"Tasdiqlayman" O'ibdo' viloyati tumani


II. O’tgan mavzuni so’rash



Download 0,73 Mb.
bet3/4
Sana12.08.2021
Hajmi0,73 Mb.
#145861
1   2   3   4
Bog'liq
Bobur dars ishlanma

II. O’tgan mavzuni so’rash.

a) individual - tarqatma materiallar, kartochka.

b) Frontal (guruh bilan ishlash)

III. Yangi mavzu:


Bobur 1483-yilning 14-fevralida Andijonda tug‘ildi. Otasi temuriyzoda Umarshayx Farg‘ona viloyati hukmdori edi. Onasi Qutlug‘ Nigorxonim Toshkent hokimi Yunusxonning qizi edi.

Bo‘lajak shoir 12 yoshida ekan, otasi bevaqt halok bo‘lib, Farg‘ona hokimligi uning zimmasiga tushadi. 15 yoshida bobomeros Samarqandni zabt etadi. 16 yoshida bu azim shaharni tashlab chiqishga majbur bo‘ladi.

Keyin ham ikki marotaba bu shaharni egallashga muvaffaq bo‘ldi.




Lekin saqlab qolish nasib etmadi. Samarqandni ham, Andijonni ham qo‘ldan berib, tog‘-u toshlarda besh-o‘n yigiti bilan goh otliq, goh yayov yurgan paytlari ham bo‘ldi. Nihoyat, 1503-yilda Jayhun (Amu)ni kechib, Xurosonga o‘tdi. Kobul va G‘aznani qo‘lga kiritdi. So‘ng 1526-yilda esa Hindistonni zabt etib, katta saltanat o‘rnatdi. U 1530-yilning 26-dekabrida Agrada vafot etdi. Keyinroq uning xoki, vasiyatiga muvofiq, Kobulga ko‘chiriladi.

Bobur ikki she’riy to‘plam — devon tuzgan. Shulardan bittasi yetib kelgan. Ikkinchisining taqdiri noma’lum. Hozirda bizning qo‘limizda uning to‘rt yuzdan ortiq she’ri bor. Shundan ikki yuzdan ortig‘i ruboiydir.

Ruboiy sharq she’riyatida keng tarqalgan she’r turlaridan, to‘rtlik. Aruzning ma’lum vaznidagina yozilgan. Bobur ruboiylari har jihatdan to‘kis, mukammal she’riy asarlardir. Ularda Bobur hayotining manzaralari aks etadi. Shoir o‘z umrining achchiq-chuchuk kunlaridan so‘z ochadi.

Mana, ayrim namunalar:


Endi Boburning ushbu ruboiyini yozgan holatini ko‘z oldimizga keltiraylik. U 19-20 yoshlarda, g‘ayrati dunyoga sig‘magan paytlari. Lekin Samarqandni ikki marta olib, ikki marta ham tashlab chiqishga majbur bo‘ldi. Andijon xiyonatchilar qo‘liga o‘tgan. Ikki-uch yil tog‘-u toshlarda sarson-sargardon yurdi. Nihoyat, hammasi joniga tegdi. Va yuqoridagi satrlar qog‘ozga tushdi.

Mana yana bir holati: nihoyat u bir qarorga keldi. Amudaryodan o‘tdi-yu bir hamla bilan Kobul va G‘azna shaharlarini jangsiz egallab oldi. Lekin butun ko‘ngli Amudaryoning bu tomonida, ona Vatanida. U tirik yursa qaytadi. Shu umid bilan yashaydi. U yozadi:

Beqaydmen-u xarobi siym ermasmen,

Ham mol yig‘ishtirur laim ermasmen.

Kobulda iqomat etti Bobur, dersiz,

Andoq demangizlarkim, muqim ermasmen.

Qayd - kishan. Beqayd - kishansiz, erkin. Siym - oltin, kumush. Laim — gado. Demak, garchi erkin bo‘lsam-da, oltin-kumush ilinjida yurgan pastkashlardan emasman. Uyma-uy mol yig‘ishtirib yuradigan gadolardan ham emasman. Bobur endi Kobulda qolib ketdi dersiz, yo‘q, unday demang, men uzoq qolmayman, albatta ona yurtimga qaytaman, demoqchi bo‘ladi shoir.




Download 0,73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish