Nazorat va mustaqil ishlash uchun savollar va topshiriqlar. Statistik jadvallar deganda nimani tushunasiz? Ular so‘z bilan bayon etishga qaraganda afzalliklarga egami?
Statistik jadval qanday unsurlardan tarkib topgan? Uning ega va kesimi deganda nima tushuniladi? Jadval maketi deganda-chi?
Statistik jadvallarning qanday turlarini bilasiz?
Oddiy jadvallar nima? Gruppoviy-chi? Kombinatsion jadval-chi?
Talabalar davomati qayd qilinadigan jurnal qanday jadval turiga misol bo‘ladi? Reyting daftarchangiz-chi? Reyting jurnali-chi?
Kursdoshlaringiz o‘zlashtirishi bilan davomati o‘rtasidagi bog‘lanish natijalari keltirilgan jadval qaysi jadval turiga misol bo‘ladi?
Kursdoshlaringiz fanlarni o‘zlashtirish jarayonini tasvirlaydigan kombinatsion jadval maketini tuzing?
Kombinatsion jadval gruppaviy jadvalga nisbatan qanday afzalliklarga va nuqsonlarga ega?
O‘zbekistonda bozor iqtisodiyoti shakllanish jarayonini tasvirlash uchun oddiy, gruppaviy va kombinatsion jadval maketlarini tuzing.
O‘zbekiston Respublikasining 2005 yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining asosiy ko‘rsatkichlari degan statistik yilnomada keltirilgan jadvallardan qaysilari oddiy, gruppaviy va kombinatsion jadvallarga misol bo‘ladi.
Gruppangizda 20 talaba bo‘lib, 11 kishi qizlar, 9 kishi o‘g‘il bolalar, qizlar orasida a’lochilar 7 ta, o‘g‘il bolalar ichida esa 3 ta, o‘g‘il bolalar ichida 40% darslarga yomon qatnashgan, qizlar orasida esa 15%, buning ustiga yomon qatnashganlar ichida 50% o‘g‘il bola va 10% qiz bola yil davomida mustaqil o‘z ustida kam ishlagan. Bu ma’lumotlarni jadval shaklida bayon eting.
Yuqoridagi (11chi) ma’lumotlar asosida turli diagrammalar tuzing.
Statistik grafiklar deganda nima tushunasiz?
Grafik unsurlarini sanab chiqing va ularning funksiyasini tushuntirib bering.
Grafiklar qanday turlarga ajraladi?
Hodisalarning vaqt bo‘yicha o‘zgarish ko‘rsatkichlari qanday diagrammalar yordamida tasvirlanadi? Ularning tuzilishi-chi? Ular orasida o‘zaro bog‘lanish-chi?
Aholi jon boshiga paxta va don ishlab chiqarish hajmini mamlakatlararo, viloyatlararo va ho‘jaliklararo taqqoslash uchun qanday diagramma turidan foydalanish mumkin?
Chiziqli diagrammalarning qanday turlari mavjud va ular qanday tartibda tuziladi? Bu diagrammalar yordamida qanday jarayonlarni tasvirlash mumkin?
Ustun (yoki tasma) shaklli diagrammalar qanday tartibda tuziladi? Ular yordamida qanday jarayonlarni tasvirlash mumkin?
Sektorli diagrammalarni tuzish tartibini bir misolda tushuntirib bering. Ular yordamida qanday jarayonlarni tasvirlaysiz?
Doira va kvadrat shaklli diagrammalar qachon qo‘llanadi? Ularni tuzish tartibini bir misolda tushuntirib bering.
Iqtisodiy nazariyadan sizga ma’lum bo‘lgan Lorens egri chizig‘i qanday diagramma turiga misol bo‘ladi? Uni tuzish tartibini bilasizmi?
O‘zbekiston aholisining jinsi-yoshi bo‘yicha taqsimotini qandan diagramma shaklida tasvirlash mumkin? Aholi jinsi-yoshi piramidasini chiza olasizmi?
Tasvirli diagrammalar qanday tartibda tuziladi? Reklamalarda ular qo‘llaniladimi?
Xaritogramma va xaritodiagramma nima va qanday maqsadda tuziladi?
Markazgramma nima, u xaritogrammadan qanday farq qiladi?
Jadval 4.1 ma’lumotlarini turli diagrammalar orqali tasvilang.
O‘zbekiston Respublikasining 2005 yilda ijtimoiy- iktisodiy rivojlanishining asosiy ko‘rsatgichlari degan statistik to‘plamda viloyatlar bo‘yicha chorvachilik mahsulotlarni yetishtirish (go‘sht, sut va tuxum) hajmi ko‘rsatilgan (38 va 39 betlar). Ularni xaritogramma va xaritodiogramma shaklida tasvirlang.