O’qituvchi: O’quvchilar, sizlarga savol:
Deformatsiya deb nimaga aytiladi?
Devormatsiyalar necha turga bo’linadi?
Elastik jismlarga misollar keltiring
Plastik jismlarga misollar keltiring
1-o’quvchi: Masalan, chizg’ichni biroz egib qo’yib yuborilsa , u yana to’g’rilanib qoladi. Bu elastik jismlarga misol bo’ladi.
2-o’quvchi: Masalan, plastilin ezilsa u avvalgi holatiga qaytmaydi. Bu plastik jismga misol bo’ladi:
O’qituvchi: O’quvchilar quyidagi rasmlarga e’tibor bering . Unda ikki tayanchga gorizontal holatda qo’yilgan yupqa taxta tasvirlangan. Agar taxta o’rtasiga bola o’tirsa taxta egilib pastga harakatlanadi va so’ngra to’xtaydi. Endi savolni tinglang: Taxtaning egilishini nima to’xtatib qoladi?
3-o’quvchi: Men taxta ustiga chiqsam, og’irlik kuchini ta’sirida taxta
egiladi ya’ni deformatsiyalanadi.
4-o’quvchi: To’gri, Yana bir misol rezinkani cho’zsak cho’ziladi va so’ngra to’xtaydi.
O’qituvchi: Bu misollardan ko’rinib turibdiki, taxta egilishini , rezina cho’zilganda qarshilik ko’rsatadigan va unga qarama-qarshi yo’nalgan kuch elastik kuchi namoyon bo’ladi. Demak, jism deformatsiyalanganda tashqi kuchga qarshilik ko’rsatadigan va unga qarama- qarshi yo’nalgan kuch elastik kuchi deyiladi.
Elastik kuchi formulasi quyidagicha :
Ft =-Fel yoki Ft =Fel
Ft - tashqi kuch
Fel- elastik kuchi
O’qituvchi: Yuqoridagi rasmni kim izohlab beradi. Bunda qanday fizik hodisa yuz beryapti?
O’quvchilar javobi tinglanadi.
O’qituvchi: Bu rasmni ham izohlang.
O’quvchilar javobi tinglanadi.
Elastik kuchi formulasi quyidagicha :
Ft =-Fel yoki Ft =Fel
Ft - tashqi kuch
Fel- elastik kuchi
Dam olish daqiqasi
V. Yangi mavzuni mustahkamlash
Savollar:
Mexanikada qanday kuchlarni o’rganiladi?
Deformatsiya deb nimaga aytiladi?
Elastik va plastic deformatsiya deb nimaga aytiladi?
Elastiklik kuchiga misollar keltiring
Svetofor usuli
Ma’lum mavzuni o`rganish vaqtida o`qituvchi u bo`yicha tezislarni tayyorlaydi (5-7ta, mavzuning murakkabligiga qarab). Tezislar navbatma-navbat doskaga yoziladi (tasviri tushiriladi yoki oldindan tayyorlangan plakatlar shaklida ilib qo`yiladi). O`quvchilarga o`ylab chiqish uchun 1 daqiqa vaqt beriladi. So`ng tezis bilan rozi bo`lgan har bir o`quvchi yashil kartochkani ko`taradi; rozi bo`lmagan – qizil kartochkani; ikkilanayotgan yoki qaror qabul qilishda betaraf bo`lishni xohlayotgan – sariq kartochkani yuqoriga ko`taradi. Agar ishtirokchilar fikri asosan bir-biriga mos keladigan bo`lsa, o`qituvchi navbatdagi tezisga o`tadi. Agar tezis muhokama qilinishni talab qilsa, ishtirokchilardan o`z qarorlarini asoslab berish iltimos qilinadi.
Tezislar:
1.Deformatsiyalar elastic va plastic deformatsiyalarga bo’linadi.
2.Tashqi kuch ta’sirida jismlarning shakli va hajmi o’zgarishi deformatsiya deb ataladi.
3.Tashqi kuch ta’sirida to’xtaganda jismning shakli va hajmi avvalgi holatiga qaytsa elastic deformatsiya bo’ladi.
4.Ta’sir etayotgan tashqi kuch to’xtaganda jismning shakli va hajmi tiklanmasa bu plastic deformatsiya bo’ladi.
5.Jism deformatsiyalanganda tashqi kuchga qarshilik ko’rsatadigan va unga qarama- qarshi yo’nalgan kuch elastik kuchi deyiladi.
“Kungaboqar”.O'quvchilar 4-5 kishidan iborat guruhlarga bo‘linadi. O‘qituvchi fanning mavzusidan kelib chiqib, o‘rtaga bitta muammoni tashlaydi. Har bir guruh kungaboqar yasab, uning markaziga doira joylashtirib, barglar yopishtiradi. Mavzuga qarab, doiraga har bir guruhga yoki umumiy bitta muammo yozilib, doskaga yopishtiriladi Аjratilgan vaqt ichida guruhlar birgalikda fikrlarini bargga yozib, uni o‘sha guruh muammosi yozilgan gulga joylashtirib qo‘yadilar. Bu uslubdan o‘tilgan mavzuni tushuntirish, uni mustahkamlash va takrorlash hamda o'quvchilar egallagan bilimlarni aniqlashda foydalanish mumkin.
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati
P.Habibullayev, A. Boydedayev, A. Bahromov-Fizika-7-sinf uchun darslik- “O’zbekiston milliy ensiklopediyasi ”- Davlat ilmiy nashriyoti-Toshkent-2005
A. Yusupov-Fizika-qiziqarli savol-javoblar-Toshkent-2002
Elastik kuchi formulasi quyidagicha :
Ft =-Fel yoki Ft =Fel
Ft - tashqi kuch
Fel- elastik kuchi
Do'stlaringiz bilan baham: |