O’quv fanining nomi:Xalqaro valyuta va kredit munosabatlari
Mavzu nomi: O’zbekiston Respublikasida xalqaro hisob-kitoblar.
Darsning maqsadlari: a)ta’limiy: O’quvchilarga mavzu bo’yicha umumiy tushuncha berish. b)tarbiyaviy: O’quvchilarni olgan bilimlari asosida iqtisodiyotni yanada yuksaltirishga o’z xissasini qo’shish ruhida tarbiyalash.
v)rivojlantiruvchi: O’quvchilar mavzu yuzasidan olgan bilimlari bo’yicha fikrlarini shakllantirish,ko’nikmalarni chuqurlashtirish.
Darsdan kutilayotgan natijalar- mavzuni o’zlashtirilgandan so’ng o’quvchilar quyidagi bilim va ko’nikmalarga ega bo’ladilar. 1. Ochiq hisobvaraq bo’yicha hisob-kitoblar haqida ma’lumot oladilar.
2. Xalqaro hisob-kitoblarda SWIFT tizimi haqida tushuncha oladilar.
3. O’zbekiston Respublikasida xalqaro hisob-kitoblarni rivojlantirish masalalarini o’rganadilar.
Ta’lim metodlari:Yangi innovatsion pedagogik texnologiyalar asosida.
Baholash mezonlari: Baholashning reyting tizimi asosida