15-mavzu. Milliy boylik statistikasi
Reja:
1. Milliy boylik va milliy mulk haqida tushuncha va bu sohadagi statistikaning vazifalari.
2. Milliy hisoblar tizimida iqtisodiy aktivlar tushunchasi va tarkibi.
3. Foydali qazilma boyliklari, suv va gidroenergik resurslarni statistik o’rganish.
4. Milliy boylik elementlarini joriy va o’zgarmas baholarda hisoblash va ular dinamikasini o’rganish.
Mamlakat milliy boyligi - inson mehnati tufayli to’plangan nomoliyaviy va moliyaviy aktivlar va tabiat in’omlarining yig’indisidan tashkil topadi.
O’zbekiston Respublikasi milliy boyligining hajmi 1991 yil 1 sentyabrdan hisoblana boshlandi. U yaratilish manbi bo’yicha 2 qismdan iborat:
· milliy mulk - inson mehnati tufayli shu davrgacha to’rlangan boyliklar;
· tabiat in’omlari - boyliklari.
Umuman, Yevropada qo’llanadigan MXT konsepsiyasiga asosan O’zbekiston Reslpublikasi milliy boyligi quyidagilardan tashkil topadi:
A. Yil boshida
Do'stlaringiz bilan baham: |