Ich qotish (qabziyat). Odatdagi ich qotish ko‘proq or-ganizmning umumiy tonusi susayganda va ko‘p o‘tirish natijasida paydo bo‘ladi. Davolashda umumiy va ovqat-lanish rejimi hamda davo fizkulturasidan foydala-niladi va xususan davo fizkulturasi davolashda katta rol o‘ynaydi. Mashqlar kompleksiga umumiy chiniqtiruvchi mashq-dar va qorin muskullariga mo‘ljallangan mashqlar ki-radi. Qorin pressini kuchaytirish uchun oyoqlar va tana bilan mashqlar bajariladi; ularni chalqancha yotish, qo-rinda yotish, yonboshda yotish, o‘tirish, tik turish va boshqa dastlabki holatlarda qilinadi. Ichki peristaltikasi-ni yaxshilash uchun sakrash, chang‘ida yurish, ya'ni ichakni silkitadigan mashqlar foyda qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |