Bog'liq JUMANAZAROVA MADINA AJRALUVCHI BIRIMALAR BOLT,GAYKA,SHPILKA,SHAYBA,VINTLAR VA SHURUPTLAR
2.2.Darsning texnologik xaritasi. Darsning texnologik xaritasi. Texnologik xaritada ta’lim beruvchi va ta’lim oluvchi faoliyati (o`quv jarayoni) bosqichlarining ketma-ketligi va mazmuni hamda ularda qo`llaniladigan vositalar tavsiflanadi.
Texnologik xarita talabalarning mustaqil ishlarini nazorat qilishga yordam beradi.
Texnologik xaritaning tuzilishi va mazmunli ko`rsatkichlari:
O`quv mashg`ulotining texnologik xaritasi uch qatorni o`z ichiga olib, 1-1,5-2 varaqda jadval ko`rinishida bajariladi: (1) o`quv mashg`uloti bosqichlari va vaqti; (2) ta’lim beruvchi faoliyati; (3) ta’lim oluvchi faoliyati.
1-bosqich (5-10 daqiqagacha). O`quv mashg`ulotiga kirish.
Ta’lim beruvchi va ta’lim oluvchilar harakati. Ta’lim beruvchi mavzuning nomi, (ma’ruza) rejasi bilan, o`quv mashg`ulotining xususiyati bilan (muammoli ma’ruza, o`rgatuvchili o`yin va boshqalar.), mavzu bo`yicha asosiy tushunchalarni; mustaqil ishlash uchun adabiyotlar ro`yxatini, o`quv mashg`ulotida o`quv ishlarini baholash me’zonlari bilan tanishtiradi.
Ta’lim oluvchilar tinglaydilar, aniqlashtiradilar, savollar beradilar, yozib oladilar.
2-bosqich (55-65 daqiqagacha). Asosiy ma’lumot beruvchilik.
Ta’lim beruvchi va ta’lim oluvchilar harakati. Ta’lim beruvchi o`quv mashg`ulotining rejasi tuzilishga muvoffiq tuzib chiqqan ta’lim modelini amalga oshiradi, ko`zlanayotgan o`quv natijalariga erishish bo`yicha ta’lim oluvchilar o`quv faoliyatini boshqaradi.
Ta’lim oluvchilar ko`zlanayotgan o`quv natijalarga erishish bo`yicha rejalashtirilgan o`quv harakatini bajaradilar.
3-bosqich (10-15 daqiqagacha). Yakuniy – natijaviy.
Ta’lim beruvchi va ta’lim oluvchilar harakati. Ta’lim beruvchi mavzu bo`yicha yakun yasaydi, ta’lim oluvchilar e’tiborini asosiylariga qaratadi, bajarilgan ishlarni kelgusi kasbiy ish faoliyatidagi ahamiyatini ma’lum qiladi, guruhlar, alohida talabalar ishini baholaydi yoki o`zaro baholashni yakunini chiqaradi: o`quv mashg`uloti maqsadiga erishish darajasini baholaydi; mustaqil ish uchun to’shiriq beradi.
Ta’lim oluvchilar o`zaro baholashni o`tkazadilar, savol beradilar, to’shiriqni yozadilar. Ilova. O`quv jarayonining tashkiliy-didaktik vazifasini bajaradi: o`quv, mustaqil ish uchun savol va to’shiriqlarni, uni baholash me’zonlarini, o`quv ish jarayonida talabalar amal qilishi lozim bo`lgan qoidalar, ta’lim beruvchi foydalanadigan tayanch yozmalar, shuningdek chizma, jadval, slaydlar va boshqa ko`rgazmali materiallar, rejalashtirilgan maqsadlarga erishishni nazorat qilish uchun to’shiriqlar (testlar, savollar, to’shiriqlar va mashqlar).
Bu yerda taqdim etilayotgan materiallar chegaralanmaydi. Faqat ular katta hajmli, yaxshi tuzilmaga keltirilgan va grafikli chizmalarda rasmiylashtirilgan bo`lishi kerak.
O`quv mashg`ulotining texnologik xaritasi
1.1. Mavzuning nomi, maqsadi va kutilayotgan natijalarni yetkazadi. Mashg`ulot rejasi bilan tanishtiradi.
1.2. M avzu bo`yicha asosiy tushunchalarni;
Tinglaydilar, yozib oladilar.
Aniqlashtiradilar,
( … daq.)
mustaqil ishlash uchun adabiyotlar ro`yxatini aytadi.
1.3. O`quv mashg`ulotida o`quv ishlarini baholash mezonlari bilan tanishtiradi
savollar beradilar.
I I-bosqich.
Asosiy
( … daq.)
2.1. Tezkor-so`rov, savol-javob, aqliy hujum, klaster orqali bilimlarni faollashtiradi (1-2 ilovalar).
2.2. Ma’ruza, seminar, amaliy mashg`ulotning rejasi va tuzilishiga muvofiq ta’lim jarayonini tashkil etish bo`yicha harakatlar tartibini bayon qiladi (3-ilova).
Javob beradilar
Yozadilar
Guruhlarda ishlaydilar, taqdimot qiladilar va boshqalar
I I I- bosqich.
Yakuniy
( … daq.)
3.1. Mavzu bo`yicha yakun qiladi, qilingan ishlarni kelgusida kasbiy faoliyatlarida ahamiyatga ega ekanligi muhimligiga talabalar e’tiborini qaratadi.
3.2. Guruhlar ishini baholaydilar, o`quv mashg`ulotining maqsadga erishish darajasini tahlil qiladi (4-ilova).
3.3. Mustaqil ish uchun to’shiriq beradi va uning baholash me’zonlariny etkazadi (5-ilova).
O`z-o`zini, o`zaro baholashni
o`tkazadilar.
Savol beradilar
To’shiriqni yozadilar
Darsning texnologik xaritasi.
XULOSA Kurs ishimdan olgan hulosalarim shuki: mehnat unumdorligi ko’rsatkichlari tizimining tuzilishi ulardan har birining funktsional vazifasini aniqlashga asoslanish lozim. Ko’rsatkichlarni tasniflashni mezoni - mehnat natijalarini ifodalash usulidir. Mehnat unumdorligini aniqlash vazifasi, uning tizimini yaratish, o’rganish muhim yo’nalish hisoblanadi. Mehnat unumdorligini o’lchash usullari ko’p omilli, vektorli va mezonli sifatida tasniflanadi. Mehnat unumdorligi rivojlanib boruvchi ko’rsatkich bo’lganligi sababli omillar va zahiralarni o’rganish dolzarb muammoga aylandi.
Mehnat unumdorligini oshirish zahiralar tizimini yaratish eng muhim yo’nalishdir. Mehnat unumdorligi darajasi ijtimoiy ishlab chiqarish samaradorligini ifodalovchi eng muhim ko’rsatkich hisoblanadi, u to’g’ri va teskari ko’rsatkichlar yordamida baholanadi.
To’g’ri mehnat unumdorligi ko’rsatkichi – vaqt birligida ishlab chiqargan mahsulot miqdorini ifodalaydi. Teskari mehnat unumdorligi ko’rsatkichi, mehnat talabchanligi – mahsulot birligiga sarf etilgan ish vaqti birligini ifodalaydi. Bu ko’rsatkichlar orasida teskari bog’liqlik mavjud. Mehnat unumdorligi darajasini o’rganish muammosi, iqtisodchi-statistiklar orasida diskussiya hisoblanib, juda ko’p fikr va mulohazalar bildirilmoqda. G’arb statistikasida unumdorlik ko’rsatkichlari tizimi ishlab chiqarish nazariyasi asosida tashkil etiladi va bu nazariyaga ko’ra mehnat unumdorligi, unumdorlikning xususiy ko’rsatkichi sifatida qaraladi, chunki sarflangan jonli mehnat, faqat ishlab chiqarish omillaridan biri sifatida qaralib, texnik taraqqiyot etishi sari uning ahamiyati kamayib boradi va shuning uchun mahsulot yaratishda ishtirok etadigan ishlab chiqarish omillarini ham hisobga olish lozim.
Xalqaro statistikada unumdorlik hisob-kitobida, mahsulot ko’rsatkichi sifatida yalpi mahsulot ishlab chiqarish, pirovard mahsulot, sof mahsulot, yalpi qo’shilgan qiymat, sof qo’shilgan qiymat ko’rsatkichlaridan foydalanish mumkinligi ko’riladi. Mehnat unumdorligi dinamikasi indeks usuli yordamida o’rganilib, bu usul nafaqat mehnat unumdorligi o’zgarishini ko’rsatib, balki turli xil omillar ta’sirini ham aks ettiradi. Mehnat unumdorligi bozor sharoitida natijaviy ko’rsatkichni oshirishning asosiy omili bo’lib hisoblanadi.
Jamiyatning kelajagi uning ajralmas qismi bo’lgan ta`lim tizimining qay darajada rivojlanganligi bilan belgilanadi. Ta`limning bugungi kundagi vazifasi o’quvchilarni axborot-ta`lim muhiti sharoitida, har xil o’yinli texnologiyalar asosida, mustaqil ravishda axborot texnologiyalaridan oqilona foydalana olishi, o’qitishning yangi texnologiyalar asosida tashkil qilishga o’rgatishdan iborat. Umumiy o’rta ta`lim to’qqiz yillik majburiy xarakterdagi umumiy xamda uch yillik majburiy - ixtiyoriy xarakterdagi o’rta maxsus, kasb - xunar ta`limidan iborat. Umumiy o’rta ta`lim boshlang`ich ta`limni xam qamrab oladi. Mazkur bosqichda o’quvchilarning fanlar asoslari bo’yicha muntazam bilim olishlari, ularda bilim olish extiyojining yuzaga kelishi, asosiy o’quv-ilmiy va umummadaniy bilimlarning o’zlashtirishlari, milliy va umumbashariy qadriyatlarga asoslangan ma`naviy-ahloqiy fazilatlar, mexnat, ijodiy fikrlash, atrof-muhitga ongli munosabatda bo’lish, shuningdek, kasb tanlash ko’nikmalarining shakllanishi uchun pedagogik shart-sharoit yaratiladi.