Jismoniy mashqlar quyidagilarga bo‘linadi:
1.Gimnastik mashqlar
2.Amaliy sport mashqlari
3.O‘yinlar
Gimnastik mashqlar jismoniy mashqlarning asosini tashkil etadi. Gimnastik mashqlar o‘z navbatida bo‘linadi :
A.Nafas mashqlariga :
a)statik yoki turg‘un nafas mashqlari
-ko‘krak nafas mashqlari
-diafragmal yoki qorin orqali nafas mashqlari
-to‘liq yoki aralash nafas mashqlari
-lokal yoki mahalliy nafas mashqlari
b)dinamik nafas mashqlari
-fiziologik nafas mashqlari
-Strelnikova bo‘yicha paradoksal nafas mashqlari – o‘pkaning venti-lyasiyasini oshirish va drenajini yaxshilash uchun beriladi, qo‘l va oyoqlar bilan birgalikda harakat qilinib, asosiy e'tibor nafas olishga qaratiladi.
v)maxsus nafas mashqlari
-ritmik yurish – bunda nafas olish yurishga moslashtiriladi, ya'ni 1-nafas olinadi, 2-nafas chiqariladi.
-tovushli nafas mashqlari – tovushli nafas mashqlarini bajarish maqsadida unli va undosh harflardan foydalaniladi. Bu mashqlar o‘pka ventilyasiyasini oshirish maqsadida qo‘llaniladi, masalan : nafas olib, nafas chiqarishda unli harflardan foydalaniladi. Shuningdek nafas yo‘lla-ridan balg‘amni haydash maqsadida nafas chiqarishda undosh harflarni aytish bilan amalga oshiriladi.
-drenajlovchi nafas mashqlari – asosiy e'tibor drenajlovchi dastlab-ki holatlarga qaratiladi, ya'ni unga talab shuki, patologik o‘chog‘ bronxlar bifurkatsiyasidan, tananing bosh qismidan yuqori turishi kerak. Quyidagi dastlabki holatlar qo‘llaniladi :
a) sog‘ yon boshda yotgan;
b) tizza-tirsak;
v) qorinda yotib, boshi pastga tushurilgan;
g) qorinda yotib, oyoq qismi 15, 30, 45 graduslarga ko‘tarilgan;
d) o‘tirgan, bosh qismi pastga engashtirilgan.
B.Umumiy rivojlantiruvchi mashqlarga :
Umumiy rivojlantiruvchi mashqlar belgilari bo‘yicha quyidagilarga bo‘linadi :
a) anatomik belgisi bo‘yicha
-yuz, ensa mushaklari uchun mashq
-bo‘yin, yelka va orqa mushaklari uchun mashq
-qo‘l mushaklari uchun mashq
-qorin oldi mushaklar pressi va tos tubi mushaklari uchun mashq
-oyoq mushaklari uchun mashq
-butun tana mushaklari uchun mashq
b) faollik belgisi bo‘yicha mashqlar
-passiv mashqlar – tushak tartibotidagi bemorlar uchun tavsiya etiladi, metodist, shifokor, hamshira yoki boshqalar yordamida mashqlar bajariladi
-faol mashqlar – bemorlar o‘zi mustaqil mashqlarni bajaradi
-ideomotor mashqlar – hayolan bajariladigan mashq, organizmga neyroreflektor ta'sir ko‘rsatadi
v) snaryadlarni qo‘llash belgisi bo‘yicha mashqlar
-snaryadsiz bajariladigan mashqlar
-snaryadlar bilan bajariladigan mashqlar (gimnastik tayoqcha, meditsin-bol, koptok, sakratgich, halqa, espander, gantella va h.z)
-snaryadlarda bajariladigan mashqlar (gimnastik skameykalar, sog‘lomlashtiruvchi narvon, sog‘lomlashtiruvchi disk va h.z)
-mexanoterapiya – bunda tibbiy asboblar, apparatlar va trenajerlardan foydalaniladi. Tibbiy asboblar – og‘izni va lablarni kengaytiruvchi, apparatlar – ortopedik moslamalar, yordamchi moslamalar va Jom apparati, trenajerlar – veloergometr, velotrenajer, yuguruvchi yo‘lka, “eshkak eshish”, kuch talab qiluvchi trenajerlar, “chigiritka” trenajeri va h.z.
g) o‘quv-tarbiyaviy belgisi bo‘yicha mashqlar
-intizomlashtiruvchi mashqlar
-tayyorlovchi mashqlar
-tuzatuvchi (korreksiyalovchi) mashqlar
-mos harakatli (koordinatsiyaga) mashqlar
-ritmoplastik mashqlar
-muvozanat uchun mashqlar
-tirmashish mashqlari
-o‘rmalash mashqlari
-osilib turish mashqlari
-irg‘itish mashqlari
-sakrash mashqlari
-qarshilikda bajariladigan mashqlar
Amaliy sport mashqlari – bu mashqlar yordamida yuklamalarga mos-lashtirish, oshirib borish, qon va limfa aylanishlari, modda almashinuvi-ning yaxshilanishi amalga oshiriladi. Ularga quyidagilar kiradi : yurish, yugurish, o‘tirgan va turgan holatlarda eshkak eshish, suzish, chang‘i va konki uchish, velosiped haydash.
O‘yinlar – ular quyidagilarga bo‘linadi :
-kam harakatli o‘yinlar – shaxmat, shashka va h.z. Bunda bemorlarni kasallikdan chalg‘itish, emotsional-ruhiy holatiga ta'sir etish, e'tiborini kuchaytirish amalga oshiriladi;
-harakatli o‘yinlar – stol tennisi, badminton, kegelban, kreket va h.z. Ular yordamida bemorlarning emotsional holati yaxshilanadi, harakat kengligi oshiriladi, o‘sib boruvchi yuklamalarga organizm moslashtiriladi;
-sportga oid o‘yinlar – voleybol, basketbol, futbol va h.z. Ular ham bemorlarning emotsional holatini yaxshilaydi, o‘sib boruvchi yuklamalarga organizmni moslashtiradi.
Tabiatning tabiiy omillari
Tabiatning quyidagi tabiiy omillaridan foydalaniladi :
-aeroterapiya – havo bilan davolash;
-gidroterapiya – suv bilan davolash;
-tallasoterapiya – dengiz suvlari bilan davolash;
-gelioterapiya – quyosh nurlari bilan davolash.
Bu omillardan organizmni chiniqtirish, kasallikning oldini olish va davolash maqsadida qo‘llaniladi.
Davolovchi massaj
Massaj qo‘l yoki apparat yordamida amalga oshiriladi. Qo‘l bilan massaj qilinganda quyidagilarga e'tibor beriladi, qo‘l har doim limfa oqimi bilan yaqin yotgan limfatugunlari tomon harakat qiladi. Qo‘l bilan massaj qilinganda quyidagi usullar qo‘llaniladi :
-silash;
-siqib chiqarish (qon tomirlardagi qon haydaladi);
-yumshatish (bo‘yin, orqa, qo‘l, qorin, sonning oldingi yuzasi, dumba mushagi, boldir);
-surtish (ko‘krak qafasi, orqa, hamma bo‘g‘imlar);
-tebratish.
Massaj doim silash bilan boshlanadi va silash bilan tugatiladi, bundan tashqari har bir usuldan so‘ng silash o‘tkaziladi. Qo‘l yordami bilan quyidagi massajlar amalga oshiriladi : klassik, segmentar-reflektor va nuqtali. Klsssik massajda odam tanasi bir necha qismlarga bo‘linib massaj qilinadi, ya'ni qo‘l, oyoq, qorin va h.z(1 birlik 10 minut). Segmentar-reflektor massajda ta'sir ma'lum segmentlarga ko‘rsatiladi, masalan : yoqa sohasi, bo‘yin-ensa sohasi, yuqori ko‘krak sohasi va h.z., ya'ni ichki organlarning nerv sistemasi tomonidan inervatsiyasiga bog‘liq holda amalga oshiri-ladi. Nuqtali massajda odam tanasidagi ma'lum nuqtalar massaj qilinadi, ya'ni biologik aktiv nuqtalar. Bunda massaj ko‘rsatkich yoki uchinchi barmoq bilan o‘tkaziladi.
Apparat bilan massajga taalluqli:
-gidromassaj;
-vibriomassaj;
-pnevmomassaj;
-baromassaj;
-vakuum massaj.
Vakuum massaj asosan o‘pka, nafas yo‘llari kasalliklarida, osteoxondrozda qo‘llaniladi. Tananing tuzilishiga va teri osti yog‘ qatlamining rivojlanishiga qarab yoki unga bog‘liq holda vakuum massaj tibbiy bankalar yoki 200 ml, 500 mlli bankalar yordamida o‘tkaziladi. Bunda bemor kushetkaga shunday yotishi kerakki, uning orqasi tekis bo‘lishi shart. Shundan so‘ng orqa maz bilan surtiladi va banka orqaga vakuum hosil qilgan holda qo‘yiladi. Vakuum massaj o‘tkazilganda quyidagilarga amal qilinishi kerak, ya'ni banka aylanma holida sekin harakat qildiriladi yoki ilon izi holida harakat qildiriladi, masalan : zotiljamda, bronxial astmada, bronxitda va h.z. Osteoxondrozda bankalar paravertebral soha bo‘yicha to‘g‘ri chiziqli harakat qildiriladi.
Massaj organizmga trofik, mexanik, neyroendokrin, reflektor va neyrogumoral ta'sir ko‘rsatadi. Bu ta'sir mexanizmlari natijasida fiziologik ta'sirlar yuzaga keladi, ya'ni terining funksiyasini yaxshilaydi, qon va limfa aylanishini, modda almashinuvini, asab sistemasining qo‘zg‘atuvchanligining pasayishini oshiradi, tashqi nafas funksiyasini yaxshilaydi, mushak va bo‘g‘imlarni mustahkamlaydi va h.z. Massajga qarshi ko‘rsatmalar : teri butunligining buzilishi, piodermiya, dermatitlar, ekzema, angiomalar, haroratli holat va h.z.
Mehnat bilan davolash
Bemorning emotsional ruhiy holatlariga oid savollarni xal qilish uchun qo‘llaniladi. Mehnat bilan davolash shifoxona va uy sharoitlarida olib boriladi. Shifoxonada, ayniqsa asab kasalliklari, travmatologiya, revmatologiya va boshqa bo‘limlarda muhim ahamiyatga ega. Asab kasalliklari bo‘limida bemorlarning o‘ziga-o‘zi xizmatini tiklash, travmatologiyada – mehnat stendlaridan foydalanib, bemorni hayot faoliyatida zarur mehnat-larga o‘rgatish. Uy sharoitida meva va sabzavotlarni tozalash, hamirli ovqat qilish, tugish, bichish mashqlari, bog‘ va polizlarda me'yorli ishlash.
Do'stlaringiz bilan baham: |