Yig’ilish kotibi Afandiyev Sh
“TASDIQLAYMAN”
Jizzax viloyati Sh.Rashidov tumani 47-umumta’lim maktabi direktori:_________________M.Omonova
Sh.Rashidov tuman XTMFMT av TEBga qarashli 47-sonli umumta’lim maktabida o’tkazilgan yig’ilish
BAYONI №02/10-16
Sh.Rashidov tumani 2017-йил 15-oktyabr
Yig’ilish raisi: M.Omonova - maktab rahbari
Ishtirok etdilar: Maktabning 8-9-10 sinf o’quvchilari 8-9-10 sinf raxbarlari, maktab o’qituvchilari, maktab voyaga etmaganlar bilan ishlash komissiyasi a’zolari
KUN TARTIBI:
1. O’quvchi-yoshlar orasida turli milliy mentalitetimizga zid bo’lgan salbiy holatlarning oldini olish bo’yicha hamda profilaktik nazoratda turuvchi o’quvchilarni tarbiyalashda ota-onalar, mahalla, huquq-tartibot idoralari va nodavlat tashkilot-larining hamkorligini kuchaytirish
Yig`ilishnni maktab direktori M.Omonova kirish so`zi bilan ochdi va navbatdagi masalar bilan yig`ilish qatnashchilarini tanishtirdi.
Turli milliy mentalitetimizga zid bo’lgan salbiy holatlarning oldini olish.
Ichki ishlar profilaktik hisobiga va ta’lim muassasalarining ichki nazoratiga olingan o’quvchi-yoshlar bilan yakka yoki ommaviy tarzda maqsadli ishlarni olib borish. IIB profilaktik nazoratiga va ta’lim muassasalarining ichki nazoratiga olingan o’quvchi-yoshlarni to’garaklarga jalb etish, ularga mas’ullarni biriktirish. Ta’lim – tarbiya jarayonida ijobiy o’zgarishlarga erishgan o’quvchi-yoshlarni ro’yxatdan chiqarish. Farzandlar tarbiyasiga e’tiborsiz ota onalarga nisbatan qonunda belgilangan tartibda intizomiy choralar qo’llash. Har tomonlama yetuk, komil insonni tarbiyalash bugun jamiyatimiz oldida turgan dolzarb masalalardan biri bo’lib kelmokda. Jamiyatimizda ro’y berayotgan muhim ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy o’zgarishlar yoshlar ongiga taosir qilmasdan qolmaydi.
Yosh avlodning tarbiyasi bilan shug’ullanadigan pedagogik muammolar orasida voyaga yetmaganlarning huquq buzishiga sabab bo’ladigan omil alohida o’rin tutadi. Har qanday huquqning buzilishi zamirida axloqiy tarbiyadagi nuqson yotadi.
Hozirgi maktab o’rindiqlarida o’tirgan yosh avlod ertaga bizning qo’limizdan ishimizni oladigan, hayotimizni davom ettirib, o’zidan keyingi avlodga yetkazuvchi vorislarimizdir.
Shunday ekan, yosh avlod tarbiyasi bilan shug’ullanadigan pedagoglar kelgusi avlod barkamolligi uchun, o’g’il-qizlarimizning ulug’ ajdodlarimizga xos oqil bo’lishlari uchun masouldirlar.
Inson hyech qachon jinoyatchi bo’lib tug’ilmaydi. Shuningdek, birdaniga tarbiyali va bilimli bo’lib qolmaydi.
Maolumki, uzoq va boy tarixga ega bo’lgan o’zbek xalqi o’zining taolim-tarbiyaga oid ulkan merosiga ega. Bu meros bugungi avlodni insonparvarlik, mehr-muhabbat, oqibat, mehnatsevarlik, vatanparvarlik, mardlik, yuksak axloq ruhida tarbiyalashga xizmat qiladi.
Har bir inson dunyoga kelar ekan, u o’sib, ulg’ayib kamol topadi.
Uning insoniyligi, axloq-odobi, xulq-atvori dastavval, o’z oilasida shakllanadi. Demak, oila tarbiya maskanidir.
Shuning uchun dono xalqimiz «Qush uyasida ko’rganini qiladi» deydi. Demak, insoniylikning ilk xislatlari ota-ona bergan tarbiya orqali shakllanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |