“Tasdiqlayman”
Kafedra mudiri _______
k.f.d. PhD Xamroyev K.Sh. 25.08.2020 yil
25- Laboratoriya ishi
Mavzu: Trilon B eritmasini tayyorlash va uni titrini aniqlash
Ajratilgan soat: 2 soat
Mashg’ulot turi: laboratoriya
Darsning maqsadi: talabalarga kompleksonometrik analizda ishlatiladigan standart va ishchi eritmalar, ularni tayyorlash tartibi, ishlash texnikasi haqida ma’lumot berish
Kerakli asbob va reaktivlar: 1,0 litrli o’lchov kolbasi; 5,00 yoki 10,00 ml li pipetka; shtativ; 25,00 ml li byuretka; 3 dona 50 ml li titrlash kolbasi; yuvgich; Trilon – B; qora erioxrom – T; ammiakli bufer eritma.
Kompleksonometrik metod metall kationlarining kompleksonlar bilan kompleks hosil qilish reaksiyasiga asoslangan. Bunda juda barqaror, suvda yaxshi eruvchan ichki kompleks birikmalar (kompleksonatlar) hosil bo`ladi. Metod tezligi va yuqori aniqligi bilan ajralib turadi. Kompleksonlar aminopolikarbon kislotalarning xosilalaridir. Praktikada, odatda, etilendiamintetrasirka kislotaning suvda yaxshi eruvchan ikki natriyli tuzi (di-gidrat) ishlatiladi, uni kompleksen III yoki trilon B deb ataladi. Komplekson III boshqa kompleksonlar kabi ko`pgina metallar bilan barqaror, eruvchan ichki kompleks tuzlar hosil qiladi. Kompleksonometrik titrlashda quyidagi asosiy shartga rioya qilish kerak: ekvivalent nuqtada aniqlanayotgan kationlar amalda kompleksga bog`langan bo`lishi kerak. Asosiy shartlardan biri titrlanayotgan eritma PH ning juda aniq qiymatidir. Komplekson III bilan ta'sirlashganda metall ionlari, masalan, magniy ioni, vodorod ionlarini siqib chiqaradi, shuning uchun vodorod ionlarining konsentrasiyasi keskin oshadi va reaksiya muvozanati chapga siljiydi. Hosil bo`ladigan vodorod ionlarini bog`lash uchun bufer aralashma qo`shiladi.
Ko’pchilik kationlarni titrlashni pH=5-6 (bufer aralashma CH3COOH + CH3COONH4) yoki pH=8-10 (bufer aralashma NH4OH+HCI) da o’tkaziladi. Lekin pH ni juda oshirib yuborish kerak emas, chunki bunda metall gidroksid cho`kmaga tushib ketadi. Kompleksonometrik metodda ishlatiladigan indikatorlar aniqlanayotgan metall ionlarining konsentrasiyasi o`zgarishiga sezgir bo`ladi. Odatda kompleksonometriyadagi indikatorlar bu turli metallar ionlari bilan indikatorning o`z rangidan boshqa rang hosil qiluvchi rangli organik birikmalardir. Ko`pincha erioxrom qora T (yana xromogen qora maxsus El-OO deb ataluvchi) indikatori ammiakli bufer aralashmasi bilan ishlatiladi. Indikator eritmasining rangi ko`k, ko`p metallar bilan esa u qizil vino rangli kompleks hosil qiladi. Trilon B eritmasi bilan aniqlanayotgan kationlar titrlanganda ekvivalent nuqtada kationning indikator bilan birikmasi to`liq parchalanadi, chunki kationning hammasi trilon B bilan birikadi va rang qizil vino rangidan yashil tusli ko`k rangga o`tadi.
1- tajriba. Trilon B (komplekson III) ning eritmasini tayyorlash va uning titrini aniqlash.
Trilon B ning taxminan 0,05 N eritmasidan 500 ml tayyorlash. Trilon B (Na2H14C10O8N2∙2H2O). Molekulyar massasi 372,25 g/mol, molyar ekvivalent massasi M/2=186,12 g/mol. asosida 500 ml 0,05 N eritma tayyorlash uchun kerak bo’ladigan m(Na2[H2Tr]) =186,1- 0,05- 0,5=4,6525 g Trilon B o’lchab olinadi. Tortim 500 ml hajmli o’lchov kolbasiga solinadi va kolba distillangan suv bilan belgisiga qadar to’ldirib eritladi. Trilon B ning aniq konsentratsiyali eritmasini aniq tortim bo’yicha tayyorlash qiyin, shuning uchun amalda taxminiy konsentratsiyali eritmasi tayyorlanadi, so’ngra uning titri magniy sulfat yoki kalsiy nitratning standart eritmasi yordamida aniqlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |