Mavzunu mustahkamlash uchun nazariy va amaliy topshiriq va savollar. 1.Aylanma harakatni friksion uzatishning qanday afzalliklari va kamchiliklari bor?
2. Aylanma harakatni tasmali uzatishda ishlatiladigan mexanizmlarga misollar keltiring?
3. Aylanma harakatni tishli uzatish qanday amalga oshiriladi?
Balandligi h ga teng bo‘lgan stol ustida to‘g‘ri chiziq bo‘ylab harakatlanayotgan sharcha (zoldir)ning harakatini kuzataylik. Dastlab sharcha o‘z inersiyasi bilan stolning ustki qismida to‘g‘ri chiziqli harakat qiladi.Sharcha stolning chetidan yerga yetib kelguncha ikkita harakatda qatnashadi.
Ya’ni, dastlabki yo‘nalishda o‘z harakatini davom ettir ayotganligi hamda vertikal yo‘nal ishda harakatlanib, pastga tushayot ganligini ko‘ramiz. Sharchaning bu harakati biror balandlikdan gorizontal otilgan jismning harakatiga misoldir. Bu harakatni tavsifl ash uchun XOY koordinata sistemasini tanlab olib, uni otilish nuqtasiga bog‘laymiz (1.10-rasm). Havoning qarshiligi hisobga olinmas darajada kichik bo‘lganda, jism gorizontal yo‘nalishda o‘zgarmas Vo tezlik bilan tekis harakat qiladi. Shuning uchun istalgan t vaqtdan keyingi gorizontal yo‘nalishdagi ko‘chishi yoki uchish uzoqligi quyidagicha hisoblanadi:
Bu ifodadan ko‘rinadiki, gorizontga nisbatan burchak ostida otilgan jismning uchish uzoqligi otilish burchagiga bog‘liq. 1.12-rasmda jismning uchish uzoqligi va ko‘tarilish balandligining otilish burchagiga bog‘liqligi keltirilgan. Rasmdan ko‘rinadiki burchak ortib borishi bilan ko‘tarilish balandligi ham ortib boradi.Jismning uchish uzoqligi dastlab otilish burchagi ortishi bilan ortadi va 45° ga teng bo‘lganda maksimal qiymatga erishadi. So‘ngra burchak ortishi bilan uchish uzoqligi kamayadi.
Demak, gorizontga qiya otilgan jism koordinata boshidan o‘tuvchi parabola bo‘ylab harakatlanar ekan, chunki x = 0 da y = 0 bo‘ladi. Bu tenglamadagi x2 oldidagi koeffi tsiyentning manfi y ishorali bo‘lganligi parabola shoxlarining pastga qarab yo‘nalganligini anglatadi.Real sharoitlarda havoning qarshiligi uchish uzoqligiga kuchli ta’sir ko‘rsatadi. Masalan, 100 m/s bilan otilgan snaryad vakuumda 1000 m ga uchib borsa, havoda 700 m ga boradi. Tajribalar, otilish burchagini 30 – 40°
qilib olinsa, otilgan jism eng uzoq masofaga borishini ko‘rsatadi.