Foydalaniladigan adabiyotlar:
1) «Adabiyot» 6-sinf uchun darslik.
2) 6-sinf «Adabiyot» darsligining elektron varianti.
I. Darsning borishi:
a) salomlashish
b) navbatchilik hisoboti, sinf tozaligi va davomatni nazorat qilish
c) kirish suhbati, o’quvchilarning og’zaki nutqini o’stirish
II. O’tgan mavzuni so’rash.
a) individual - tarqatma materiallar, kartochka.
b) Frontal (guruh bilan ishlash)
III. Yangi mavzu:
Shoir Jumaniyoz Jabborovning bundan qirq yillar avval yozilgan «Kitob javonim» nomli she’ri o‘quvchini bilvosita shunday o‘ylarga yetaklaydi. Odatda she’r shoirning kayfiyati, biror voqea yo hodisani kuzatish asnosidagi taassurotlaridan paydo bo‘ladi. «Kitob javonim» she’ri ham ana shunday taassurotlardan tug‘ilgan. Shoir uchun dunyoni tanitgan oinayi jahoni bu umri davomi o‘qib, o‘ziga hayotiy hamroh bo‘lgan kitoblaridir. Ularga tikilib turib, uning taassurotlari, mutolaa qilgan kezlaridagi hayajonlari, xotiralari jonlanadi. Javondagi kitoblar butun jahon adabiyotining durdonalari - eng qadim davrlardan to yangi davrlargacha bo‘lgan so‘z mulki daholarining o‘lmas asarlari namunalari. Shoir:
Ularning har bir satri –
Mening yurak devonim,
Fikr-u tuyg‘ularimning
Koni, bebaholari, -
deydi. Va javondagi ko‘zi tushgan har bir kitob muallifiga hissiy ta’riflar berib, ular bilan mutolaa davomida ilk bor ruhan tanishuv hayajonlarini tasvir etadi. Ulug‘ o‘zbek shoiri va mutafakkiri hazrat Alisher Navoiy va buyuk rus shoiri Aleksandr Sergeyevich Pushkin asarlarini dastlab yodiga olib, ularda «dardkash»lik, ya’ni insonni tushunish, uning turfa holatlarini kashf etish va badiiy ifoda etishda yaqinlik ko‘radi. Ularning har bir so‘zida, satrida go‘yoki munajjim osmon sirlarini kashf etganidek, insonlar ichki dunyosi bor murakkabligi bilan aks etganini ta’kidlaydi.
«Kitob javonim» har bandi sakkiz satrdan iborat yetti bandlik she’r tuzilishiga ega. Yetti banddan beshtasida shoir dastlab Navoiy va Pushkinni qiyoslab, «dardkash»lik ko‘rganidek, keyingi bandlarda ham turli davrlarda yashagan Sharq-u G‘arb shoir, adiblarini tilga olib, ularda o‘zi kuzatgan ma’naviy mushtarak jihatlarni tasvirlab boradi. XVIII-XIX asrlarda yashab o‘tgan mashhur ingliz shoiri Bayronni Amir Temur avlodlaridan bo‘lgan shoh va shoir Bobur bilan, XIX asrda yashagan atoqli nemis shoiri Genrix Geyneni unga asrdosh o‘zbek shoiri Furqat bilan mushoira-muloqotda tasavvur etadi. Ular qatorida XVII-XVIII asrlarda Hindistonda yashab ijod etgan, asli kelib chiqishi shahrisabzlik faylasuf shoir Bedil nomini yodga oladi. Kitob javonidan joy olgan mashhur o‘zbek shoirasi Nodirabegim devonini, XI-XII asrlarda Eronning Nishopur shahrida yashab o‘tgan buyuk matematik olim va shoir Umar Xayyom ruboiylar to‘plamini, Sa’diy Sheroziyning mashhur «Bo‘ston» asarini, XIX-XX asr rus shoirlari Lermontov, Mayakovskiy, hindlarning ehtirosli shoiri Iqbol, XIX asr fransuz adabiyotini cho‘qqiga ko‘targan Balzak, «Zarbulmasal» muallifi Gulxaniy sog‘inch bilan esga olinadi. Italiyalik shoir Dante Alligerining «Ilohiy komediya» asaridan «Jahannam» deb ataluvchi kitobini, XVI asr otashnafas ozarboyjon shoiri Muhammad Fuzuliy she’riy devonini, yana XIX asr rus adabiyotidan Gogol, Lev Tolstoy hamda eng qadimgi eroniy shohlar tarixidan «Shohnoma» nomli buyuk doston yaratgan Firdavsiy nomlarini sanab o‘tadi. Ularni shunchaki sanab emas, balki jahon adabiyoti xazinasidan mangu joy olganini va har bir inson qalbiga, ongiga ta’sir ko‘rsatish xususiyatini ta’kidlab, tavsiflaydi. Misol uchun Dante asarini tilga olganda, uni «bor yomonlik bo‘lur kul» deya yovuzlikka, jaholatga, tuban ishlarga qarshi ezgulikni, ma’rifatni ulug‘lovchi doston ekanini ko‘zda tutadi.
IV. Yangi mavzuni mustahkamlash: Og’zaki savol-javob.
V. Uyga vazifa.
VI. Dars yakuni. Baholarni tahlil qilish.
O’quv-tarbiya bo’yicha direktor o’rinbosari: _________________
Do'stlaringiz bilan baham: |