“tasdiqlayman” O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor prof. A. Soleev


Nisbiy miqdorlar va ularning turlari



Download 1,06 Mb.
bet29/102
Sana29.12.2021
Hajmi1,06 Mb.
#77018
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   102
Bog'liq
Statistika lotin 2019

5.3. Nisbiy miqdorlar va ularning turlari

Nisbiy miqdorlarning mazmuni, ya’ni voqyelikning qanday tomonini ta’riflashi va hisoblash usuliga qarab ularni quyidagi tasnif guruhlariga ajratish mumkin (3,5-tarh).

Birinchi guruh nisbiy ko’rsatkichlari murakkab obyekt yoki to’plamning tuzilishi va uning farqlarini umumlashtirib ta’riflaydi. Tuzilish nisbiy miqdorlari ayrim unsur (qism)larning umumiy to’mlamdagi (murakkab obyekt hajmidagi) salmog’i yoki hissasi qanday ekanligini aniqlaydi. Buning uchun ayrim unsur (qism) hajmi umumiy to’plam hajmi bilan taqqoslanadi, ya’ni:

Si =ni / ni Bu holda  Si =1.

Tuzilish va uning farqlarini ta’riflovchi ko’rsatkichlar qatoriga quyidagilar ham kiradi:

a) koordinasiya nisbiy miqdorlari: ular ayrim unsur (qism)larning bir-biriga nisbatini ta’riflaydi, ya’ni:

Ki qni / ni-1 = Si / Si-1

Ki - koordinasiya nisbiy miqdorlari (bir unsurni ikkinchisiga nisbati);

b) to’plam tuzilishining murakkablik darajasini, hissalarning notekislik darajasini ta’riflovchi o’rtacha absolyut va o’rtacha kvadratik tafovut ko’rsatkichlari hamda ularning nisbiy ko’rsatkichlari, ya’ni:

di =(Si - Si )/ N; σs =(Si - Si )2 / N;

dds = ds / S0 ; Vds q ds / S ;

Bu yerda:

ds - hissalarning o’rtacha absolyut tafovuti.

σs = hissalarning o’rtacha kvadratik tafovutlari.

Vds = o’rtacha absolyut tafovutning nisbiy ko’rsatkichi.

VGs= o’rtacha kvadratik tafovutning nisbiy ko’rsatkichi.

- o’rtacha hissa darajasi, ya’ni = Si / N

N - to’plam hajmi, ya’ni N =ni ;

v) ikki to’plam tuzilishidagi farqlarni umumlashtirib ta’riflovchi ko’rsatkichlar, masalan

sA-sB = (SiA - SiB )2 / (S2iA = S2iB ) ;

Bu yerda: SiA - A to’plamdagi ayrim unsur(bo’lak)lar hissasi;

SiB - B to’plamdagi ayrim unsur(bo’lak)lar hissasi;


Dinamika nisbiy ko’rsatkichlari - bu turli vaqt davrlariga tegishli ko’rsatkichlar nisbati hosi-lasidir.


Nisbiy ko’rsatkichlarning ikkinchi guruhi o’rganilayotgan hodisa va jarayonning dinamikasini, vaqt bo’yicha o’zgarishini ta’riflaydi. Ular joriy davrdagi hodisa ko’rsatkichini o’tgan davrdagi miqdoriga bo’lishi yo’li bilan aniqlanadi va odatda foizda hisoblanib, o’sish sur’atlari deb ataladi. Agar davrlar soni uch va undan ortiq bo’lsa, ularni hisoblayotganda taqqoslash asosini o’zgarmas yoki o’zgaruvchan ko’rinishda olish mumkin. Birinchi holda hamma davrlar ko’rsatkichlari bir davr (zaminiy davr), masalan, boshlang’ich davr ko’rsatkichi bilan taqqoslanadi. Olingan natijalar zaminiy o’sish sur’atlari deb nomlanadi. Ikkinchi holda har bir keyin keladigan davr ko’rsatkich o’zidan oldingi davr ko’rsatkichi bilan solishtiriladi. Olingan nisbiy miqdorlar zanjirsimon o’sish sur’atlari deb ataladi. Agarda taqqoslanuvchi davr ko’rsatkichini -Ui , boshlang’ich davr ko’rsatkichini -UO

va oldingi davr ko’rsatkichini -Ui-1 deb belgilasak, u holda zanjirsimon o’sish sur’ati(Tzan)

Tzan=Ui*100/ Ui-1

zaminiy o’sish sur’ati (Tzam) esa

Tzam=Ui*100/U0

O’rganilayotgan hodisalar dinamikasini ta’riflovchi nisbiy ko’rsatkichlar guruhiga o’sish sur’atlaridan tashqari yana qo’shimcha o’sish sur’atlari, Trend tenglamalarining ko’rsatkichlari (ozod hadlar va regressiya va korrelyasiya koeffisiyentlari), dinamikada tebranuvchanlik va barqarorlik ko’rsatkichlari, dinamik indekslar va h.k. kiradi.

Nisbiy ko’rsatkichlarni boshqa guruhi bir obyekt (hodisa) ga tegishli turli belgilarning o’zaro nisbatlarini ta’riflaydi. Odatda ular intensivlik nisbiy ko’rsatkichlari deb yuritiladi va o’rganilayotgan obyektlarning ikkilamchi belgilarini umumlashtiradi. Ayrim hollarda bu belgilarni sifat belgilari deb ham atashadi. Mehnat unumdorligi darajasi, iqtisodiy o’sish darajasi, aholi zichligi, moddiy va tabiiy resurslardan foydalanish samaradorligi (mahsuldorligi) va hokazo sifat belgilarini o’lchash uchun to’g’ri va teskari ko’rsatkichlardan foydalanamiz.

Va nihoyat, nisbiy ko’rsatkichlarning alohida guruhini buyurtma va boshqa shartnomalarni, rejalarni, normalarni bajarish darajasini ta’riflovchi ko’rsatkichlar tashkil etadi. Ular haqiqatda ishlab chiqarilgan yoki yetkazib berilgan mahsulot (ish, xizmat) hajmini shartnomada, rejada, normada ko’zlangan miqdori bilan taqqoslab aniqlanadi.




Download 1,06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   102




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish