O’quvchilarga gazlama qoldiqlari bilan ishlash hamda ulardan kerakli buyum tayyorlash texnologiyasini o`rgatish hamda tushuncha berish. O`quvchilarda keraksiz mato qoldiqlaridan dekarativ gullar tayyorlashketma ketligi bo`yicha bilim ko`nikma malakasini shakllantirish.
Pedagogik vazifalar 1.Mato qoldiqlari bilan ishlash hamda yostiq tikish ketma ketligi ish jarayonlari haqida ma`lumot berish
2. Texnika xavfsizilik qoidalarini
yod olidirish.
O’quv faoliyati natijalari: 1.keraksiz mato qoldiqlaridan dekarativ gullar tayyorlash ketma ketligini o`rganishadi. 2. Texnika xavfsizilik qoidalarini yodga oladilar.
Mehnat ta’limi maxsus texnik vositalar bilan jixozlangan “Servis xizmati” o’quv ustoxonasi.
Nazorat
Bajarilayotgan ish ketma ketligini nazorat qilib turiladi.
Mashg’ulotning borishi: 1.Salomlashish; 2.Davomatni aniqlash;
Yangi mavzu bayoni. Mato qoldiqlaridan turli xil dekarativ gullarini yasash. Hozirgi kunda mato qoldiqlari bilan ishlash ulardan tez va oson bajariladigan uyimizni yasatishimizda , sovg`a sifatida ham ishlatiladigan dekarativ gullar tayyorlash urf bo`lgan desak ham mubolag`a bo`lmaydi. Qo`limiz bilan yaratilgan har bir buyum insonga huzur- halovat xotirjamlik baxsh etish bilan birgalikda kayfiyatimizni ham ko`taradi.Hozirgi taqdim etadigan dekarativ gul ham sizga quvonch baxsh etadi degan umiddamiz.
Kerakli mahsulotlar.
Gul tuvak, ikki xil rangdagi mato bo`laklari, qaychi, paxta yoki setefon, atlas lenta, ip igna yelim qattiq sim
Mato aylana shaklida kesib olinadi. Aylana kengligi o`zimizga havola. Bir xil rangdagi matodan 5 dona aylana shakli kesib olinadi. 1 rasmda ko`rsatilgan
Kesib olingan mato bo`lakchalarini alohida atrofidan 0,3 sm chok haqi tashlab aylana hosil qilib tikib chiqiladi. Tayyor aylana ichiga sentefon yoki paxta solishingiz mumkin. 2- rasmda ko`rsatilgan og`iz tomoni biriktirib tikiladi. O`rta qismi uchun tayyorlangan alohida aylana atrofiga tayyorlab olingan 5 dona aylana bo`laklar biriktirilib tikiladi. Xuddi gul shaklida yig`iladi.
Qattiq simning uski qismini atlas lenta bilan aylantirib o`rab chiqiladi. Gul tuvakning ichini gips yoki tuproq bilan to`ldiriladi. Gul tuvak markaziga tayyorlab olingan sim o`rnatiladi. Tepa qismiga tayyor gulni biriktirib qo`yamiz. Dekarativ gulni o`z fantaziyamizga tayangan holda estetik did bilan turli xil usullarda bezashingiz mumkin. Bezash jarayonida turli xil toshlardan munchoqlardan lentalardan foydalanishingiz mumkin
Mana dekarativ gul ham tayyor.Gulni yaqin insonlaringizga sovg`a sifatida berishingiz ham mumkin.