“TASDIQLAYMAN”
Navoiy davlat pedagogika instituti
San’atshunoslik fakulteti dekani
________O.D.Raximov
2022 yil “___” “_________”
Navoiy davlat pedagogika instituti Sanʼatshunoslik fakultetida o’tkazilgan “Jaholatga qarshi ma’rifat” mavzusida “Eng yaxshi plakat” nominatsiyasidagi tanlov
BАYONNOMАSI
O`tkazilish joyi: San’atshunoslik fakulteti
O`tkaziligan vaqti: 17-aprel 2022- yil
Qatnashdilar: Sanʼatshunoslik fakulteti Yoshlar bilan ishlash bo’yicha dekan o’rinbosari Z.S.Ochilov, “Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi” kafedrasi katta o’qituvchisi Sh.Bobonazarov, Sh.Jalolov, K.Tog’ayev, R.Husanov, fakultet tyutorlari N. Sa’dullayeva, Yu.Nortojiyeva, F. Xudaynazarova hamda va 1,2,3-bosqich talabalari.
Kun tartibi:
Oliy ta’lim muassasalarining bakalavr ta’lim yo‘nalishi talabalari o‘rtasida Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022-yil 22-apreldagi “Ta’lim muassasalarida talabalar va o‘quvchilar o‘rtasida tanlovlar o‘tkazish to‘g‘risida”gi 143-sonli buyrug‘iga asosan “Jaholatga qarshi ma’rifat” mavzusida o‘tkaziladigan “Eng yaxshi plakat” nominatsiyasidagi tanlovi fakultet bosqichini o’tkazish haqida:
Eshitildi:
Kirish so’zi Yoshlar bilan ishlash bo’yicha dekan o’rinbosari Z.S Ochilov tomonidan aytib o’tildi. O’z so’zida tanlovni yuqori saviyada, ko’tarinki ruhda o’tkazilishi haqida gapirib o’tdi. Talabalarni tanlov nizomi bilan tanishtirib chiqdi.
“Jaholatga qarshi ma’rifat” mavzusi yuzasidan San’atshunoslik fakulteti tyutori Yu. Nortojiyeva so’zga chiqib, ushbu mavzu bo’yicha rasmlar chizish tartibi, qonun qoidalari haqida tushuntirib berdi.
Shundan so’ng, “Pedagogika va psixologiya” ta’lim yo’nalishi 1-bosqich talabalaridan Mo’ynanova Madinabonu, Nurmurodova Dilso’z, 2-bosqich talabalaridan Odilova Ozoda, Muhammadiyeva Rushana, Abduraimova Shaxnoza, Turibayeva Nazerke, “Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi” ta’lim yo’nalishi 1-bosqich talabalaridan Maxmudova Aziza, Hasanova Perizat, Muxammadiyeva Malika, Djabborova Nargiza, Davlatboyeva Ozoda, Oripova Malika, Habibova Dilorom, 2-bosqich talabalaridan To’ymurodov Amriddin, Isomiddinova Kumush va Yandasheva Maftuna, 3-bosqich talabalaridan Olimova Farangiz, Sayitniyozova Nargiza va Axmatov Akmal, “Musiqa ta’limi” ta’lim yo’nalishi 1-bosqich talabalaridan Ravshanova Surayyo, Iskandarova Mo’tabar, Kazakova Marjona, 2-bosqich talabalaridan Shokirjonova Farida, Davlatova Mehrangiz, Yusupov Rustam va G’ofurova Ozodalar esse yozish boyicha o’z bilimlarini sinadi va namoyish etdilar.
Talabalarning yozgan esselari yig’ib olindi va maxsus komissiya tomonidan baholandi. Quyida keltirilgan talabalar g’olib deb aniqlandi.
1 – o’rin Olimova Farangiz Samandar qizi (Rangtasvir ta’lim yo’nalishi 3 bosqich talabasi)
2 – o’rin Djabbarova Nargiza Bakitovna (Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi ta’lim yo’nalishi 1 bosqich talabasi)
3 – o’rin Xabibova Dilorom Olim qizi (Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi ta’lim yo’nalishi 1 bosqich talabasi)
Yig’ilish qaror qiladi:
Yoshlar bilan ishlash bo’yicha dekan o’rinbosari Z.S Ochilovning bergan ma’lumotlari axborot uchun qabul qilinsin.
Talabalar chizgan rasmlarini baholash uchun maxsus komissiyaga taqdim etilsin.
Fakultet bosqichida g’olib talabalar keyingi bosqichiga tayyorgarlik ko’rilsin.
Yig’ilish raisi: Z.S. Ochilov
Bayonlashtirdi: F.S. Xudaynazarova
Do'stlaringiz bilan baham: |