Tasdiqlayman
Kafedra mudiri________ k.f.d.Ph.D. К.Sh. Хamrayev
«___»________2022 yil
5 – seminar: Kimyoviy revolyutsiya. Lavuaz’yеning antiflogistik faoliyati
Ajratilgan soat: 2 soat
Mashg’ulot turi: seminar
XIX asrning muhim voqealaridan biri J. Daltonning atomistik ta'limoti bo'ldi. Uning ishlari kimyoviy tahlilning empirik qiymatlarni nazariy tahlil etish va kimyo fanini rivojlantirish uchun asos bo'ldi. R. Boyl va N. Lemeri atomlar turli shakllarga ega deb aytishgan edi, bu mexanistik ta'limotdan qabul qilingan tushunchadir. Bu ishlari bilan ular kimyoviy reaksiya mexaniztnini tushuntirish uchun harakat qilib, qaysi sharoitda korpuskulalar o'zaro ta'sirlashuvini aniqlamoqchi bo'ldilar. Masalan, kuchli aroq (HNO3) simobni eritadi, ammo kuchsiz aroq (CH3COOH) eritmaydi, chunki sirka kislotasi simob ichiga kira olmaydi, deydi N. Lemeri. Yoki “shoh arog'i" simobni eritmaydi, chunki selitra spirti (HNO3) tuz qoshilgandan keyin o'tkir uchlari o'tmaslashadi va kumush sirtida sirg’aladi, natijada ichkariga kira olmaydi, oltin sirtidagi teshikchalar kattaroq, shuning uchun u bilan ta'sirlashadi.
XVIII asrda atom haqidagi ta'limot I.Nyutonning yangi g’oyalari bilan boyigan edi. I.Nyutonning fikricha: “Atomlar o'tkir ilmoqlari bilan emas, balki m alum kuchlar bilan ta'sirlashadi. U birinchi bo'lib, zarrachalar orasida tortishish kuchi borligini, juda yaqin masofada esa, ular o'zaro itarishishi mumkinligini”,- ta’kidladi. XVIII va XIX asr olimlariga I. Nyutonning g’oyalari katta ta'sir etdi. G.Burgave 1732-yilda yozgan “Kimyo elementlari" kitobida bu ta'limotdan to'la foydalangan. Olim kimyoviy hodisalarni kichik zarrachalar orasidagi qarama-qarshi kuchlar ta'siri ostida o’zaro tortishish va itarilish bo'ladi, deb tushuntiradi.
Leonard Eyler (1707-1783 yy.) - asli kelib chiqishi shveytsariyalik matematik, fizik va astronom, o'zining 800 dan ortiq ilmiy ishlari bilan fan taraqqiyotiga katta hissa qo'shgan olim, 1732-yilda materiya tuzilishi haqida Peterburg Fanlar akademiyasi (FA) da axborot berdi. Bu ma'ruzada dastlabki atom ta'limoti va kimyoviy elementlarni birlashtirish fikri tug’iladi. Korpuskulyar ta'limot o'zining fizik mohiyati bilan shu davming ilg’or fikr yurituvchi olimlarini hech qoniqtirmadi. Buyuk qomusiy bilimlar sohibi, Rossiyada ilmiy-tadqiqot ishlarini shakllantirgan va birinchi kimyoviy laboratoriyaga asos solgan, Peterburg Fanlar akademiyasini tizimini qayta tuzib chiqish loyihasining muallifi,
Do'stlaringiz bilan baham: |