VII. Bob .Global axborot resurslari bilan tanishish (4 soat)
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
19
|
Global axborot resurslari bilan ishlash
|
2
|
1
|
Nazariy
|
Klaster
|
Slaydlar to’plami,disk
|
Informatika va axborot texnologiyalari
|
www.ziyonet.uz
|
Mavzuni o’qib o’rganib kelish
|
|
|
20
|
Opera brauzer dasturi haqida tushuncha
|
2
|
1
|
Amaliy
|
Aqliy hujum
|
Plakat, Flashka
|
Informatika va axborot texnologiyalari
|
www.ziyonet.uz
|
Kom-da bajarish
|
|
|
|
Jami
|
40
|
14
|
26N/ 14A
|
|
|
|
|
|
|
|
Fan o`qituvchisi: Madina Osmanova
O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O`RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
Toshkent viloyat kasbiy ta’limni rivojlantirish va
muvofiqlashtirish xududiy boshqarmasi
Chinoz tuman 2-son kasb-hunar maktabi
“Axborot texnologiyalari asoslari” fanidan
MAVZULAR TO`PLAMI
Kafedra nomi: “Maxsus fanlar” kafedrasi
O`qituvchi: M.Osmanova
Kafedra mudiri: A.Tulebayeva
2021 -yil
4-Mavzu: Kompyuterning mantiqiy qurilmasi va arxitekturasi.
Reja:
Acer kompyuterining ishlab chiqilishi.
Skanerlar haqida.
Printerlarning turlari.
Acer- Elektronika va Kompyuter texnikalari ishlab chiqaruvchi Tayvan kompaniyasi hisoblanadi.
1976 yilda Sten Shi Mulitech International deb nomlangan kompaniyaga asos soldi.Kompaniyaning boshlangʻich kapitali $25000 ni tashkil etgan edi.Boshida kompaniya hodimlari soni 11 kishi boʻlgan.1979 yilda kompaniya eksport uchun moʻljallangan birinchi Tayvan kompyuterini ishlab chiqaradi.1981 yilda kompaniya 8-bitli MicroProfessor-II deb nomlangan prosessorni ishlab chiqardi.1985 yilda kompaniya IBMni ortda qoldirib dunyoda birinchi boʻlib 32-razryadli kompyuter ishlab chiqaradi.1994 yilda kompaniya kompyuter etkazib berish boʻyicha dunyoning yirik 10 kompaniyalari tarkibiga kiradi.1997 yilda kompaniya oʻzining X Computer deb nomlanuvchi yangi platformani namoyish etadi.
Acer kompaniyasi monitor, konsentratorlar, kommutatorlar, diskovod, setevoy karta, klaviatura,operativ hotira va noutbuk ishlab chiqaradi. 2006 yil Acer 14 mln kompyuter (39% ga koʻp 2005 yilga nisbatan) ishlab chiqardi.2006 yilgi kompaniya foydasi oʻtgan yilga nisbatan 16% ga oshdi (yani $11,156 mlyardni tashkil etdi),sof foydasi esa - 21% ($308,9 mlnni tashkil etdi) ga oshdi.
Hewlett-Packard Company (koʻpincha HP deb yuritiladi) shaxsiy kompyuterlar, noutbuk kompyuterlar, serverlar, printerlar, fotoapparatlar, kalkulyatorlar, tarmoq boshqaruvi dasturlari va boshqa shunga oʻxshash mahsulotlar ishlab chiqaruvchi AQSh axborot texnologiyalari korporatsiyasidir. Asoschilari - William Hewlett va David Packard.
Lenovo Group Limited (联想集团有限公司)- Xitoy kompyuter kompaniyasi, 2007-yil 1-kvartal natijalariga binoan dunyoda kompyuter ishlab chiqarish bo’yicha(HP, Dell va Acer dan so`ng) to’rtinchi o`rinda turadi. Honkongdan ro`yxatdan o`tgan, bosh ofisi - Pepcheyz shahrida (Nyu – York shtati, AQSH) joylashgan. Lenovo so'zi xitoycha bo'lib defekt ma'nosini bildiradi.
Kompaniyaga 1984-yil Xitoy Ilmiy Akademiyasi mablag`lari yordami bilan xitoy olimlari tomonidan asos solingan. Boshida kompaniyaga New Technology Developer Incorporated (ikki yil o'tgach - Legend) nomi berilgan va u asosan Xitoyga kompyuter tehnologiyalari etkazish va shuningdek ierogliflarga kodirovka yaratish bilan shug`ullangan. 2003-yil kompaniya nomini Lenovoga almashtirdi. 2004-yil dekabrda kompaniya IBM (AQSH kompaniyasi) ning kompyuter ishlab chiqarish bo'limini sotib olish haqida e'lon qildi.
Lenovo kompaniyasi asosiy aksiyadorlari – Xitoy ilmiy akademiyasi Legend Holding Ltd (42%), IBM (AQSH kompaniyasi) (8,82%), amerika to'g'ri investisiyalar fondlari Texas Pacific Group,General Atlantic LLC va Newbridge Capital LLC (10,1%). 2007 yil 25 may oyida kompaniya bozor kapitalizatsiyasi – $4,08 mlrdni tashkil etdi. Kompaniya direktorlar kengashi raisi – Yan Yuan'sin.
Kompaniya shaxsiy, cho'ntak kompyuterlari, serverlar, monitorlar, videoproektorlar va boshqa ko'pgina qurilmalar ishlab chiqarish bilan shug'ullanadi. Kompaniya mahsulotlari asosan - Think Centre va ThinkPad savdo belgilari ostida ishlab chiqariladi. Gartner analitik kompaniyasi hisobiga ko'ra 2007-yilning birinchi kvartalida Lenovo kompaniyasi 3,9 mln dona kompyuter sotgan. Kompaniya umumiy ishchilari soni – 19,5 ming kishini tashkil etadi. 2007 yil 31 mart moliyaviy yilda kompaniya daromadi - $14,6 mlrd(o`sish o`tgan yilga nisbatan 10%), sof foyda - $161 mln(o`sish 640%)ni tashkil etdi.
ony Corporation- transmilliy korporatsiya,bosh ofislari Yaponiya va AQSH da joylashgan, 1946 yil Yaponiya da tashkil topgan. Korporatsiya xo`jalik va professional elektronika mahsulotlari, o`yin moslamalari va boshqa yuqoritehnologiyali mahsulotlar ishlab chiqaradi.Bundan tashqari Sony dunyoda eng yirik mediya kompaniyalaridan biridir.Hozirgi kunda kompaniya Sony - BMG ovoz yozish studiyasi(Bertelsmann kompaniyasi bilan hamkorlikda),Columbia Pictures kinostudiyasi va TriStars Pictures,shuningdek MGM kompaniyasining to`liq kinolar arhiviga(Comcast kompaniyasi bilan hamkorlikda) egalik qiladi.
"Sony" korporatsiyasi 7-may 1946 yil Akito Morita va Masaru Ibuka tomonidan asos solingan. "Sony" atamasi lotincha "sonnus"- ovoz degan ma`noni bildiradi.Boshida kompaniya "Tosuko" deb nomlangan.Kompaniya asoschisi Akito Morito kompaniyani ancha yillar boshqaradi,o`zi marketing va savdo-sotiq bo`limlariga boshchilik qilgan,kompaniyani yuqori cho`qqilarga olib chiqqan.
1950 yil "Sony" tranzistorlar muhimligini tan oldi va o`zining ilk "TR-63"deb nomlangan radiosini ishlab chiqadi,bu kompaniya kelajagida muhim rol o`ynaydi.
1970-1980 yillarda birinchi "walkman"lar ishlab chiqarila boshlanadi.
1983 yil "Sony" "Filips"kompaniyasi bilan hamkorlikda birinchi bo`lib kompakt - disklar ishlab chiqaradi(ing.Compact Disc,CD).
1990 yilda birinchi "mini-diskmenlar"ishlab chiqariladi.
1990 yil "Sony" 500ga yaqin yangi mahsulotlar ishlab chiqaradi,bu kuniga 2 yangi mahsulot kashf etilgan hisoblanadi.
2005 yil ma`lumotlariga ko`ra korporatsiya ishchilar soni 151 400 kishini tashkil etgan.2007 yil 31 mart dagi ma`lumotlarga ko`ra korporatsiya foydasi - 8.3 trilion ien($69.7 mlrd)ni, sof foydasi esa - 126.3 milyard ien ($1.06 milyard)ni tashkil etgan.
Skaner bu ma’lumotlarni qog’ozli hujjatdan bevosita ЕHM ga kiritish qurilmasidir. Matnlar, sxemalar, rasmlar, grafiklar, fotografiyalar va boshqa grafik axborotni kiritish mumkin. Skaner nusxa ko’chirish apparatiga o’xshab qog’ozli hujjatning tasviri nusxasini qog’ozda еmas, balki еlektron ko’rinishda yaratadi — tasvirning еlektron nusxasi yaratiladi.
Skanerlar hujjatlarni qayta ishlash еlektron tizimining muxim bo’g’ini va istalgan «еlektron stol» ning kerakli еlementidir. O’z faoliyatining natijalarini fayllarga yozib va ma’lumotni qog’ozli hujjatlardan SHK ga obrazlarni avtomatik anglash tizimi orqali skaner yordamida kiritib, qog’ozsiz ish yuritish tizimini yaratishga amaliy qadam qo’yish mumkin.
Skanerlar juda xilma-xildir va ularni bir qator belgilari bo’yicha tasniflash mumkin. Skanerlar oq-qora va rangli bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |