Afzalliklari:
1. Katta nagruzkada etarli darajada ishonchli shilaydi;
2. Ularni ajratish va yig’ish qiyinchilik tug’dirmaydi;
3. Turli sharoitda ishlaydigan rez’bali detallar ko’plab ishlab chiqarilishi
mumkin.
4. Nisbatan arzon;
5. Hamma o’lchamlari standartlashtirilgan.
Kamchiligi:
1. O’zgaruvchan kuch ta’siriga chidamliligi etarli emas;
2. Maxsus rez’bali detallar tayyorlashning bir muncha qiyinligi.
Rez’balar profili formasiga qarab quyidagi besh turga bo’linadi:
Vint chizig’ining sirtdagi yo’nalishiga qarab rez’balar o’naqay va chapaqay
rez’balarga bo’linadi.
Rez’balar kirimlar soniga qarab bir kirimli, ikki kirimli, uch kirimli va xokozo
turlarga bo’linadi. Detallarni mahkamlash uchun mo’ljallangan rez’balar asosan
bir kirimli bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |