11-mavzu: Raqobatlashuvchi firma va tarmoqning uzoq muddatli oraliqdagi muvozanati va tarmoqning taklifi..…………….……………………………………………………………………………………19
12-mavzu: Raqobat va yakka xokimlik. Monopolistik va oligopolistik bozorlar.................................19
13-mavzu:Bozor xokimiyati sharoitida narx belgilash tamoyillari.......................................................21
14-mavzu: Mehnat bozori va korxonalarda mehnat resurslaridan foydalanish.....................................21
15-mavzu: Kapital qo‘yilmalar va kapital bozori...................................................................................22
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati ……...…………..…………..………………………………….22
KIRISH
Talabaning mustaqil ishi – o'quv rejasida muayyan fanni o'zlashtirish uchun belgilangan o'quv ishlarining ajralmas qismidir.
"Mikroiqtisodiyot.Mаkroiqtisodiyot" fanining "Mikroiqtisodiyot" moduli bo'yicha talabalarning mustaqil ishi – shu fanning fan dasturini muvaffaqiyatli o'zlashtirishni ta'minlaydigan auditoriyadan tashqari ishlar majmuidir.
"Mikroiqtisodiyot.Mаkroiqtisodiyot" fanining "Mikroiqtisodiyot" moduli bo'yicha talabalar mustaqil ishining asosiy maqsadi bo'lajak iqtisodchilarning kasb bo'yicha amaliy faoliyatini erkin va mustaqil ravishda amalga oshirishga hissa qo'shadigan umumiy va kasbiy kompetentsiyalarni shakllantirishga qaratilgan yuqori malakali mutaxassislarning kasbiy tayyorgarligini oshirishdir.
"Mikroiqtisodiyot" modulini o'qitish doirasidagi mustaqil ish quyidagi vazifalarni hal qiladi:
- talabalarning auditoriyada va darsdan tashqari mashg'ulotlarda olgan bilim, ko'nikmalarini mustahkamlash va kengaytirish, ularni aqliy va jismoniy faoliyat-ning stereotiplariga aylantirish;
- fan dasturidagi mavzular bo'yicha qo'shimcha bilim va ko'nikmalarni egallash;
- bozor iqtisodiyotining amal qilish mexanizmini, turli mulkchilikka asoslangan korxonalarning xo‘jalik yuritish faoliyatini, ularning bozor sharoitidagi harakatini, cheklangan ishlab chiqarish resurslaridan samarali foydalanish yo‘llarini talabalarga o‘rgatish;
- zamonaviy bozor iqtisodiyotining ishlashi va rivojlanishining nazariy asoslari; talab va taklif modeli asosida taqchil resurslarning taqsimlanish mexanizmi; raqobatlashgan va raqobatlashmagan bozorlarning asosiy xususiyatlari va firmalarning ushbu bozorlardagi harakat qilish qoidalari; ishlab chiqarish jarayoni va ishlab chiqarish omillaridan optimal foydalanish, ishlab chiqarish xarajatlari turlari, tavakkalchilik va uni oldini olish hamda pasaytirish yo‘llari, bozor sharoitida narxlarning qanday shakllanishi; davlatning bozor iqtisodiyotiga aralashish yo‘nalinshari va ularning oqibatlari; mehnat, kapital va yer bozorining ishlash mexanizmi haqida tasavvur va ko’nikmaga ega bo‘lishi;
- o'zining faoliyatini tashkil etish ko'nikmalarini rivojlantirish;
- mustaqil fikrlash, o'z-o'zini rivojlantirish, o'z-o'zini takomillashtirish va o'zini o'zi anglash qobiliyatini shakllantirish;
- samarali mustaqil kasbiy nazariy, amaliy va o'quv va ilmiy-tadqiqot faoliyati ko'nikmalarini rivojlantirish.
Talabalarning mustaqil ishi har bir o'qituvchi tomonidan "Mikroiqtisodiyot.Mаkroiqtisodiyot" fanining "Mikroiqtisodiyot" moduli bo'yicha ishchi dasturda rejalashtirilgan va uning kredit turlari (soatlari) sillabusda qayd etilgan bo'lib, unda talabalar har doim mustaqil ishlarning hajmi, bajarilish vaqti va ularni bajarish natijalarini baholashda qo'yiladigan maksimal ball haqida ma'lumot olishlari mumkin.
"Mikroiqtisodiyot" moduli bo'yicha talabalarning mustaqil ishini tashkil etishda quyidagi shakllaridan foydalaniladi:
- nazariy mavzularni o'quv adabiyotlari yordamida mustaqil o'zlashtirish berilgan mavzu boyicha referat yozish va rasmiylashtirish;
- tanlangan mavzular bo‘yicha kuzatuv ishlarini olib borish va ma’lumotlar to‘plash;
- hisoblash ishlarining to'g'riligi;
- tadqiq qilinadigan mavzu yuzasidan taqdimot tayyorlash;
- Tanlangan mavzu yuzasidan tayyorlangan referat va taqdimotda hulosa va tavsiyalarning mavjudligi.