib QD faqat uglevod almashinuvi buzilishi bilan emas, balki oqsil, yog‘, mineral va modda almashinuvi boshqa turlari buzilishi bilan xarakterlanadi. Insulin yetishmovchiligi fonida bemorlarda turli asoratlar va yondosh kasalliklar rivojlanadi. Tahminan 70% bemorlarda yurak qon-tomir tizimi shikastlanib, diabetik mikroangiopatiya hamda yurak, bosh miya, oyoq tomirlarida ateroskleroz rivojlanishi bilan makroangiopatiya sifatida namoyon bo‘ladi. QDda tishlarning paradontoz, karies, gingivit, stomatit sifatida erta shikastlanishi kuzatiladi. Bular bilan bir qatorda gastrit, enterokolit, diabetik gepatodistrofiya, xoletsistit paydo bo‘ladi.QD uchun teri qoplami shikastlanishi harakterli: qurishi, qichishish, dermatitga moyillik, furunkulyoz, ekzema. Nerv sistemasi patologiyasi nevrasteniya, nevralgiya, nevrit, polinevrit sifatida namoyon bo‘ladi. Shunday qilib QD turli patologik ko‘rinishda namoyon bo‘ladi.QDni davolash ko‘p qirrali bo‘lib asosiy kasallikni, hamda uning kechishini og‘irlashtiruvchi asoratlarni yoqotishga qaratish kerak. Bunda kompleks terapiya va DJT qo‘llash muhim ahamiyatga ega. Fizioterapevtik muolajalar gipoglikemik effekt bermaganligi uchun ular asosan QD asoratlarini hamda yondosh kasalliklarni davolashda qo‘llaniladi. Fiziodavolashni buyurishning asosiy sharti metabolik o‘zgarishlar turg‘un kompensatsiyasi, ketoatsidoz va gipoglikemik holatlar yo‘qligi. Bunda fizioterapiyaga umumiy qarshi qo‘rsatmalar, hamda QD bilan og‘rigan bemorlar ayrim fizik ta'sirlarga yuqori sezuvchinligi e'tiborga olinadi. Proliferativ retinopatiya fizioterapiyaga mutloq qarshi qo‘rsatma hisoblanadi.Fizioterapevtik davolash usullari to‘qimalar oziqlanishini, ularning qon va kislorod bilan ta'minlanishini oshiradi, oksidlanish-qaytarilish reaksiyalarini stimullaydi, hamda oqsil, yog‘ va uglevod metabolizmida ishitrok etuvchi fermentlar aktivligini oshiradi. Fizioterapiyani statsionar, poliklinika, sanator-kurort sharoitida odatda yiliga 2 marta tayinlash mumkin. Zarur hollarda davolash kurslari har 3-4 oyda tayinlanishi mumkin. QDni davolash kompleksiga turli fizik faktorlar hamda tabiiy faktorlar (iqlim, balnioterapiya va h.k.) bilan davolash kiradi.QD bilan og‘rigan bemorlarni MOB proyeksiyasi sohasida SMT sezilarli davolovchi ta'sir etadi. U ta'sir etish joyida va u bilan bog‘liq innervatsion maydonda periferik qon aylanishini va to‘qimalar trofikasini yaxshilaydi. Aniqlanganki, SMTning bir martalik va kurslik qabuli gipoglikemik ta'sir etib lipid almashinuvi ko‘rsatkichlarini yaxshilaydi, buyrak usti bezi po‘stloq va mag‘iz qavatlarini aktivligini kamaytiradi. SMTning MOB sohasiga ta'sir ettirish o’zgaruvchan rejim III va IV rejimlarni har biri 5 minutdan qo‘llash orqali o‘tkaziladi, modulyasiya chastotasi 70 Gs, chuqurligi 75-100%, yo‘naltirish davomiyligi 2-3 soat, muolaja davomiyligi 16-20 minut.Rux bilan elektroforez QDli bemorlarga ijobiy ta'sir etadi. Uning β-hujayralar insulin sekretsiyasidagi ishtiroki ma'lum. 10-20 smli taglikni chap qovurg‘a osti sohasi chap epigastriy sohasiga, katod chap kurak sohasiga qo‘yiladi, davomiyligi 15 minut, davolash kursi 15 muolaja.

UBN bemorlarga me'yoriy gipoglikemik ta'sir etadi, bu ta'sir MOBning β-hujayralari stimulyasiyasini va insulin sekretsiyasini ko‘paytiradi. UBN terining baryer funksiyasini oshirib yiringli infeksiya kirishini oldini oladi. QDda umumiy UBN (1/3-1/4 biodozadan boshlab 2 biodozagacha oshirib boriladi) kursda 18-20 muolaja. UBN dozasi oshirib yuborilishi uglevod almashinuvi buzilishiga olib keladi.

Oyoq diabetik angiopatiyasida ayniqsa faol bosqichda fizioterapiya yaxshi natija beradi. oyoqlarga novokain-yod elektroforezi;


  • past issiqlik dozasida bel gangliylariga UYuCh terapiya;

  • bel simpatik tugunlariga induktotermiya;

Fizioterapiyani balnioterapiya bilan almashtirib qo‘llash mumkin:

  • 33-350S haroratli karbonat angidridli vanna;

  • 35-360S haroratli kislorod vannalari;

  • Quruq havoli banya (sauna) ma'lum harorat va namlikda, keyinchalik basseynda yoki dushda yuvinish;

Tomirlar gipotoniyasida quyidagi fizioterapiya tavsiya etiladi:

  • oyoqlarga novokain-yod elektroforez;

  • orqa miyaning tegishli qismlariga DDT;

  • oyoq qo‘l massaji;

  • vannalar: kislorodli, yod-bromli, xvoy -tuzli, karbonat angidridli;

  • 4-kamerali galvanik vanna;

  • Qishki paytda boldir sohasiga UBN;

Diabetik neyropatiyada tayinlanadi:

  • Oyoq-qo‘lga novokain-yod induktoelektroforezi;

  • Oyoq-qo‘lga DDT

  • Oyoq-qo‘lga katta bo‘lmagan balchiqli applikatsiyalar;

  • Parafin va ozokerit applikatsiyalari;

  • Oyoq-qo‘l massaji;

Erkaklarda jinsiy buzilishlarda ijobiy natija olish mumkin:

  • dumg‘aza bel sohasiga induktotermiya;

  • oraliq va son ichki yuzasi darsonvalizatsiyasi;

  • xvoyli va karbonat angidridli vannalar;

  • 35-370S haroratli ko‘tariluvchi vannalar;

Diabetik vulvit bilan kasallangan ayollarga:

  • oraliq sohasiga bo‘lsa havoli vannalar bilan kuchsiz eritemali dozada UBNni qo‘llash;

  • oraliqqa UVCh;

  • oraliqqa sollyuks;

azoblovchi qichishish, yallig‘lanish 3-4 muolajadan so‘ng kamayadi.Diabetik gepatopatiyada jigar sohasiga induktotermiya qo‘llaniladi.Sanator-kurort davolash o‘z-o‘zidan qand tushiruvchi ta'sir qo‘rsatmaydi, lekin bemorga ta'sir etuvchi sog‘lomlashtiruvchi faktorlar kompleksi QDda samarali vosita hisoblanadi. Bu kompleks parhez, qand tushiruvchi preparatlar, iqlim bilan davolash, DJT, dori vositalari, balneologik va fizioterapevtik usullarni qo‘llash orqali diabet asoratlarini olishni o‘z ichiga oladi.Sanator-kurort davolashga ko‘rsatma bo‘lib kompensatsiyalangan QD yengil va o‘rta og‘ir darajasi, hamda glyukozaga tolerantlik buzilganda hisoblanadi.


Download 1,27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   145   146   147   148   149   150   151   152   ...   290




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish