Savol va topshiriqlar
1. Abay hayoti va ijodi to‘g‘risida bilganlaringizni gapirib bering.
2. Abayning qozoq adabiyotiga qo‘shgan ulkan hissasi qaysi asarlarda namoyon bo‘ladi?
3. «Nasihatlar»ning «O‘n yettinchi so‘z»idan olingan parchada G‘ayrat, Aql, Yurak o‘rtasida qanday bahs bo‘lib o‘tdi? Bahsda hakamlik qilgan limning ularga bergan maslahatini sharhlashga harakat qiling.
4. «O‘ttiz ikkinchi so‘z»da ilm o‘rganishning bir necha shartlari haqida gap ketadi. Mazkur shartlarni izohlab bering.
5. Oltinchi shartning izohiga batafsil to‘xtaling.
6. «O‘ttiz uchinchi so‘z»da «mol-dunyo», «hunar» so‘zlarini mutafakkir adib qanday ta’riflaydi?
7. «O‘ttiz yettinchi so‘z»dan Abayning yigirmata o‘giti joy olgan. Ushbu o‘gitlarning o‘n yettinchi va o‘n sakkizinchi bandlarini sharhlang.
Do'stlaringiz bilan baham: |