«Tasdiqlayman» Milliy libos va san’at fakulteti dekani A. Turaqulov



Download 202,34 Kb.
bet3/6
Sana17.07.2022
Hajmi202,34 Kb.
#816523
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
JUMANAZAROVA MADINA AJRALUVCHI BIRIMALAR BOLT,GAYKA,SHPILKA,SHAYBA,VINTLAR VA SHURUPTLAR

1.2 Payvand birikmalar
Ikki yoki undan ortiq detaldan payvandlash yo’li bilan hosil qilingan ajralmas birikma payvand birikma deb ataladi.Detallarning birikish joyida elektr yoyi yoki gaz alangasida suyuqlanib qotgan metall payvand chok hosil qiladi. Detallarning payvand birikmalari quyidagi ikki usulda: suyuqlantirib payvandlash va bosim ostida payvandlash usullarida bajarilishi mumkin. Sanoatda suyuqlantirib payvandlash usulidan keng kulamda foydalaniladi. Suyuqlantirib payvandlash: elektr yoyi, elektr shlak, gaz, gaz-elektrik, elektronlar nuri va termik usulida payvandlash turlariga bo’linadi. Bulardan elektr yoyi bilan payvandlash usuli kvp qo’llanadi.
1-jadval

Payvand birikmaning turi


Xarfli-son belgilar


Uchma-uch (Sto’kovoye-S)


S1, S3, S5, S9, S10 . . .


Burchakli (Uglovoye-U)


U1, U2, U3, U6, U8, U10


Tavrsimon (Tavrovoye-T)


T1, T2, T6, T7, T9, T10


Ustma-ust (Vnaxlestku-N)


N1, N2, N3





1-shakl
Elektr yoyi bilan dastaki payvandlash orqali hosil qilingan payvand birikma (GOST 5264-80)

2-jadval

Birikmaning turi

Chokning xarakteri


Chokning kundalang kesimining shakli


Chokning shartli belgisi


Uchma-uch


Bir yoqlama





S2

Ikki yoqlama




S4

Burchakli

Bir yoqlama





U4

Ikki yoqlama




U6

Tavsimon

Bir yoqlama





T2

Ikki yoqlama




T7

Usma-ust

Bir yoqlama uzlukli





N1

Ikki yoqlama




N2

Chok kateti K ning O’lchami, mm

S

1. . .2

2..2.5

3..4.5

5..6

7..9

10..15

16..21

22..30

K

T1 uchun

-

3

4

5

6

7

8

U4 uchun

0,5 s . . . s


Payvandlanuvchi detallarning o’zaro vaziyatiga qarab, payvand birikmalar: a) uchma-uch (1-shakl. a), burchakli (1-shakl, b), tavrsimon (1-shakl, v) va ustma-ust (1-shakl, g) turlarga bo’linadi. Bu choklarning harfiy-son belgilari 1-jadvalda keltirilgan.Payvand choklar uzunligiga qarab uzluksiz va nuqtali (1-shakl, d,ye), tashqi shakliga qarab esa qavariq, tekis va botiq bo’ladi.
Payvand choklar bir yoqlama va ikki yoqlama qilib bajariladi.
Payvandlashga tayyorlangan detallarning birikish joylari «Y» yoki «X» shaklida keltirilgan yohud kertilmagan bo’lishi mumkin.2-jadvalda payvand birikma choklarining ayrim turlari, konstruktiv elementlari va harfiy belgilari keltirilgan.
Payvand birikma choklarining shartli tasvirlanish.Chizmada payvand birikma choklarini shartli tasvirlash usullari GOST 2,312-72 da ko’rsatilgan. Payvand birikma choklari ko’rinadigan choklar-asosiy tutash chiziqlar bilan (2-shakl); ko’rinmaydigan choklar – shtrix chiziqlar bilan (3-shakl) tasvirlanadi; ko’rinadigan nuqtali yakka payvand choklar “Q” belgi bilan tasvirlanadi (4-shakl). Bu belgi asosiy tutash chiziq bilan chiziladi. Ko’rinmaydigan nuqtali choklar chizmada tasvirlanmaydi.Choklar ko’p qatorli bo’lishi mumkin. Ko’p katorli choklar kesimi tasvirida har bir qator kesimimning konturi alohida ajratib tasvirlanishi va ular alfavitining bosh harflari bilan belgilanishi zarur (5-shakl).Chizmada, nostandart chokning kundalang kesimi, uni zarur bo’lgan ulchamlari bilan tasvirlanadi (6-shakl). Chok asosiy tutash chiziqlar bilan chegaralanadi. Chok chegarasi ichidagi qirralarning konstruktiv elementlari esa ingichka tutash chiziqlar bilan chiziladi.


2-shakl









3-shakl 4-shakl










5-shakl 6-shakl


Payvand birikma choklarining shartli belgilanishi.Payvand choklar GOST 2.312-72 ga muvofiq belgilanadi. Payvand choklarni belgilash uchun maxsus belgilar qabul qilingan (3-jadval).
Bu belgilar ingichka tutash chiziqlarda chiziladi. Ularning balandligi choklar belgisidagi raqamlar balandligiga teng bo’ladi.7-shaklda standart yoki nuqtali yakka payvand choklarni shartli belgilash strukturasi ko’rsatilgan. Chok belgisini tuzishda chiqarish chizig’idagi tegishli to’rt burchakliklar o’rniga quyidagilar joylashtiriladi:
1. Yopik chiziq bo’yicha ishlangan chokning va montaj chokning yordamchi belgilari (3-jadval).
2. Payvand birikma choklarining tiplari va konstruktiv elementlari standarti (4-jadval).
3. Payvand birikma choklarining harfli-son belgisi (1-2-jadvallar).
Choklarning shartli yordamchi belgilari
4. Payvandlash usulining shartli belgisi (bu belgini ko’rsatmaslik ham mumkin).


7-shakl

5. Payvand birikma choklarining belgisi (3-jadval, II punkt) va katetining o’lchami (2-jadval).
6. Quyida: a) uzuk chok uchun payvandlanadigan uchastka uzunligi (yoki Z) va chok qadamining o’lchami; b) yakka payvand choklar uchun nuqtaning hisoblab olingan diametri; v) elektr-kontakt usulida bajariladigan choklar uchun chokning eni, kuchaytirish belgisi, payvandlanadigan uchastka uzunligi chok belgisi (yoki Z) va qadamining o’lchamlari ko’rsatiladi.
Qalaylangan va yelimlangan birikmalar.Bu turdagi birikmalar halq ho’jaligining barcha soxalarida qo’llanadi. Jumladan, radiotexnika, elektronika va asbobsozlikda qalaylab biriktirish, yog’och, metall va plastmassadan ishlangan detallar va qurilmalarni yelim yordamida biriktirish usullari keng tarqalgan. Qalaylangan va yelimlangan birikmalarni shartli tasvirlash va belgilash qoidalari. GOST 2.313-82 (ST SEV 138-81) da belgilanadi. Bunday birikmalarning choklari chizmada, yo’g’onlashtirilgan (yo’g’onligi 2S) tutash chiziqlarda tasvirlanadi. Qalaylangan choklar S harfiga o’xshash shartli (S) belgi bilan belgilanadi. Yechimlashdan hosil bo’lgan chok esa K harfiga o’xshash (K) shartli belga belgilanadi.
Choklarni strelka bilan tugallanuvchi chiqarish chizig’i va asosiy chiziqda o’tkazilgan shartli belgi bilan belgilanadi (11, 12-shakllar). Agar chok yopiq konturi bo’yicha bajarilgan bo’lsa, chiqarish chizig’ining uchiga, diametri 35 mm bo’lgan ingichka chiziqli aylana chizib qo’yiladi (13, 14-shakllar). Ayrim uchastkada moddalarning belgilari, chizmaning texnik talabnomalarda keltiriladi. Ayrim hollarda qalaylangan chok turlari GOST 19249-73 ga muvofiq chiqarish chizig’i tokchasiga ko’rsatiladi (16-shakl).
Qalaylangan va yelimlangan choklarning belgilanishi POS 40 GOST 21931-76: yelimi BF-10T GOST 22345-77.








11-shakl 12-shakl










13-shakl 14-shakl










15-shakl 16-shakl


2.3 O’quvchilarni ajraladigan rezvali(Shlitsali, shponkali shtiftli va shplintli ) biriklmalarni chizishni orgatish
Yig`ish chizmalariga o`lcham qo`yishda o`quvchilar ko`p hоllarda eskizlardagi hamma o`lchamlarni o`tkazishga intiladilar. Shuning uchun ishning bu bоsqichiga yеtib kеlganda o`qituvchi «gabarit», «mоntaj», «bеlgilоvchi» kabi o`lchamlar haqidagi ma’lumоtlarni eslatib, o`quv-chilarni yig`ish chizmalariga to`g`ri o`lcham qo`yishga o`rgatishi kеrak.
Yig`ish chizmasi bo`yicha ishning asоsiy qismini sinfda bajarish kеrak. Agar vaqt yеtishmaydigan bo`lsa uyga vazifa qilib uni taхt qilishni bеrish mumkin.
Rezbalarning hosil bo‘lishi vint chiziqlarining hosil bo‘lish qonuniyatlariga asoslanadi. Ma’lumki, vint chiziqlari fazoviy egri chiziq turkumiga kirib, nuqtaning biror silindr yoki konus aylanish sirtlarining o‘qlari atrofida bir xil burchak tezligi ostida aylanishi bilan bir vaqtda unga parallel yo‘nalishda bir tekis ilgarilanma harakat qilishi natijasida hosil bo‘ladi. Shuningdek, vint chiziqlari silindr va konus sirtlari ustida ham hosil bo‘lishi mumkin. Agar silindr yoki konus ustida keskich(rezes)ga vint chizig‘i harakati berib, o‘yiq o‘yilsa vint sirti hosil bo‘ladi (1-shakl, a). Vint sirtining o‘yig‘i keskich uchining geometrik shakliga bog‘liq, ya’ni u uchburchak, trapesiya va to‘rtburchak shakllarda bo‘lishi mumkin. Bu shakllarning har bir nuqtasi silindr va konus sirti ustida vintsimon bir xil harakatlanib, tegishli shakl izlarini hosil qiladi. Bu shakllarning qoldirgan izlari rezba deb ataladi. Shakllarning qoldirgan izlariga qarab rezba turlarini aniqlash mumkin. Agar sirt ustida bir vaqtda ikkita, uchta va undan ortiq tekis shakllar aylana bo‘yicha bir-birlariga nisbatan bir xil vintsimon harakatlansa, ikki va uch kirimli rezbalarni hosil qiladi (1-shakl, b, v). Bir kirimli rezbada, rezba yo‘li (h) rezba qadami (R) ga teng bo‘ladi. Ikki va undan ortiq kirimli rezbada rezba yo‘li tegishlicha, rezba qadamining ko‘paytmasiga teng bo‘ladi.
Rezbalar va rezbali birikmalar texnikada juda keng qo‘llaniladi. Rezbalarning afzallik tomonlari shundaki, ular ishonchli, universal, yig‘ish va ajratib olishga qulayligi va ularni tayyorlashning osonligi bilan ajralib turadi. Rezbalarni turli xususiyatlariga ko‘ra klassifikatsiyalash mumkin. Rezbalarni profilining shakli bo‘yicha uchburchak, to‘rtburchak, trapesiyasimon, yumaloq va b. profillarga; rezba ochilgan sirtning turiga qarab silindrik va konussimon rezbalarga; rezba ochilgan sirtga qarab ichki va tashqi rezbalarga klassifikatsiyalanadi. Rezbalar qo‘llanilish turiga qarab umumiy va maxsus turlarga bo‘linadi. O‘z navbatida, umumiy qo‘llanilish rezbalari mahkamlash (metrik, dyuymli), mahkamlash-zichlash (trubali, konussimon) va kinematik-yurgizuvchi (trapesiyasimon, tirak, to‘g‘ri to‘rtburchak) kabi turlarga bo‘linadi. Maxsus rezbalarga nostandart diametrli va nostandart qadamli rezbalar kiradi.
Shponkali va shilitsli birikmalar yordamida shkiv, tishli g’ildirak, mufta va shunga o’xshash detallar vallarga mahkamlanadi. Bunda birikma asosan burovchi moment bilan yuklanadi. Shponkali birikmalar. Bu birikmalar val, shponka hamda g’ildirakni (shkiv, tishli g’ildirak, yulduzcha va boshqalar) gubchagidan iborat bo’lib, shponka burovchi momentini uzatish uchun ishlatiladi. Shponkali birikmaning afzalligi bu uning tuzilishi oddiy bo’lib, ularni yig’ish va qismlarga ajratish nisbatan yengil va arzonligidadir. Kamchiliklari: shponka uchun mo’ljallangan o’yiq bo’lishi, bu esa shu kesimning mustahkamligini kamaytiradi. O’yiqlarda kuchlanishlarni to’planishi birikmaning mustahkamligini val hamda g’ildirakning mustahkamligidan kichikligi. Shuning uchun shponkali birikmalar dinamik yuklanish bilan ishlaydigan va katta tezlik bilan xarkatlanuvchi vallarda ishlatish tavsiya etilmaydi. Kamchiliklardan yana biri bu xar bir shponka o’tkaziladigan joyiga moslab o’rnatilishi kerak, shuning uchun katta seriya bilan tayyorlanadigan uzellarda xam tavsiya etilmaydi. Shponkali birikmalar zo’riqqan va zo’riqmagan bo’lishi mumkin. Zo’riqmagan birikmalarda prizmatik, segmantli shponkalar, zo’riqqan birikmalarda silindrsimon, ponasimon shponkalar ishlatiladi.
Shponkali birikmalar val, shponka va g ‘ildirak gupchagi (shkiv yoki boshqa detal gupchagi)dan iboratdir. Shuning uchun ham birikmani tarkibiy qismlarga ajratish nisbatan oson. Ular asosan aylanuvchi detallarni (shkiv, g ‘ildirak, mufta, yulduzcha kabi) val yoki o ‘qqa o`rnatish uchun ishlatiladi. Ularning yana bir boshqa vazifasi, aylantiruvchi momentni val va detallar orasida uzatishdir. Shponkalarning asosiy turlari standartlashtirilgan. Afzalligi. Konstruksiyasi oddiy, yig‘ilishi va qismlarga ajratilishi nisbatan yengil va shuning uchun ham mashinasozlikda keng tarqalgan. Shponkali birikmalar detallarni aylanma yo`nalishda ishonchli o`rnatish imkonini beradi. K a m ch ilig i. Val va o`qda shponkani o`rnatish uchun o`yiqcha hosil qilinadi, shuning natijasida val va o ‘qlarning shponka o ‘rnatiladigan qismining ko`ndalang kesim yuzasi kamayadi. Bu esa uning mustahkamligi kamayishiga olib keladi. Mustahkamlikning kamayishi shponka o`yiqchasida eguvchi va burovchi kuchlanishlarning jamlanishi tufayli hamdir. Shponkali birikmani tayyorlash birmuncha mehnatni talab etadi. Detallarni markazlashtirishning murakkabligi tufayli mas’uliyatli tezkor vallarda ulami qo`llash tavsiya etilmaydi. Shponkali birikmalar zo`riqtirilmagan va zo`riqtirilgan turlarga bo`linadi. zo`riqtirilmagan shponkali birikmalar yassi prizmasimon va segmentsimon shponkalarni qo`llashda hosil qilinadi. Bu holda birikmani yig'ishda detallarda dastlabki kuchlanishlar hosil bo`lmaydi.
Prizmasimon shponkalarning ensizroq yon yoqlari ishchi hisoblanadi. Chekka qismining shakliga ko`ra chekkasi doirasimon, chekkasi yassi va bir chekkasi doirasimon, ikkinchi chekkasi yassi bo`lgan turlarga boiinadi. Prizmasimon shponkalarning asosiy kamchiligi detallarning o`q bo`yicha surilib ketishiga to`sqinlik qila olmasligidir. O`rnatilayotgan detalning o`q bo`yicha siljimasligini ta'minlash uchun qo`shimcha tirgak vtulkalar, o`rnatish vintlari ishlatiladi. Segmentsimon shponkali birikmalar ham asosan yon yoqlari bilan ishlaydi. Valga chuqurroq o`rnashadi, qo`l bilan moslashtirishni talab etmaydi. Qisqa gupchakli detallarda 1 ta, uzun gupchakli detallarda esa valning bir tomoniga 2 ta o ‘rnatiladi. Tayyorlanishi va yig'ilishi oson, shuning uchun ham seriyali va ommaviy ishlab chiqarishda ko`plab ishlatiladi. Segmentsimon shponkali birikmalar Ponasimon shponkali birikmalar bir tomoni konusligi 1:100 bo 'lgan o ‘z-o`zini tormozlovchi ponadan iboratdir. Pona kallakli va kallaksiz bo`lishi mumkin. Bunday kallak ponasimon shponkani o ‘yiqchadan chiqarib olish uchun xizmat qiladi. Xavfsizlik me’yorlariga ko`ra chiqiq kallak to`siqqa ega bo`lishi kerak. Ponasimon shponka o`yiqchalariga qoqib kiritilganligi uchun zo`riqtirilgan birikma hosil bo`ladi. Birikma nafaqat aylantiruvchi momentni, balki o`q bo`yicha yo`nalgan kuchni ham uzatadi. Shponka zarb bilan qoqib kiritilganligi tufayli o`rnatilayotgan detalning val sirtida markazlanishi buzilib, ish vaqtida radial tepish vujudga keladi, buning oqibatida birikmaning va tugun (bog'lama)ning ish maromi buzilishi mumkin. Ponasimon shponkali birikmani sekinyurar uzatmalarda qo`llash tavsiya etiladi. Bunday birikmalar zarbli va yo`nalishi o`zgaruvchan yuklanishlarni yaxshi qabul qiladi. . Ponasimon shponkali birikma Shponkali birikmalarni hisoblash Shponkali birikmalarning asosiy ishchanlik qobiliyati ularning mustahkamligidir. Valning diametriga va yuqorida keltirilgan talablarga ko`ra shponka standartlardan tanlanadi va birikma mustahkamlikka tekshiriladi. Standartlarda shponkaning va o`yiqchalarning o`lchamlari shunday tarzda tanlanganki. agar ularning egilishga bo`lgan mustahkamligi ta’minlansa, o`zo`zidan kesilishga va ezilishga bo`lgan mustahkamligi ham ta’minlanadi. Shuning uchun ham shponkali birikmalar asosan ezilishga hisoblanadi. Ko`p hollarda shponkani kesilishga hisoblanmaydi.
Shlitsali birikmalar ko`ndalang kesimidagi profil shakli bo`yicha, birikmaning o`qiga nisbatan tishlar yon sirtlari yasovchilarining joylashishi bo`yicha, markazlashtirish usuli bo`yicha hamda texnologik belgilari bo`yicha turlanadi. Profilning shakli bo`yicha shlitsali birikmalar to`g'ri yonli evolventaviy uchburchakli turlarga bo`linadi. Bulardan eng ko`p tarqalgani to`g'ri yonli shlitsali birikmalar bo`lib, ular ГОСТ 1139-80 bo`yicha uch turkumda bo`ladi: yengil, tashqi diametri D = 26... 120 mm, tishlar soni diametrga bog'liq ravishda z= 6.8,10; o`rta D = 14... 125 mm, z = 6,8,10; og'ir D = 20... 125 mm, Z = 10,16,20; yengil va o`rta turkum (seriya) ko`proq qo`llaniladi, og‘ir turkumdagi birikmalar yeyilish bo`yicha og'ir sharoitlarda ishlatiladi. Evolventaviv profilli shlitsali birikmalar to`g'ri yonlilarga nisbatan mustahkam va tayyorlanishi osonroq bo`ladi. Ularning mustahkamligi tishlar sonining ko`pligi va tishlari asosining kengayishi hisobigadir. Kuchlanishining buralishdagi effektiv konsentratsiya koeffitsiyenti 1,5 va ko`proq marotaba kam, egilishda esa deyarli teng.. To`g'ri yonli shlitsali birikmalar 5-rasm. Evolventaviy shlitsali birikmalar 6-rasm. Uchburchakli shlitsali birikmalar To`g`ri yonli shlitsali birikmalar ko`rsatkichlari jadval 1 Evolventaviy birikmalarning o`lchamlari ГОСТ 6033-80ga binoan modullari m = 0,5... 10 mm, tashqi diametrlari D = 4...500 mm va tishlar soni z = 6...82 oraliqda bo`lishi mumkin To`g'ri yonli va evolventaviy shlitsali birikmalar vallarga tishli g'ildiraklarni, maxoviklarni, tasmali uzatmalar shkivlarini, zanjirli uzatmalar yulduzchalarini, muftalarni va sh.k. o`rnatish uchun ishlatiladi. Uchburchak shlitsali birikmalar, odatda. yupqa va yengil qotishmalardan tayyorlangan vtulkalarni biriktirishda. tig'izlik hisobiga biriktiriladigan birikmalar o`rniga qo`llanadi. Markazlashtirish aniqligi past, shuning uchun ularni qo`zg'almas yoki kichik tezlikda ishlatiladigan tortsion ressoralar, boshqarish qismlarining pishanglari va sh.k. biriktirish uchun ishlatiladi. Uchburchakli shlitsali birikmalarning o`lchamlari standartlashtirilmagan. Ko`pincha hisoblashlarda ГОСТ 100092-73da keltirilgan tavsiyalardan foydalaniladi. Shlitsali birikmalar o`qiga nisbatan yon sirtlarini joylashishiga qarab to`g'ri, qiya (vintsimon), konussimon va yonbosh turlarga bo`linadi. Odatda, aksariyat shlitsali birikmalar to`g ‘ri tishli bo`ladi, qiya tishlilari uzatmadagi tirqishni sozlash yoki tig‘izlik hosil qilish va qiya tishli g"ildiraklarni surish uchun ishlatiladi. G'ildirak va birikmaning o`q bo`yicha qadami teng bo`lsa, o`q bo`yicha suruvchi kuchlar hosil bo`lmaydi. Konussimon shlitsalar tirqishsiz birikma hosil qilishda ishlatiladi. Yonbosh tishlar yig'ma vallarni biriktirish uchun ishlatiladi. Shlitsali birikmalarning ishlash qobiliyati va ularni hisoblashning asosiy mezonlari quyidagilar bo`ladi: 1. Ishchi sirtlarning ezilishga qarshiligi; 2. Fretting-korroziya ta'siridan yeyilishga qarshilik. Fretting-korroziyadagi yeyilish – bu tutashuvchi sirtlarning kichik nisbiy tebranma siljishlaridagi korrozion mexanik yeyilishdir. Shlitsali birikmalarda bunday siljishlar deformatsiyalar va tirqishlarga bog'liq. Agar birikma valning aylanishida o`z holatini o`zgartirmaydigan F— ko`ndalang kuch bilan yuklansa (masalan, tishli uzatmaning ilashmasidagi kuchlar), birikmadagi tirqish dam-badam u yoki boshqa yo`nalishda bo`lishi yoki yo`qolishi mumkin, demak, bunda tebranma siljish yuzaga keladi.
Shlitsalar aylanma sirt (val, vtulka) larda joylashgan qator tishlardan iborat bo‘lib, bu tishlarning profili: uchburchaklik, to‘g‘ri burchaklik va evalventa shaklida bo‘lishi mumkin. Val shlitsasi vtulka shlitsasi bilash tishlashib aylanma harakatni uzatadi va o‘q bo‘ylab yengil siljiydi. Shlitsali birikmalar chizmani GOST 2.409-74 ga muvofiq bajariladi. Val va vtulkadagi shlitsa tishlarining yasovchilari va tishlar profilining aylanasi asosiy tutash chiziqlarda tasvirlanadi. O‘yiqlar aylanasi va yasovchilari ingichka tutash chiziqlarda ko‘rsatiladi. Val va vtulkaning bo‘ylama qirqimida o‘yiq sirtlarning yasovchilari asosiy tutash chiziqlari tasvirlanadi. Shlitsali detallarga o‘lchamlar GOST 1139-80 muvofiq qo‘yiladi. Masalan, o‘quv chizmalari to‘g‘ri burchakli shlitsalarning soni , ichki va tashqi diametrlari hamda tishning enini ko‘rsatish bilan chegaralanadi. 8 x 36 x 40 x 7 GOST 1139-80.
Shlitsali birikmalar ko'ndalang kesimidagi profil shakli bo'yicha, birikmaning o'qiga nisbatan tishlar yon sirtlari yasovchilarining joylashishi bo'yicha, markazlashtirish usuli bo'yicha hamda texnologik belgilari bo'yicha turlanadi. Profilning shakli bo'yicha shlitsali birikmalar to'g'ri yonli . evolventaviy. uchburchakli turlarga bo'linadi. Bulardan eng ko'p tarqalgani to'g'ri yonli shlitsali birikmalar bo'lib, ular ГОСТ 1139-80 bo'yicha uch turkumda bo'ladi: yengil, tashqi diametri D = 26... 120 mm, tishlar soni diametrga bog'liq ravishda z= 6.8,10; o'rta D = 14... 125 mm, z = 6,8,10; og'ir D = 20... 125 mm, Z = 10,16,20; yengil va o'rta turkum (seriya) ko‘proq qo'llaniladi, og‘ir turkumdagi birikmalar yeyilish bo'yicha og'ir sharoitlarda ishlatiladi. Evolventaviv profilli shlitsali birikmalar to'g'ri yonlilarga nisbatan mustahkam va tayyorlanishi osonroq bo'ladi. Ularning mustahkamligi tishlar sonining ko'pligi va tishlari asosining kengayishi hisobigadir. Kuchlanishining buralishdagi effektiv konsentratsiya koeffitsiyenti 1,5 va ko'proq marotaba kam, egilishda esa deyarli teng.

Download 202,34 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish