M. V. Lomonosov (1711-1765 yy.) - buyuk rus olirni, kimyogar, fizik va mineralogi. Moskva davlat universitetini tashkil etish borasida birinchi sa'y-harakatlarni boshlagan M.V. Lomonosov atom tuzilishi haqida yangi ta'limot yaratib, fizik-kimyoviy hodisani tushuntirmoqchi bo'ldi. Uning fikricha, tabiat hodisalari albatta zarrachalarning ichki harakatlari oqibatida ro'y beradi. O'zining ta'limotini 1741- 1750-y.y. orasida olib borgan tadqiqotlari asosida atom-korpuskulyar nuqtai-nazardan yaratdi. 1747- 1752-yillarda olib borgan ilmiy izlanishlari natijasida kimyoni atroflicha o’rganish uchun fizika fanini bilish kerak ekanligini asosladi. Dastlab M.V. Lomonosov bu sohaning nazariy bo'limini “fizikaviy кi my o’’ deb, amaliy tomonini “texnikaviy kimyo” deb ajratdi. Olib borgani ishlari natijasida 1756-yilda massalar saqlanish qonunini e'lon qildi. Uning ishlari natijasida naturfalsafa bilan tabiatshunoslik orasidagi aniq chegara qo'yildi. M.V. Lomonosov, J. Bekon, R. Boyl, R. Guk, J. Lokk o'zlarining tadqiqotlari natijalari asosida issiqlik hodisasining mexanik tabiatini tushuntirib berdilar, pirovard natijada, issiqlik ham moddalarning kichik zarrachalari harakatidir, deb tan olindi. 2011-yil 19-noyabrda Rossiya keng olimlar jamoatchiligi tomonidan buyuk olim, birinchi rus akademigi M.V. Lomonosov tug'ilganining 300 yilligini nishonladi. M.V. Lomonosov Arxangel’sk gubemiyasi Dvina uezdining Mishanina qishlog’ida dengizchi-dehqon oilasida tug’Udi. 1730-yilning oxirida poytaxtga borib o'qish maqsadida uydan piyoda chiqib ketdi. Ammo uni qaysi poytaxt- shaharga borish muammosi qiynar edi. Ilm-fanga bo'lgan qiziqishi yosh о 'quvchinining kilometrdan ortiqroq yo'l bosib, Moskvagacha olib keldi. 1731-yil 15-yanvarda M.V. Lomonosov slavyan-yunon-lotin akademiyasiga qabul qilinadi va bu maskanda 1736-yilgacha tahsil oldi. 1736-yil 1-yanvarda akademiyaning iqtidorli 12 o'quvchisi tanlab olinadi va Moskvadan Peterburgdagi akademik gimnaziyada keyingi o'qishni davom ettirish uchun jo'natildilar, ammo bu erda tahsil olish uzoq davom etmadi. Senat buyrug’iga ko'ra 12 Moskvalik o'quvchilardan 3 nafari imtihon natijalariga ko'ra tanlab olindi va о 'z bilimlarini chuqurlashtirish uchun Germaniyaga yuborildi. Bular orasida о 'zini 3 yosh kichik qilib kо'rsatgan, ilmga chanqoq M.V.Lomonosov ham bor edi. 1736-yil 23 sentyabrda 25 yoshli Mixaylo va uning o'rtog’i: Rayzer Gustav Ulrix (17 yosh) va Vinogradov Dmitriy (16 yosh) Kronshtadtdan Germaniyaga jo 'nab ketdilar. Ular zimmasiga Germaniyada asosan tabiiy fanlar, ayniqsa, konchilik ishlari sohasidagi о 'z bilimlarini chuqurlashtirish vazifasi yuklatilgan edi Dastlab ular Margburg universitetida faylasuf va qomusiy olim Xristian Volf (1679-1754 yy.) ma'ruzalarini tingladilar, va boshqa sohalar bo'yicha ta'lim oldilar. Ma'ruzalar tinglash bilan birga M.V.Lomonosov bo'sh vaqtlarida ilmiy-tadqiqot ishlariga qiziqar va u bilan shug’ullanardi. 1739-yil 9-iyulda rossiyalik uch tadqiqotchilar Frayberg shahriga o'tadilar va 1741-yilning yozigacha u yerda konchilik ishlari sir-sinoatlarini o'rganadilar. 1741-yil 8-iyunda yosh izlanuvchi olimlar Peterburgga qaytib keladilar. Yosh olim M.V. Lomonosov fanning turli sohalarida (jizika, kimyo, adabiyot nazariyasi, poeziya) о 'z kuchini sinab ко 'rdi. 1742-yil yanvar oyida M. V. Lomonosov fizika fani bo'yicha adyunkt (adyunkt — akademik yordamchisi, uning о 'zi mustaqil ilmiy tadqiqotlar olib borish va Akademiya yig’ilishlarida ishtirok etish huquqiga ega) etib tayinlanadi. 1742-1744-yillarda bir qator ilmiy ishlarini e 'lon qildi va bu izlanishlar natijalari e'tirof etilib, 1745-yil iyunida 33 yashar olim M.V. Lomonosov Akademiya hay'atining qarori bilan kimyo fani bo'yicha professor unvoni sohibi bo'lganligi tasdiqlanadi. Barcha fanlar ichida о 'zi sevgan kimyoga alohida e'tibor qaratgan olim 1748 yilda kirnyo laboratoriyasiga bo'lgan ehtiyojni qondirish uchun uning loyihasini chizib, ishga tushiradi. Kimyoviy tajribalar dasturini ishlab chiqadi va rejalashtirgan ishlarini amalga oshiradi, o'zining “korpuskufyar falsafasi ” nazariyasiga asos soladi. Bu laboratoriyada M.V. Lomonosov fanlar sintezi, ayniqsa, fizika va kimyoni birlashtiruvchi g ’oyalarini amalga oshiradi. Laboratoriyada ishlash bilan birga qadimiy san'at turi — mozaika, ya'ni rangli shishalar parchalaridan (smalt) rasm va portretlar yaratishga o'z e'tiborini qaratadi.
M.V. Lomonosov fizikaviy kirnyo bilan bir paytda iqtisod sohasida ham o'z salohiyatini sinah ko'radi, davlat va xalqning iqtisodiy rivojlanish tamoyillariga asos soladi. M.V.Lomonosov Rossiya geografiyasida buyuk bashorat qiiib, uzoq XVIII asrdayoq ‘Rossiyaning kuch-qudrati Sibir va Shimoliy muz okeani bilan ortib boradi”,- deb yozgan edi. Shu bilan birga M.V.Lomonosov Rossiyada geologiya faniga ham asos soladi va uni shakllantiradi.
Rossiya kelajagini aniq tasawur eta olgan olim uning aholisi nufuzini oshirish uchun turli kasalliklarni davoiash, har xil epidemiyalarga qarshi kurashish boras Idagi ilg’or fikrlarini “Rossiya aholisini saqlab qolisk va uni ko'paytirish” nomli asarida ms olimlari orasida birinchi bo'lib bayon qiladi.
M.V. Lomonosov genial olim bo'lishi bilan birga buyuk fan targ’ibotchisi ham edi, uning teran fikricha “Umr darvozalari” aholining faqat bir qismga ochiq bo'lsa, u borib-borib boshi berk kо 'chaga kirib qoladi. “Fan va ma'rifat - tug’ishgan opa-singillar”,- deb ta 'riflagan edi M.V.Lomonosov. Fan rivojlanmagan joyda xalq ta'limi va maorifning shakllantirish qiyin bo'ladi, chunki bu soha ilmiy salohiyatni oshiruvchi yosh kadrlarni yetishtirib beradi. Ma'rifat targ’ibotchisi M.V.Lomonosov Rossiyaning birinchi poytaxti - Moskvada yangi universitet barpo etish fikrini ilgari suradi, universitetning yaratilishi va ish jarayonining mukammal dasturini tuzib chiqadi. Olimning til muammolarini hal etishga qiziqishi ortib boradi, olimlardan birinchi bo'lib rus tilida ma'ruza o'qishni boshlaydi. Kelib chiqishi va millatidan qat'iy nazar talantli va sqf vijdonli olimlarni qadrlagan M.V. Lomonosov chet tillarni yaxshi bilgan, barcha xalqlarning adabiyotiga qiziqqan, ularning she'riyatini yuqori baholagan bo'lsa ham, o'z ona tiliga farzandlik burchi bilan alohida о 'rin ajratgan edi.
Keng qalb va zukko aql sohibi M.V.Lomonosovning fikr doirasidan aniq fanlar bilan birga gumanitar fanlar ham alohida о 'rin egallagan. Ilmiy qiziqishlari har taraflama bo'lishi bilan birga, olim Rossiya tarixiga ham alohida o'rin ajratgan. O'z davrining tarixchilari orasida ham alohida o'rin egallagan olim 1749-1750 yillar davomida buni normanistlar G.F.Miller va A.L.Shletser bilan bahs yuritib, о 'zining chuqur tarixiy bilimlar sohibi ekanligini yana bir karra isbotlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |